1. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish
Download 137.5 Kb.
|
Maxsus schyotlaridagi pul mablag`larini pul ekvalintlarini yo`ldagi o`tkazmalarini hisobga olishning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va to’liqligini tekshirish
Mavzu:Maxsus schyotlaridagi pul mablag`larini pul ekvalintlarini yo`ldagi o`tkazmalarini hisobga olishning Reja: 1.Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi3. Bankdagi schyotlarga doir muomalalarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini tekshirish 4. «Hisob-kitob schyoti»ga doir muomalalar sintetik hisobi to’g’riligi va to’liqligini tekshirishBankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirishKorxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashqari maxsus schyotlarga ham ega bo’lishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshqa to’lov hujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o’rtasida ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot bo’yicha o’tkaziladi. Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510- «Akkredetivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» tayinlangan bo’lib, ularda pul mablag’lari harakati ham so’mda, ham valyutada aks ettiriladi. Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag’lari harakatini nazorat qilish uchun 5510, 5520 - schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag’larining maqsadli tayinlashiga ko’ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin: maqsadli (tadbirlarni) mablag’ bilan ta’minlashni (bolalar bog’chasi, yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun; kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashga mablag’larni to’plash uchun; bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti. Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar bo’yicha analitik hisobning tuzilishi pul mablag’larining maqsadli tayinlanish turlari bo’yicha mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim. Maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yuqorida bayon qilingan umumiy uslubiyot bo’yicha amalga oshiriladi. 5510 - «Akkreditivlar» schyotiga doir muomalalarni tekshirishda qo’shimcha ravishda hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo’llash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish zarur: hisob-kitoblarning mazkur shakli shartnomada ko’zda tutilganligi; akkreditivlarning amal qilish muddatlariga rioya qilinishi; akkreditivdan naqd pul mablag’larining to’lanmaganligi; * akkreditivni yopishni rasmiylashtirishning to’g’riligi. 5530 - «Boshqa maxsus schyotlar» schyoti «maxsus kartochka schyoti» analitik schyoti bo’yicha muomalalarni tekshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: maxsus kartochka schyotini ochish uchun shartnoma mavjudligi, korxona korparativ kartasiga ega shaxslar ro’yxati, berilgan bank kartasining tiplari; trans chegara to’lovlarini amalga oshirish chog’ida amaldagi valyuta qonunchiligiga rioya qilinishi (O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi chet el valyutasidagi hisob-kitoblar); naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjudligi; korporativ kartalar egalarining hisobotlari mavjudligi; ish haqi va boshqa ijtimoiy to’lovlarni to’lash uchun korporativ kartalar ishlatilmaganligi; kurs farqlarini to’liq aks ettirish va hisob-kitob qilish to’g’riligi. Pul mablag’larini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi: kassadagi milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari, bankdagi hisobkitob schyoti, valyuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag’lari» bo’limi bo’yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag’larini hisobga olish uslubiyotining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida xulosa shakllantirish, ular saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, samaradorligi hamda qonuniyligini ta’minlash, shuningdek hisobga olishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur: inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan kassadagi mavjud pul mablag’lari, qimmatli kog’ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig’ini aniqlash, kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari»ga (O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi ro’yxatga olingan №565, 17 dekabr 1998 y) qay darajada rioya qilinayotganligini aniqlash; bank muassasasidagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo’yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish; o’tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish. Pul mablag’lari bo’yicha muomalalarni tekshirishda auditor quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi: hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqning pul mablag’lari hisobiga doir bo’limi; bankdagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni amalga oshirishni va ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar (O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida Nizom (yangi tahriri)(O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro’yxatga olingan №496, 8 oktyabr 1999 y); buxgalteriya hisobotlari (buxgalteriya balansi (1-shakl) va pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl); soliq hisoboti (so’mdagi va chet el valyutasidagi schyotlar to’g’risida ma’lumot); bankdagi schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga oladigan sintetik hisob registrlari; bankdagi schyotlarga doir muomalalarni rasmiylashtiradigan dastlabki hujjatlar; bankdagi schyotlarga doir muomalalarni aks ettirish uchun qo’llaniladigan ishchi schyotlar rejasi; buxgalteriya hisobining korxonada qo’llaniladigan shakli va bankdagi schyotlardagi mablag’larni hisobga olishga doir registrlar ro’yxati; bankdagi schyotlardagi pul mablag’larini hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanish grafigi; bankdagi schyotlarga doir muomalalar bo’yicha pul va hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqiga ega shaxslar ro’yxati. Auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag’lari va kassa muomalalarini hujjatlar asosida tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlar va qat’iy hisobot blanklarini tekshiruvdan o’tkazadi. Bunda pul mablag’larini hisobga olishga doir respublikamizdagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga asoslanish zarur. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling