1. Bankning tarkibiy tuzilishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyasi, buxgal-teriya aparatini tashkil qilish, xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi
Bankning tarkibiy tuzulishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyalari,buxgalteriya apparatini tashkil qilish,xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi
Download 370.51 Kb.
|
1.Bankning tarkibiy tuzulishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyalari,buxgalteriya apparatini tashkil qilish,xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi.
1996-yil Toshket uy joy jamg‘arma banki davlat tomonidan O‘zbekiston aholisi farovonligini qo‘llab quvvatlash xussusan uy joy bilan ta’minlash sharoitlarini yaxshilish borasidagi say-xarakatlari natijasida tashkil etildi. Prizidentning 1997-yil martidagi farmoniga ko‘ra uy-joylarni moliyalashtirish bo‘yicha tajribasi Respublika miqiyosida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston uy joy jamgarma banki tashkil qilindi. 2005-yil O‘zbekiston uy-joy jamgarma banki Zaminbank bilan birlashtirilib respublikadagi birinchi ixtisoslashtirilgan ipoteka kiriditlash banki ATB Ipoteka bank sifatida tashkil etildi. 2006-yil Ipoteka bank filliallar tarmog‘ini kengaytirib filliallar soni 38-taga mini-banklar soni 150-taga kassalar soni 600-taga yetkazildi. Ipoteka bank Moody’s reyting agentligining B1 darajadagi barqaror prognoziga ega bo‘lgan birinchi bank bo‘ldi. 2007-yil Ipoteka bank O‘zbekistonda aksiadorlik tijorat banki sifatida ro‘yxatdan o‘tib bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikkasi Markaziy banki tomonidan qayta rasmiylashtirilgan 74-sonli bank litsenziyasini oldi. 2008-yil Bank qo‘shimcha 258-ta mini bank va 47-ta kassa tashkil etish orqali chakana savdo ofislarini rivojlantirishga yo‘naltirishga kirishdi. 20017-yil Ipoteka bank va Xalqaro moliya korparatsiyasi o‘rtasida bankni institutsional o‘zgartirish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 2018-yil Ipoteka bank bank boshqaruvi va faoliyatini ustuvor yo‘nalishlariga Xalqaro eng yaxshi tajribani joriy qilish maqsadida XMK ekspertlari bilan keng ko‘lamli institutsional transformatsiani boshladi. 2019-yil Xalqaro moliya korparatsiyasining 35mln dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayir boshlanadigan kiridit linyasi jalb qilindi. 2020-yil Xalqaro kapital bozorida ilk marotaba 3000mln dollorlik yevro obligatsiyalar chiqarildi. XMK bilan xamkorlikda yangi rivojlanish strategiyasi korparativ boshqaruv tizimi biznes model, anderayting tizimi risklarni boshqa-rish tizimi va turli masofaviy xizmatlarni joriy qildi. 2021-yil transformatsiyaning ikkinchi bosqichida bank asosiy etiborini mijozlarga yo‘naltirilgan bank faoliyatini tashkil etish, biznes jarayonlarini takomillashtirish va markazlashtirishga qaratdi. Ko‘p funksiyali Coll markazi joriy qilindi. 2021-yil OTP bank Group(Vengiriya) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazir-ligi bilan Ipoteka bank aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish bo‘yicha memorandum imzoladi. ,, Ipoteka bank’’Olmaliq filiali buxgalteriya hisobining obektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: yuridik va jismoniy shaxslardan pul xujjatlarini qabul qilish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish; hisob-kitob xujjatlarini qabul qilish; o‘z muddatida qaytarilmagan bank kreditlarini hisobini yuritish; muddatli majburiyatlarning hisobi; banklararo operatsiyalar bo‘yicha va filiallararo oborotlar hisobi; turli punktlardagi to‘lovchi va oluvchilarning mablag‘lari hisobi; berilgan kreditlar hisobi. Banklarda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yilgan: hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko‘rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish; bajarilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida hamda aniq aks ettirilishiga erishish; bankdan chiqayotgan xujjatlarni tegishlicha rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan bu xujjatlar borgan joyda foydalanishini yengillashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu xujjatlar bilan operatsiyalar baja-rilayotganda hamda ular xizmat ko‘rsatuvchi mijozlar hisobi yuritilayotganda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning, qonunga hilof xatti-harakatining oldini olish; bankdan pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turadigan blankalar kam chiqishi, ortiqcha hamda qonunga hilof ravishda sarflanishining oldini olish; bank mansabdor shaxslarining o‘rnatilgan tartibga zid ravishda bank operatsiyalarini amalga oshirilganliklarini, qimmatliklar va xujjatlarni yuqotib qo‘yish hamda shu kabi boshqa hollarda ularning javobgarligini xujjatlar bilan asoslash; operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirishni ma’lumotlar to‘plash orqali qonuniyligi hamda to‘g‘riligini tekshirish imkoniyatini berilishi; bankda ish kuni tartibiga qat’iy rioya etilishi; zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish asosida bank operatsiyalarini amalga oshirish ular hisobini yuritish hamda hisobotlar tuzish Shuningdek, buxgalteriya hisobining obekti bo‘lib asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar, arzon baholi va tez to‘zuvchi buyumlar, kassadagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, qimmatli materiallar, chet el valyutalari va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar; Budjet bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, bankning daromadlari va harajatlari va boshqalar. Buxgalteriya hisobining ob’ektlarini hisobda aks ettirish va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish uchun ularga o‘lchov birligi (natura, mexnat va pul) qo‘llaniladi. Respublikamizda buxgalteriya hisobining qonuniy asosi bo‘lib, 2016 yil 13 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonuni" hisoblanadi. Ushbu qonun buxgalteriya hisobining yuritilishini tartibga soluvchi qonuniy xujjat hisoblanadi va mulkchilik shaklidan, qaysi tarmoqqa tegishliligidan va katta-kichikligidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik sub’ektlari va ularning filiallari unda belgilangan tartib-qoidalar asosida buxgalteriya hisobining tashkil qilishi va yuritishlari zarur bo‘ladi. Ushbu qonunda banklarda buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi barcha me’yoriy xujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ishlab chiqarishi ko‘rsatilgan, ya’ni Markaziy bank uslubiy markaz hisoblanadi. Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: – yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; – to‘lovlarni amalga oshirish. Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyasiga muvofiq quyidagi bank operatsiyalarni amalga oshiradi: – yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish; – omonatlarni jalb etish; – kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish; – mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish; – pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish; – uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish; – uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring); – qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; – bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish; – jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat qutilarni ijaraga berish; – moliyaviy lizing. Bankning jamg‘arma kassalari aholidan davlat byudjeti daromadi hisobiga, korxona, tashkilot va muassasalar foydasiga to‘lovlar qabul qilishni amalga oshiradi, tuzilgan shartnomalar asosida ularning topshiriqlariga ko‘ra aholiga naqd pul beradi, shuningdek, boshqa turdagi chakana bank xizmat turlarini ko‘rsatadi. Bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan «Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun” Bosh litsenziyasiga muvofiq chet el valyutasida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega: – ochiq valyuta mavqei (pozitsiyasi) limiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida vakolatli banklar va o‘z mijozlari bilan, valyuta birjalari orqali, shuningdek, xalqaro bozorlarda chet el valyutasini sotib olish va sotish, shu jumladan hosilaviy moliya vositalari asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish; – yuridik va jismoniy shaxslarga – chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish; – mijozlarning ekspert-import operatsiyalari bilan bog‘liq hisob-kitoblarini chet el valyutasida hujjatli akkreditiv, inkasso, bank jo‘natmasi shaklida, shuningdek, xalqaro bank amaliyotida qo‘llaniladigan boshqa shakllarda amalga oshirish; – chet el valyutasidagi mablag‘larni kredit, depozit, omonat hamda xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan boshqa shakllarda jalb etish va joylashtirish hamda bankning chet el valyutasidagi mablag‘lari miqdori chegarasida kafolat berish; – valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish; – bank hisobvaraqlarini ochgan holda yoki bunday hisobvaraqlarni ochmay turib xalqaro pul jo‘natmalarini o‘tkazish. Download 370.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling