1. Banklarining vositachilik operatsiyalarning tamoyil va funksiyalari
Download 122.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqKurs ishi..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Banklarining vositachilik operatsiyalarning tamoyil va funksiyalari 2.Tijorat banklari vositachilik operatsiyalarning shaklanishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VAO’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Banklarning vositachilik operatsiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavzusida KURS ISHI TOSHKENT -2023 Kirish 1. Banklarining vositachilik operatsiyalarning tamoyil va funksiyalari 2.Tijorat banklari vositachilik operatsiyalarning shaklanishi 3.Tijorat banklarning vositachilik operatsiyalarini takomillashtirish XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari tomonidan mijozlarga ko’rsatilayotgan bank xizmatlari kundan –kunga xilma xil xarakter kasb etib bormoqda. Banklar tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlar ularning iqtisodiyotdagi muhim vazifalaridan kelib chiqmoqda desak, mubolag’a bo’lmaydi.O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitob qilish; omonatlarni jalb etish; kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish. Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin, chunonchi: mablag’ egasi yoki mablag’ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag’larini boshqarish; chet el valyutasini naqd pul va naqd bo’lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish; pul mablag’lari, veksellar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish; uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish; uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish; qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko’rsatish; jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po’lat sandiqlarni ijaraga berish; moliyaviy lizing; xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko’rsatilgan boshqa operatsiyalar.Tijorat banklarida vositachilik operatsiyalari mohiyati va shakllanishi mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, biznesni yuritish uchun yaratilgan shart sharoitlar va albatta iste’molchilar mentalitetiga mutanosib ravishda shakllanadi. Tijorat banklarining operatsiyalari mohiyatiga ko’ra tasniflanganda vositachilik operatsiyalari deganda odatda bankning mijozlarga hisob – kitob operatsiyalarini amalga oshirish yuzasidan qo’rsatilgan xizmatlari nazarda tutiladi.Professor I.T.Balabanov bank operatsiyalarini guruhlaganda ularni bankning investitsion operatsiyalari, bank kafolatlarini berish operatsiyalari va komission operatsiyalarga ajratadi. Uning ta’rifiga ko’ra bankning komission operatsiyalari bu – shunday bank operatsiyasi turiki, unda bank mijozning topshirig’ini bajaradi va evaziga komission haq undirib oladi.O’zbek iqtisodchi olimlaridan ayrimlari ham bankning komission va vositachilik operatsiyalarini bir xil deb qaraydilar. Xususan, Yo.Abdullaev, T.Qoraliev, Sh.Toshmurodov, S.Abdullaeva tomonidan yaratilgan “Bank ishi” darsligida ayni shu fikrni ko’rish mumkin. Ular fikricha, banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya’ni bunda banklar mijozlarining hisobotida ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatda boshqa mamlakatga pul o’tkazish bilan bog’liqdir. Bunda mijoz o’z bankiga uning hisobiga ma’lum bir summani ko’rsatilgan manzil bo’yicha o’tkazishni yuklatadi. Boshqa bir taniqli iqtisodchi olim banklarning vositachilik operatsiyalariga mutlaqo boshqacha yondashadi. Masalan, G.G.Korobova fikricha bankning vositachilik operatsiyalarida banklar moliyaviy vositachilar rolini bajaradilar va shunga ko’ra bankning vositachilik operatsiyalariga lizing operatsiyasini ham kiritadi. Uning fikricha bankning vositachilik operatsiyalariga: lizing, faktoring, trast, kafolatlar berish va konsalting operatsiyalari kiradi. Fikrimizcha, lizing operatsiyasini bank o’z aktivlari tomonidan amalga oshirganda lizing operatsiyasini alohida bank operatsiyasi sifatida qarash maqsadga muvofiq. Agar lizing operatsiyasida lizingga alohida beruvchi mavjud bo’lsa, bu turdagi lizing operatsiyasini vositachilik operatsiyasi deb tasniflash mumkin.Bugungi kunning eng zabardast olimlaridan biri O.I.Lavrushin bankning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarini tasniflab turib, banklarning qimmatli kog’ozlar bozoridagi mijozlarining topshirig’iga binoan qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilish, sotish va saqlash kabi operatsiyalarni banklarning vositachilik operatsiyalari sifatida ta’riflaydi.Ayrim iqtisodchi olimlar banklarning operatsiyalarini guruhlayotganda vositachilik operatsiyalarini bankning aktiv va passiv operatsiyalaridan ajratib, alohida ko’rsatadilar. Xususan, Filatov M.V. bank operatsiyalarini quyidagi guruhlarga ajratadi.M.V.Filatovning fikriga ko’ra tijorat banklari operatsiyalarini uch guruhga ajratish mumkin: passiv operatsiyalar; aktiv operatsiyalar; -vositachilik operatsiyalari. U tomonidan ilgari surilgan fikrga ko’ra banklarning vositachilik operatsiyalari mijozlar topshirig’iga asosan hisob – kitob operatsiyalari va mijozlarga ko’rsatiladigan kassa xizmatlaridan tashqil topadi. Fikrimizcha, tijorat banklarining vositachilik operatsiyalari ko’lami nisbatan kengroq hisoblanadi, xususan, bugungi kunda keng rivojlanayotgan faktoring va trast operatsiyalari ham bankning vositachilik operatsiyalari sirasiga kiradi. Bu holatni M.V. Filatov e’tiborga olmagan.Tijorat banklarida vositachilik operatsiyalarining shakllanishi bank mijozlari kontingenti, ular tomonidan amalga oshiriladigan savdo va ishlab chiqarish bilan bog’liq operatsiyalarga mutanosib ravishda kechadi. Masalan, banklarda akkreditiv ochish va uning yuritilishi bilan bog’liq operatsiyalar bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi mijozlari mavjud bo’lgan banklardagina amalga oshirilishi mumkin. Akkreditiv opeartsiyasida bank o’z mijozidan uchunchi bir shaxs ya’ni akkreditiv ochilgan shaxsga (benefitsiarga) to’lov summasini o’tkazish haqida topshiriq oladi.Bu hisob-kitobni amalga oshirish uchun tovar sotib olgan tadbirkor sotuvchiga berish kerak bo’lgan summani avvaldan bankka qo’yishi mumkin. Tegishli tovarni yoki unga tegishli bo’lgan hujjatlarni olish sharti bilan tadbirkor o’z bankiga sotuvchiga pul to’lashni yuklatishi mumkin.Tijorat banklarida amalga oshiriladigan kafolat berish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar ham bankning vositachilik operatsiyalarining muhim tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, banklarda mijozlar soni va xarakteridan kelib chiqqan holda bank operatsiyalari ham shakllanib boradi. Banklarning ilk amalga oshirgan operatsiyalari ham bugungi kunda vositachilik operatsiyalarining aynan na’munasi bo’la oladi. Jahon xo’jaligining integratsiyalashuvi va globallashuvi, valyuta va fond bozorlarining taraqqiy etishi kabi omillar banklarda turli vositachilik operatsiyalarining shakllanishi uchun zamin yaratmoqda. Bugungi kunda birgina mijozlarning hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning bir qancha alohidalashgan turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: talab qilib olinguncha asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar ochish, ularni qayta rasmiylashtirish va yopish; pul chek daftarchilarini berish va ularga xizmat ko’rsatish; naqd pulni oldindan tayyorlash va inkassatsiya xizmati orqali mijoz kassasiga etkazib berish; akkreditivlar ochish va yuritish va boshqalar. Tijorat banklarida vositachilik operatsiyalari shakllanishi va rivojlanishi mamlakatda qimmatli qog’ozlar bozorining va u bilan bog’liq infrastruktura institutlarining paydo bo’lishi va faoliyati bilan bog’liq.Rivojlangan mamlakatlarda banklar o’zlarining tadqiqot bo’limlariga ega, ular mijozlarning topshiriqlari bo’yicha qimmatli qog’ozlar bozoridagi vaziyatni tahlil qiladi, birja va birjadan tashqari bozorlar qon’yunkturasini tadqiq etadi. Bunda iqtisodiy, siyosiy va boshqa axborotlardan keng miqyosda foydalanadi. Ushbu tadqiqotlar asosida investitsion taktik va strategik maslahatlarga muxtoj bo’lgan ko’p sonli mijozlarning konsaltingi amalga oshiriladi.Mijozlarning qimmatli qog’ozlari portfelini boshqarish bo’yicha banklar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar ularga katta daromad keltiradi. Mijozlarning hohishi bo’yicha ularning pullari xavfli yoki nisbatan ishonchli qimmatli qog’ozlarga qo’yilma qilinadi. Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish yo’lida ularni saqlash va ularga bo’lgan huquq hisobini yuritish maqsadida banklar o’z depozitariylarini yaratadi. Banklarning bu turdagi vositachilik operatsiyalari qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganlik darajasi, bozorda muomalada bo’lgan instrumentlar xususiyati va qimmatli qog’ozlar bozorining nazorat qilinish darajasiga bog’liq hisoblanadi.Tijorat banklarining vositachilik operatsiyalari mohiyati va shakllanishi ularning turlarida yaqqol namoyon bo’ladi. I.T.Balabanov bank operatsiyalarini tasniflaganda bank kafolatini berish bilan bog’liq operatsiyalarni va komission operatsiyalarni alohida tasnifga ajratadi va bankning komission operatsiyalariga quyidagilarni kiritadi: hisob – kassa operatsiyalari – mijozlarga to’lov va hisob – kitoblarni amalga oshirish uchun milliy valyutada yoki xorijiy valyutada hisobraqam ochish, bu hisobraqamga naqdsiz ko’rinishda mablag’larni kirim qilish, shuningdek hisobraqamdan naqd ko’rinishda pullarni olish bilan bog’liq operatsiyalar; trast operatsiyalari – alohida tur qimmatli qog’ozlar yoki ularning portfelini ishonch bildirgan holda boshqaruv uchun berish, qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq to’lov funktsiyalari, pensiya va investitsion fondlar aktivlarini boshqarish bilan bog’liq operatsiyalar; chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalar – an’anaviy valyuta oldi – sotdisidan tashqari valyuta akkreditivlari, xorijiy banklarning yo’l cheklarini xarid qilish va to’lash, plastik kartochkalarni emissiya qilish va ularga xizmat ko’rsatish, xalqaro hisob – kitoblarni amalga oshirish kabi operatsiyalar; axborot xizmatlari – banklarning muayyan haq evaziga mijozlariga tijorat va notijorat xarakterdagi axborotlarni berishi bilan bog’liq operatsiyalar Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklarining vositachilik operatsiyalarini tahlil qiladigan bo’lsak, yuqorida ko’rib o’tilgan deyarli barcha operatsiyalarni va ularning zamonaviy shakllarini ko’rishimiz mumkin. Masalan, tijorat banklarining vositachilik operatsiyalari uchinchi guruhi chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalar bo’yicha banklarda quyidagi turli vositachilik operatsiyalari amalga oshirilmoqda9 Chet el valyutasidagi hisobraqamni yuritish; Bank o’tkazmalari; So’rovlar va qidiruv; Dokumentar akkreditivlar bo’yicha amaliyotlar; Import akkreditivlari; Bitimlar; -Svop operatsiyalari; Cheklar bilan amaliyotlar; Inkasso; Kafolatlar berish va boshqalar. Banklar faoliyatida xorijiy valyutalar bilan amaliyotlarda ko’riladigan asosiy daromad foizsiz daromadlar hisoblanadi va ular asosan bankning vositachilik operatsiyalari natijasida shakllanadi. Masalan, yuqorida ko’rib o’tilgan operatsiyalardan import akkreditivlari keng qo’llaniladi. Unga ko’ra banklar akkreditiv hisobvaraq ochganligi, akkreditivni to’lab berganligi va valyuta konversiyasi uchun vositachilik haqi ko’rinishida daromad oladi. Umuman olib aytadigan bo’lsak, banklar an’anaviy bank xizmatlari bilan bir qatorda daromad olish maqsadida vositachilik operatsiyadarini amalga oshiradilar.K.R.Tagirbekov fikricha banklar va mijozlarning banklar tomonidan ko’rsatiladigan vositachilik xizmatlariga bo’lgan qiziqishini quyidagilar belgilab beradi: bankning vositachilik operatsiyalari odatda bankda avvaldan amalga oshirib kelingan operatsiyalar negizida paydo bo’ladi; ayrim holatlarda mijozlarning ehtiyojlarini bankning an’anaviy xizmatlariga nisbatan vaositachilik xizmatlari to’laroq qondiradi. Bankning vositachilik operatsiyalarining kengayishi o’z navbatida bank mijozlari kontingentining oshishiga olib kelishi mumkin; qoidaga ko’ra bankning vositachilik operatsiyalari bir necha turli an’anaviy xizmatlarini ham qamrab olishi mumkin, bu banklarning universallashuvi va bank faoliyatida uchrashi mumkin bo’lgan risklarni boshqarishga ijobiy ta’sir qiladi; banklarda vositachilik operatsiyalarining kengayishi bank daromadlarining oshishiga olib keladi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlaming moliyaviy xizmatlarga bolgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa’nanaviy operatsiyalami bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga faktoring, kredit - ijara (lizing), kontokorren(overdraft), forfeyting, trastkabi operatsiyalami kiritish mumkin.Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi. Birinchisi, faktor - vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bolimi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmatko'rsatuvchi), faktor - vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi.Uchinchisi, tovar sotib oluvchi.Mijoz sotilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bolgan pul mablag'ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor - vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo'yicha shartnoma tuzadi. Faktor - vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, malum komission tolov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarga tolovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor - vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablaglami tolash bilan bogliq tolov hujjatlami komission tolov asosida “sotib oladi”.Faktor - vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo'yicha faktor - vositachi tomonidan mijozga tolagan summani tolay olmasa, ushbu zarar faktor - vositachining gardaniga tushadi.Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalami vujudga kelishining asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: - sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarga tolashi lozim bolgan mablaglami o'z vaqtida tolash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi; - tovar sotuvchi yoki xizmat ko'rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablaglarga bolgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi - banklarning moliyaviy mablaglardan samarali foydalanish hisobiga qo'shimcha foydani shakllantirishga bolgan ehtiyojining mayjudligi. Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit - ijara (lizing)murakkab savdo - moliya - kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi. Kredit - ijaraning asosiy xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga berilgan vositalarga nisbatan egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning asosiy shakllaridan biri mashina va jihozlami ijaraga berish, asosiy usullaridan biri investitsiyalami moliyalashtirish va ta’minotni faollashtirish hisoblanadi.Kredit - ijara (lizing) operatsiyasida odatda uch tomon ishtirok etadi: - ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bolajak lizing beruvchiga tegishli mashina va jihozlami sotuvchi yuridik shaxs; - lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlami sotib oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan malum muddatga va tolov evaziga mashina va jihozlami lizing oluvchiga beruvchi. Odatda, lizing beruvchi sifatida etarli darajada moliyaviy mablag'ga ega bolgan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari, korxonalar maydonga chiqadi; - lizing oluvchi, lizing shartnomasiga malum muddat va tolovga asosan mashina va jihozlami oluvchi shaxs.Banklaming noa’anaviy operatsiyalaridan birikontokorrent operatsiyalari hisoblanadi. Kontokorrent operatsiyalarda mijozlaming banklardagi talabqilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaribo'yicha malum miqdorda debet qoldiq (overdraft) qolishigaruxsat beriladi. Albatta, bu iqtisodiy jarayon bank va mijozo'rtasida tegishli shartnoma asosida rasmiylashtiriladi,kontokorrent shartnomasiga binoan mijozning talab qilibolinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridam ablaglar mayjud bolmagan holda, unga tolovlamiamalga oshirish uchun tegishli summani debet qoldig'ihisobidan o'tkazilishiga yol qo'yiladi.Kontokorrent(overdraft) operatsiyalarida mijozningtalab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragl-ning aktiv qismida qolgan qoldiq asosida bank hisobigategishli foiz hisoblanadi. Mijoz tomonidan sotilgan tovarlarva ko'rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablaglaruning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozithisobvaragl tushishi orqali debet qoldiq (overdraft)summasi yopiladi. Forfeyting operatsiyalari asosan yirik banklar vakompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatga, juda kattamiqdordagi moliyaviy mablaglami tolashda qollaniladiganoperatsiyalar hisoblanadi. Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagikabi uch tomon ishtirok etadi. Birinchisi, mol etkazibberuvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi,vositachi - bank yoki moliyaviy muassasa. Forfeyting operatsiyalarining faktoring operatsiyalari-dan asosiy farqi sifatida ushbu operatsiyalar uzoqmuddatga (6 oydan 5 - 6 yilgacha) va yirik summalargatuzilishini talddlash mumkin. Forfeyting iqtisodiy termeni odatda majburiyatni sotibolish ma’nosida qollaniladi, uni so'ndirish tovar va xizmatlari sotib olish jarayonida kelgusida yuz beradi. “aforfait” so‘zi frantsuzchadan vujudga kelgan bolib,“huquqdan voz kechish” ma’nosini anglatadi. Forfeytingdapul mablag'ini olishga talabgor bolgan sotuvchiotkaziladigan veksel inodassamentiga 81 “tolovni qaytarishshartisiz” so'zini qayd etish orqali tolov regressidan 82 o'zinihimoya qiladi. Forfeyting vekslini sotuvchi asosan yirikeksporterlar hisoblanib, ular vekselni tolov hujjati sifatidaaktseptlab sotilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlamingsummasini diskont asosida zudlik bilan tolash hisobigabarcha risk va majburiyatlar bilan birgalikda forfetterga(ya’ni vekseldagi summani tolab beruvchi va o'zida qaydetib boruvchi bankka) o'tkazadi. Agar importer birinchi darajali tolov qobiliyatiga vayuqori moliyaviy mavqiega ega bolmasa, har qandayforfetterlangan qarz summa aval83 shaklida kafolatlanganyoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bolishilozim. Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfetkrediti berilayotgan toliq muddatga diskont asosidaforfetter tomonidan avans tarzida ushlab qolinadi. Eksporter forfet krediti bo'yicha hech qanday majburiyatnio'ziga olmaydi, faqatgina u jo'natayotgan tovarlar vakoVsatilayotgan xizmatlarning sifati va tuzilayotganhujjatlaming qonuniyligi hamda haqoniyligini ta’minlashgamas’ul hisoblanadi.Forfeyting operatsiyalariga misol sifatida AQShningBoing samolyotini ishlab chiqaradigan kompaniya bilanyirik avikompaniyalar o'rtasidagi o'zaro oldi - sotdilamikeltirish mumkin. Chunki, boeng samolyotlarining bahosijuda yuqori bolishi aviakompaniyalarga ushbumablaglami birdan tolash imkoniyatini bermaydi, biroq o'znavbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishlitolovni ololmagan samolyotsozlik kompaniyasida ishlabchiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashdamuammolar vujudga keladi.Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: -vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish; -korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash; -iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish; -moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish; -iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin.Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli sub’ektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim.Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‘paytirdi. MFO hisob varaqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning korrespondent schetlarga o‘tishi ham risk darajasini ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishilishi bo‘yicha mas’uldir.Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarni aktiv, passiv, depozit, nodepozit va boshqa operatsiyalarga bo`lish mumkin.Bank resurslarini shakllantirish bilan boglik bo`lgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol uynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bo`lgan resurslarini tashkil etadi.Passiv operatsiyalar asosan quyidagi shaklga ega: 1. Qimmatli qog`ozlarni muomilaga chiqarish yo`li bilan resurslar yig`ish 2. Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar so`mmasini oshirish 3. Boshqa kreditorlarning mablaglarini jalb qilish 4. Depozit operatsiyalarini amalga oshirish Tijorat banklarining resurslari bankning o`z mablag`lari, jalb qilingan va emitentlashgan mablag`lar hisobidan shakllanadi. Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning dastlabki ikkitasida banklarning o`z mablag`lari yuzaga keladi va qolgan ikki shaklida kredit resurslarining jalb qilingan resurslar qismi yuzaga keladi.Banklarning o`z mablag`lariga – ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar (moddiy rag`batlantirish va boshqa tashkil etilgan fondlar) va taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning keyingi yillar balanslarida o`z mablag`lari tarkibida aksiyalar bo`yicha emissiya ustamasi, asosiy vosita va chet el kapitalini qayta baholash so`mmalari ham o`z aksini topgan.Amaliyotda bank passivlarining 20 foiziga yaqini banklarning o`z mablag`lariga to`g`ri keladi. Bank o`z mablag`lari ichida asosiy o`rinni bank ustav kapitali egallaydi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarilishining asosi bo`lib xizmat qiladi va u banklar tashkil qilinganda moddiy va pul mablag`laridan tashkil topadi. Bank kreditlari hamda chetdan boshqa pul mablag`larini jalb qilib uni tashkil qilish mumkin emas. Shu kabi banklarni zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydaga tegishli manbalar hisobidan shakllanadi va sarflanadi.Jalb qilingan mablag`lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bo`larga depozitlar, shuningdek kontokorrent va vakillik hisob varaqlaridagi mablag`lar kiradi.Banklarning emitentlashgan mablag`lari. Banklar mijozlar mablag`laridan yetarli darajada o`zroqroq foydalanishni amalga oshirishdan manfaatdordirlar. Shu sababli banklar obligatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo`li bilan o`z resurslarining miqdorini ko`paytirib boradilar.Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog`liq operatsiyalar banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi. Banklarni aktiv operatsiyalarida asosiy o`rinni ularning kredit operatsiyalari egallaydi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag`larini bankga jalb qilish bilan bog`liq operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining 90 foizgacha passivlari tashkil qilinishi mumkin.Depozit operatsiyalarining suyektlari bo`lib bir tomondan tijorat banklari, ikkinchi tomondan korxona, tashkilotlar, moliya, sug`urta, investitsion va trast kompaniyalari, xususiy korxonalar, qo`shma, xissadorlik korxonalari, jamoa tashkilotlari, alohida jismoniy shaxslar hisoblanadi. Depozit operatsiyalarining obyekti bo`lib extiyojdan ortiqcha pul mablag`lari (quyilmalari) hisoblanadi.Pul quyuvchilarning toifasiga ko`ra depozitlar bo`linadi: - yuridik shaxslar (korxona, tashkilotlar va boshqalar) quyilmalari - jismoniy shaxslar quyilmalari Mablag`larni olish shakliga ko`ra depozitlar bo`linadi: - Muddatli depozit mablag`lar - Talab qilib olgunga qadar depozit mablag`lar - Aholini jamg`arma mablag`lari Muddatli depozit mablag`lar bo`linadi: - 3 oy muddatgacha - 3 oydan 6 oygacha - 6 oydan 9 oygacha - 9 oydan 12 oygacha - 12 oydan yuqori bo`lgan depozit mablag`lari Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojlanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankga utkazish, shu bilan birga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (mablag`larni bir bankdan ikkinchi bankga o`tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan. Masalan «A» bankdan dastlabki depozit 1000 birlikni tashkil etsa uning 20 % majburiy zahira sifatida Markaziy bankga o`tkazilsa bankni kredit berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin boshqa bankda depozitga aylanishi mumkin. Jumladan, ushbu berilgan kredit so`mmasi «B» bankning mijozi bo`lgan mahsulot yetkazib beruvchining hisob varag`iga sotuvdan tushum shaklida kelib tushadi. Bunda A bankning krediti B bankda depozitni vujudga keltiradi. B bank bu depozitdan kredit beradigan bo`lsa, majburiy zahirani hisobga olgan holda uning miqdori 640 (800 – 160) birlikka teng bo`ladi.Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari deb tijorat banklarining yirik pul bozorlaridan pul mablag`larini jalb qilish, qimmatli qog`ozlar, obligatsiyalarni muomilaga qo`yish yo`li bilan mablag`larni jalb qilish sohasidagi operatsiyalariga aytiladi. Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag`larni jalb qilishning keng tarqalgan nodepozit shakllariga quyidagilar kiradi: - Banklararo bozordan qarz olish - Qimmatli qog`ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish (Repo operatsiyalari) - Bank akseptlarini sotish - Tijorat qog`ozlarini chiqarish - Yevro – dollarlar bozoridan qarz olish - Kapital notalar, obligatsiyalar chikarish va boshqalar Nodepozit operatsiyalar bozorda raqobatchilik asosida, vasitachilar (brokerlar) orqali sotib olinadi. Bunda birinchidan mablag`larni sotib olish g`oyasi bankning o`ziga tegishli, ikkinchidan bu g`oya bankning biror – bir mijozi bilan bog`liq emas. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda joylashgan hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish xuquqiga ega bo`lgan yirik banklar keng foydalanadilar. Nodepozit mablaglar yirik miqdorda sotib olinadi. Tijorat banklarining boshqa operatsiyalariga bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalarini kiritish mumkin. Bunda banklar mijozning hisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul utkazish bilan bog`liq. Shunday operatsiyalardan biri bo`lib faktorning (inglizcha vositachi) operatsiyasi bo`lib bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib berish qiymatining 80 foizi shu zahoti to`lash va qolgan qismini kredit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib to`lash sharti bilan sotib oladi. Vositachilik operatsiyalarining biri bo`lib trast (inglizcha ishonchli) operatsiyalari hisoblanib u mulkka egalik qilishning eng tarqalgan shakli – aksiya, obligatsiya va pul mablag`larining bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikga (shaxsga) o`tkazishni banklar orqali amalga oshirishni bildiradi. Bu mijoz bilan kelishilgan holda uni mablag`larini boshqarish ishonchini qulga kiritishdir.Banklar trast operatsiyalarining nafaqat jismoniy shaxslar bo`yicha balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar.Jismoniy shaxslar uchun trast bo`yicha merosni boshqarish ishonch va vosiylik bilan bog`liq operatsiyalar bajariladi. Shunday operatsiyalarga tratta (italiyancha utkazma veksel) operatsiyalarini ham kiritish mumkin. Bu kreditorning qarzdorga (odatda bankga) yozma buyrug`i. Bu tashqi savdodagi hisob – kitoblarda qullanilib unda bankning uchinchi shaxs (takdimchi) ga yoki trattani taqdim etganga muayyan so`mmani to`lash ko`rsatiladi.Markaziy bankning tijorat banklari bilan o`zaro aloqalari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida “O`zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqaradi”- deyilgan. Markaziy bankning tijorat banklari bilan o`zaro aloqalari O`zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to`g`risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunlar hamda banklar faoliyatiga tegishli boshqa me`yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Jumladan, “Markaziy bank to`g`risida”gi Qonunning 55-moddasida – “Markaziy bank va banklar bir-biri bilan bo`lgan majburiyatlari bo`yicha mas`uldir, agar ular o`ziga tegishli boshqa majburiyat olmagan bo`lsa” -deyilgan.Qonunning 56-moddasiga ko`ra Markaziy bankga banklardan depozitlar qabul qilib hisobvaraqlar yuritishga ruxsat berilgan.Qonunning 57-moddasida –“Markaziy bank banklarga banklararo hisob-klering xizmatini tashkil etishda ko`maklashadi”- deyilgan.Qonunning 58- moddasida –“Markaziy bank bank tizimi uchun axborot tarmog`ini tashkil etadi”- deyilgan. Markaziy bank o`z vakolati chegarasida tegishli tashkilotlar bilan statistik ma`lumotlarni to`plash, ishlov berish va tarqatish qoidalari va amaliyoti bo`yicha kelishuvlarda ishtirok etadi.Qonunning 59-moddasiga binoan Markaziy bankka qarzdorning hisobvaraqlaridagi qoldig`ni va boshqa aktivlari hisobiga talablarni qondirish ustunligi belgilangan va o`zaro munosabatlarga bag`ishlangan Qonunning 60-moddasida- “Markaziy bank qarori va harakati qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilininshi mumkin”- deyilgan.Shu kabi “ Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunning 44-moddasida Markaziy bank banklar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi deyilgan.Markaziy bank banklardan axborotlarni talab qilish va ushbu Qonunni bajarilishi yuzasidan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.Tijorat banklari faoliyatini Markaziy banklari tomonidan nazorat qilish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bankning muhim rol o`ynashi bilan asoslanadi, chunki u iqtisodiyot bilan bank tizimi o`rtasida vositachi sifatida faoliyat ko`rsatadi. Bank nazorati ikki maqsadni : 1. Mijozlar manfaatini har xil mumkin bo`lgan zararlardan himoya qilish; 2. Xatarlarni oldini ola turib moliyaviy bozorning barqarorligini ta`minlashga qaratilgan. Markaziy bank tijorat banklar faoliyatini nazorat qilishi quyidagilarda ko`riladi: 1. Bank faoliyatini olib borishda litsenziyalar berish. 2. Banklar hisobotlarini tekshirish. 3. Joylarda tekshirishlar o`tkazish. 4. Bank operatsiyalarini bajarishda tegishli me`yorlarga rioya qilishnishi. Markaziy bank to`lov, hisob-kitob munosabatlarini tashkil qilish funksiyasini bajara turib moliya va to`lov tizimini barqarorligini ta`minlash, to`lov tizimini samarali bo`lishiga erishish, pul-kredit siyosatini o`tkazish kabi masalalarni hal qilishni o`z oldiga qo`yadi. Hozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog`onali bank tizimi bo`lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog`ini o`z ichiga oladi. Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi: - Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish - bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o`tkazilishi bilan mos kelishi - bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo`li bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish - pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish - banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar. Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`larini yig`uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag`larini samarali ishlatish asosida o`z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta`minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a`zolari farovonligiga zamin yaratadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug`ildi. Download 122.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling