Sinf: 8 sinf Sana : 2023- yil 9-dekabr


Download 67.54 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi67.54 Kb.
#1590038
Bog'liq
8-sinf -ochiq dars



Fan : O’zbekiston davlati va huquq asoslari
Sinf: 8 – sinf
Sana : 2023– yil 9-dekabr
Mavzu : O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

Darsning maqsadi, vazifasi va darsda shakllantiriladigan kompetensiyalar

Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: o`quvchilarga Prezident institutining joriy etilishi , Prezident lavozimiga nomzod bo’lgan shaxslarga qo’yiladigan talablar, Prezident vakolatlari, Prezidentni saylash tartibi haqida ma’lumot berish.
b)tarbiyaviy: o`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat uyg`otish, mamlakat ichki va tashqi siyosatini ongli ravishda tushunish va huquqiy madaniyatli bo’lish ruhida tarbiyalash.
c)rivojlantiruvchi: o`quvchilarda mustaqil fikrlash va o’z fikrini erkin bayon etish ko’nikmasini rivojlantirish.
Darsda sahkllantiriladigan kompetensiyalar:
a)tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya: o’quvchilarda muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish ,jamoa bilan hamkorlikda ishlash, suhbatdoshni fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qilish ko’nikmasini shakllantirish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet,televizor,gazeta-jurnal,radio,kompyuter , elektron pochta va boshqalar) foydalanish, media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topish, b)fanga oid kompetensiyalar: huquqiy ongga ega bo`lish kompetensiyasi;
huquqiy madaniyatli bo`lish kompetensiyasi.

Dars jarayonini tashkillashtirish texnologiyasi

Darsning turi : noan`anaviy dars
Darsning uslubi : og`zaki, yozma, ko`rgazmali,amaliy
Darsning usuli : interfaol ( axborot uzatish, guruhlar bilan ishlash, “Murodli manzil” o’yini, “Noan’anaviy test”).
Baholash : rag`batlantirish, baholash.

Darsning jihozlari

a)darsning didaktik jihozlari – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, darslik, mavzuga doir plakat va bukletlar, slayd,tarqatma savollar, rangli jetonlar, doska, bo`r;
b) darsning texnik jihozlari: AKT vositalari – kompyuter, videoproyektor, ekran.

Fanlararo bog`liqlik

Tarbiya , tarix, ingliz tili, iqtisodiy bilim asoslari,matematika, ona tili.

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Mavzu haqida ma`lumot berib, o`quvchilar bilimini oshiradi. Darsda qo`llanilgan metodlar, mustaqil ish bo`yicha tarqatma materiallar asosida mavzu bo`yicha oquvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini oshiradi.
O`quvchi: Mavzu bo`yicha yangi bilimlar egallaydi.Mavzuning asosiy mazmuni bo`yicha mustaqillikning qadriga yetish, ozodlik, hurlik, vatanparvarlik hislari kuchayadi.

Darsning bosqichlari:

Dars bosqichlari

Mazmuni

Metodlar

Daqiqa

1 – bosqich.
Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash .

Og`zaki muloqot

3 daqiqa

2 – bosqich.
O`tilgan mavzuni takrorlash, xulosalash va yangi mavzu bilan bog`lash

Otilgan mavzuni “Aqliy hujum” metodi va o’yini orqali so’rash.

“Aqliy hujum”, “ranglar tilga kirganda “
Asosida

4
daqiqa

3 – bosqich.
Yangi mavzu ustida ishlash

O`qituvchi yangi mavzuni AKT vositalari, plakat va bukletlar yordamida yoritish.

Og`zaki bayon, tushuntirish, ko`rgazmali

15 daqiqa

4 – bosqich.
Mustahkamlash

Mavzu bo`yicha o`quvchilarni bilimlari, tushunchalarini guruhda va yakka tartibdagi faoliyatlari orqali aniqlash.

“Zakovat ”, “Sirli tasodif”,va “aqliy hujum “ metodlari orqali



20 daqiqa

5 – bosqich.
Dars yakuni

Darsni xulosalash va yakunlash, rag’batlantirish, uyga topshiriq berish

Fikrini erkin bayon etish

3
daqiqa

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism :
a) salomlashish ; b) davomatni aniqlash; c) o`quvchilarni darsga tayyorlash; d) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish.
O’quvchilar 3 (uch) guruhga bo’lib olinadi.
1.Senatorlar 2.Deputatlar 3.Advokatlar 4.Prokurorlar
Guruhlar guruh nomini nega bu nom bilan ataganligi, ushbu nomlarning davlat faolioyatidagi o’rni haqida ma’lumot berishadi.
Siyosiy daqiqa: 2021-yilning nomlanishi, jamiyat va davlat boshqaruvida sodir bo’layotgan yangiliklar haqida suhbatlashish.
O`quvchilarga “Darsning oltin qoidalasi” tanishtiriladi.
1. Tartib - intizom; 2.Adolat – ahillik; 3. Raqobat - rostg`oylik; 4.O`ng qo`l qoidasi;
5.Bir – birirni eshitish; 6.Vaqtdan unumli foydalanish.
Darsning shiori : To’rt unsur - har bir insonning bezagi: odillik va halollik, sabr –toqat va bosiqlik , sharm va hayo , oqillik va aqllilik.
Abdulloh Ansoriy.
II.O`tilgan mavzuni so`rash.
1-shart. Uyga vazifa “Aqliy hujum” usulida so’raladi. “Ranglar tilga kirganda” metodidan foydalanib o’tgan mavzu so’araladi!
1. Oliy Majlis qanday hokimiyatni amalga oshiradi?
“ Murodli manzil” o’yini o’tkaziladi.
Har bir guruh a’zosi navbati bilan Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlaridan bittadan sanab o’tadi. To’g’ri javob bersa , uydan maktabga bekatlar osha manzilga yetib boradi. Noto’g’ri javob bersa, bekat osha olmaydi. Qaysi guruh manzilga birinchi yetib borsa, o’sha guruhga uch ball beriladi.Ikkinchi yetib kelgan guruhga ikki ball, keyingi guruhga bir ball beriladi.
III.Yangi mavzu : O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Yangi mavzuni o`tish rejasi :
1.”Prezident” so’zining kelib chiqishi va Prezidentlik lavozimining joriy etilishi.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari.
3. Prezident bo’lish uchun qo’yiladigan talablar.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash tartibi.
5. Moddalarga sharh.
O`qituvchi yangi mavzuni AKT vositalari, mavzuga doir plakat va bukletlar yordamida tushuntirib beradi.
Lotinchadan tarjima qilganda prezident so’zi oldinda o’tiruvchi ,ya’ni davlat boshlig’I ma’nosini anglatadi. Birinchi marta prezidentlik lavozimi AQSH da joriy etilgan bo’lib, J.Vashington prezident etib saylangan.O’zbekistonda prezident lavozimi 1990-yil 24-martda joriy etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Konstitutsiyaning XIX bob,89-97-moddalar bag’ishlangan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti quyidagi vakolatlarga ega: (93-modda)
-fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;
- O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’radi;
-mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;
-muzokaralar olib boradi hamda O’zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi,respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga ,bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
-o’z huzurida akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
-O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
-respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi;vazirliklar , davlat qo’mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi,shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig’iga kiritadi;
-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko’rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi;
-Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
-O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;
-O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi,keyinchalik bu masalalarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Mjlisining Senati tasdig’iga kiritadi;
-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga ,shuningdek O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi , O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
-O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o’rinbosarini, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi;
-O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimi qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi.Konstitusiyani ,qonunlarni buzgan yoki o’z sha’ni va qadr-qimmatiga dog’ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;
-respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hijjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo’lgan hollarda to’xtatadi,bekor qiladi; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
-O’zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o’z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovo
zga qo’yish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
-O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug’ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig’iga kiritadi;
-favqulodda vaziyatlar(real tashqi xavf , ommaviy tartibsizliklar ,yirik halokat, tabiiy ofat ,epidemiyalar ) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko’zlab, O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig’iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
-O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi,Qurolli kuchlarning oliy qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;
-O’zbekiston Respublikasining ordenlari , medallari va yorlig’i bilan mukofotlaydi, O’zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarni beradi;
-O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;
-amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O’zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni avf etadi;
-Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig’iga kiritadi;
-ushbu Konstitutsiya va O’zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o’z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga haqli emas.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash tartibi:
Prezident saylovi Konstitutsiya va “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida” gi Qonunga asosan umumiy,teng va to’g’ridan to’g’ri saylash huquqi negizida yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z faoliyatini boshlaydi:
Prezident O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig’ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o’z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:
“O’zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga ,respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga ,fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman” .
“O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi” . 89-modda
“O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi ” 94-modda.
“O’zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o’z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi,bunda uch oy muddat ichida “Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida” gi Qonunga to’liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o’tkaziladi ”. 96-modda.
“Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi”. 97-modda.
IV. Mustahkamlash:
1 – topshiriq. Guruhlarga yangi mavzu yuzasidan “Noan’anaviy test” beriladi.

1

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z lavozimiga qachon kirishadi?

A

O’zbekiston Respublikasi hududida soliqlar joriy etadi

2

Vakolat muddati tugashi munosabati bilan Prezident nima ish qiladi?

B

Oldinda o’tiruvchi,ya’ni davlat boshlig’i demakdir

3

Lotinchadan tarjima qilganda prezident so’zi qanday ma’noni anglatadi?

C

Oliy Majlis yig’ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan

4

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolati qaysi?

D

Umrbod Senat a’zosi bo’lib ishlaydi

5

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolati qaysi?

E

O’zdekiston Respublikasi fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi

2-topshiriq. Guruhlarga “Zakovat” metodi bo’yicha tabaqalashgan savollar Zakovat stoli ustiga terib qo’yiladi, har bir guruh a’zolari ketma- ketlikda chiqib yo’naltirgichni aylantiradi va qaysi savolga tushsa guruh bo’lib javob beradilar. To’gri javob uchun har bir guruhga rag’bat kartochkalari berib boriladi.


Vakolatlar:
1.Prezidentning Konstitutsiyada nechta vakolati berilgan?
2.Prezidentning nimaning kafili?
3.Prezident qaysi nomzodlarni Oliy Majlisga taqdim etadi?
4.Faqat Prezidentga oid vakolat qaysi?
Moddalar:
1.89-moddani izohlang?
2.91-moddani aytib bering?
3.94-moddani ta’rif bering?
4. 96-moddani izohlang?
Aralash:
1.Prezident vakolati tugagach qanday lavozimni egallaydi?
2.Qonunchilik palatasi boshlig’i kim?
3.Qonunchilik tashabbusi huquqiga kimlar ega?
4.Senat rad etgan qonun qancha vaqtda qayta ko’rib chiqiladi?
O’quvchilarga oson yoki murakkabligiga qarab savol tanlash imkoniyati beriladi va 1,2,3,4 ball bilan baholanadi.
O’quvchilarga Harakatlar strategiyasi, 5 ta muhim tashabbus haqida ma’lumot berishadi. Berilgan ma’lumotlar hisoblanib, guruhlar ballanadi.
Darsni xulosalash va yakunlash:
O’quvchilardan savollari bor yoki yo’qligiga qarab savollarga javob beriladi.O’quvchilar to’plagan,guruhlar to’plagan ballar jamlanib, o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish:
Yangi mavzu yuzasidan savollar tuzib kelish.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SURXONDARYO VILOYATI


SHEROBOD TUMANIDAGI
32-UMUMIY
O’RTA TA’LIM MAKTABI
TARBIYA VA HUQUQ
FANI O’QITUVCHISI
JO’RAYEV ADHAM NAMOZOVICHNING
DAVLAT VA HUQUQ”
FANIDAN
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI” MAVZUSIDAGI
OCHIQ DARS ISHLANMASI


Download 67.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling