Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. Aqsh Federal zaxira tizimining mustaqillik darajasi
Download 10.21 Kb.
|
axror pul va bank 44444444444444444444444444444444444
Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSh Federal zaxira tizimining mustaqillik darajasi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklari mustaqilligining ob’ektiv omillariga baho berishda quyidagi mezonlarni kiritish mumkin: --Markaziy bank kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki; --bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ularning faoliyat ko’rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli; --Markaziy bank vazifalarini aniqlashning qonunchilikda yoritilish darajasi; --Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari qrnatilgan qonun bilan tqxtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo’nalishi bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi; --mamlakat Markaziy bankining davlat xarajatlarini tqg’ri va egri moliyalashtirishini tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va uning shakllari. Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o’zining rivojlanish yo’nalishlarini o’zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog’onasida real o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi, bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ldi. Bu muammoni tahlil etishda asosiy jihat - mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo’nalishiga tobeligi, ya’ni aniqrog’i bu tobelikning darajasiga bog’liq. qachonki, mamlakat Markaziy banki siyosati davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lsa, bunday bog’liqlikni samarali, deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu ittifoq Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi usullarni va yo’nalishlarni tanlashda hamda qonun bqyicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim. . Markaziy bankning kapitalida va foydasini taqsimlashda davlatning ishtiroki omili Markaziy bank iqtisodiy mustaqilligining qanchalik darajadaligini ko’rsatadi. Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol oynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali tqg’ridan-tqg’ri davlatga tegishli bo’lmasa ham, qonunchilikda ma’lum sharh (izoh) mavjud bo’ladi. Agar mavjud bo’lmasa, davlat egri usullardan foydalanadi.Misol qilib, Avstriya Milliy banki haqidagi qonunni olaylik. Bu bank xuddi hissador jamiyati shaklida tuzilgan va faoliyat ko’rsatmoqda (Markaziy bankning 50 foiz kapitali Federatsiyaga, qolgan 50 foizi kapitali avstriyalik huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli). Markaziy bank kapitaliga faqat Moliya vazirligidan ruxsat olgan huquqiy va jismoniy shaxslargina ulush qqsha olish huquqiga egadirlar. Pay (ulush) meros (vorislik) orqali qtishi yoki Moliya Vazirligi ruxsati bilan sotilishi mumkin. Shu orqali davlat bilvosita nazoratni amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, Markaziy bankning funktsiya va vazifalari qonunda ko’rsatilgan. Shu sababli ulush egalari yig’ilishi chegaralangan masalalarnigina echa oladi. Albatta, bu masalalar bankning iqtisodiy siyosati bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmaydi. Markaziy bankning kapitalida va foydasini taqsimlashda davlatning ishtiroki omili Markaziy bank iqtisodiy mustaqilligining qanchalik darajadaligini ko’rsatadi. Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol oynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali tqg’ridan-tqg’ri davlatga tegishli bo’lmasa ham, qonunchilikda ma’lum sharh (izoh) mavjud bo’ladi. Agar mavjud bo’lmasa, davlat egri usullardan foydalanadi.Misol qilib, Avstriya Milliy banki haqidagi qonunni olaylik. Bu bank xuddi hissador jamiyati shaklida tuzilgan va faoliyat ko’rsatmoqda (Markaziy bankning 50 foiz kapitali Federatsiyaga, qolgan 50 foizi kapitali avstriyalik huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli). Markaziy bank kapitaliga faqat Moliya vazirligidan ruxsat olgan huquqiy va jismoniy shaxslargina ulush qqsha olish huquqiga egadirlar. Pay (ulush) meros (vorislik) orqali qtishi yoki Moliya Vazirligi ruxsati bilan sotilishi mumkin. Shu orqali davlat bilvosita nazoratni amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, Markaziy bankning funktsiya va vazifalari qonunda ko’rsatilgan. Shu sababli ulush egalari yig’ilishi chegaralangan masalalarnigina echa oladi. Albatta, bu masalalar bankning iqtisodiy siyosati bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmaydi. Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-kredit siyosatini tanlash va qtkazishda davlat boshqaruv organlariga ko’proq yoki kamroq qaramligiga e’tibor beriladi. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi - bu uning o’zinstrumentlaridan o’zi xohlagan yo’nalishda va chegaralanmagan miqdorda foydalana olishiga aytiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar markaziy bank-larining turkumlanishi pul-kredit siyosati masalalarini hal etishdagi mustaqilligi xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga oshiriladi. Umuman olganda markaziy banklar mustaqilligining ustunligini qrganish tadqiqotlarida yo sub’ektiv, yoki ob’ektiv omillarga baho berib, ajratish mumkin. Masalan, sub’ektiv omillar sifatiga mamlakat Markaziy banki bilan xukumat o’rtasidagi o’zaro rasmiy munosabatlarni hamda Markaziy bank rahbarlarining xukumat doirasi bilan bo’lishi mumkin bo’lgan norasmiy aloqalarni tanlab ko’rsatishgan. Chet el mualliflarining tadqiqotlarida mustaqillikning 4 ballik tizimi tanlangan: 1-balga - markaziy banklarning davlat boshqaruvidan past darajada mustaqilligi, ya’ni tqla qaramligi; 4-ballga - mustaqillik darajasi juda yuqori bo’lgan markaziy banklar kiradi. Markaziy bankning mustaqilligi darajasini belgilovchi keyingi omil, bank rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi. Bu omil Markaziy bankning davlat organlari boshqaruvidan qanchalik darajada siyosiy mustaqilligini belgilashda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Birinchi qarashda, mamlakatlar o’rtasidagi farq faqat Markaziy bankning boshqaruv lavozimiga nomzodlarni kim tavsiya etishida namoyon bo’ladi. Ko’pgina rivojlangan davlatlarda (Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Daniya, Shveytsariya, Avstriya) bank rahbariyatiga xukumat tavsiya etgan nomzodlar saylanadi yoki tayinlanadi. Bunday sharoitda mamlakat Markaziy bank rahbariyati boshqaruvida etakchi lavozimdagi shaxs katta rol qynaydi. Masalan, Nemis Federal banki rahbarligiga Frantsiya banki rahbarlariga qarama-qarshi ravishda yuqori tashkilot hisoblangan Moliya Vazirligidan chiqqan xizmatchilar saylanmaydilar. Frantsiya banki raisi va uning birinchi 2-ta yordamchisi Respublika Prezidenti tomonidan maxsus dekret asosida tayinlanadi. Bu dekret Vazirlar Kengashida tasdiqlanadi. Avstriya milliy bankining umumiy yig’ilishida bosh kengashga 6 a’zoni ta’sischilar saylaydilar; prezidentni, 2-ta vitse prezidentni va kengashning qolgan 5 a’zosini Moliya Vazirligi tayinlaydi. Bunda, saylanayotgan shaxs ishlashga rozilik bildirmasa yoki boshqa shaxsning nomzodini ko’rsatsa, saylovlar tayin qilinadi, agar saylangan shaxs vafot etsa, u holda yangi nomzodlikni Moliya Vazirligi tayinlaydi. Kengashning 6 a’zosi saylanish davrida aktsionerlardan etarli ovoz ololmasalar, ularni ham Moliya Vazirligi o’zi tayinlashi mumkin. Nemis Federal bankining asosiy maqsadi va vazifalari doirasi mamlakat Konstitutsiyasida aniq belgilab qoyilgan. Bu milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash kafolatidir. Nemis Federal banki haqidagi qonunda bosh bank tizimi oldiga uch asosiy vazifa:
Avstriya bank qonunchiligining o’ziga xos xususiyati, uning Markaziy bank qonunchiligida qatnashish huquqiga ega ekanligi hisoblanadi. Pul-kredit sohasiga tegishli qonun loyihalarining hammasi Markaziy bankka ko’rib chiqish uchun ma’lum vaqtga beriladi va uning roziligidan so’nggina tasdiqlanadi. E’tiboringgiz uchun raxmat Download 10.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling