1. Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari
a) Tuproq unumdorligini kamayishi
Download 95.35 Kb.
|
Begona o‘tlar
a) Tuproq unumdorligini kamayishi: Begona o‘tlar tuproqning haydalma qatlamida, ya’ni o‘simliklar o‘zining o‘sib rivojlanishi uchun oziq oladigan qavatida baquvvat ildiz tizimi hosil qiladi va oziqa moddalarni o‘zlashtiradi.
b) Tuproqning qurib qolishi: Tuproqda nam yetarli bo‘lmasa madaniy o‘simliklar rivojlana olmaydi, ularning ko‘p qismini begona o‘tlar o‘zlashtiradi. Masalan, F.I.Malkov ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmanistonda yantoq bosib ketgan 1 ga yerda 1 oy ichida 653 m3 , quypechak bosib ketgan dalada esa 503 m3, nam sarflangan. v) Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash-tirishdagi qiyinchiliklar: Masalan, begona o‘tlar kombaynning ishchi organlariga tiqilib qolib normal ishlashiga halaqit beradi. Ildiz tizimi baquvvat bo‘lgan begona o‘tlar haydash vaqtida plugga tuproq qarshiligini oshiradi hamda plugni ishdan chiqaradi, ish sifatini pasaytiradi. g) Ekinlarni soyalatishi: begona o‘tlarning poya va barglari o‘sishda madaniy ekinlardan o‘tib ketadi, va ularni soyalatib qo‘yadi. d) G‘o‘za, g‘alla va boshqa ekinlarni o‘rab olishi: Masalan, qo‘ypechak, chirmashib o‘sadigan boshqa o‘tlar ularni yetkizib qo‘yib hosilni normal yig‘ib olishni qiyinlashtiradi va hosilini pasaytirib yuboradi. ye) Tekinxo‘r begona o‘tlarning yopishib olishi: shumg‘iya va zarpechak madaniy o‘simliklarning ildiz va poyalariga yopishib olib, ularni shirasi bilan oziqlanadi. j) Ekinlarda har-xil kasallik va zararkunandalarning tarqalishi: Masalan, karamguldoshlarga mansub yovvoyi turp, rango‘t va boshqa begona o‘tlar tekinxo‘r zamburug‘larning rivojlanishi uchun manba bo‘lib xizmat qiladi (karam kili, soxta un-shudring kasalligi). G‘alla ekinlariga tusha-digan zang va boshqa zamburug‘ kasalliklari bug‘doyiq kabi eng xavfli bego-na o‘tlarda rivojlanadi. G‘o‘za zararkunandasi karadrina bahorda quypechakka joylashib, so‘ngra madaniy o‘simliklarga o‘tadi. z) Hayvonlarning zaharlanishi: ko‘pgina o‘tlar urug‘ida va o‘suv organlarida zaharli moddalar bo‘ladi, bular hayvon va odam organizmini zaharlaydi. Shuning uchun kampirchapon, akonit, bangidevona, mingdevona, tuyaqorin, sutchup, sutlama, temirtikan, chirmovuq, g‘umay, kakra, qoramiq va boshqalarning urug‘i aralashgan g‘alla mahsulotlarini odam va hayvonlar iste’mol qilishi man etiladi, chunki undan zaharlanish mumkin. Begona o‘tlar urug‘i aralashgan don qizib ketib, tez buziladi va sifati yomonlashadi. k) Sug‘orish tarmoqlarida, ariq, kanallarning ifloslanishi: Bu suvning normal oqishiga tusqinlik qiladi va ko‘plab yerga shimilib isrof bo‘ladi. Begona o‘tlar dala ishlarini murakkablashtiradi. Ildizpoyali ko‘p yillik begona o‘tlar ekinlarni sifatli parvarish qilishni va hosilni yig‘ishtirib olishni qiyinlashtiradi. Natijada qo‘shimcha mehnat va mablag‘ sarflashga, ya’ni yerlarni boronalash, kultivatsiyalash, shudgorlash, urug‘likni tozalash va ularga qarshi gerbitsidlarni qo‘llash kabi tadbirlarni amalga oshirishga zaruriyat tug‘diradi. Paxta terish vaqtida esa yovvoyi gultojixo‘roz, olabuta, ituzum, quypechak va boshqalar paxta tolasini, quytikan, qariqiz va boshqalar esa, quy juniga ilashib uning sifatini yomonlashtiradi. Har xil o‘t urug‘larining donga aralashib ketishi (randak, kakra) un sifatini buzadi. Ko‘rinib turibdiki, begona o‘tlar qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Begona o‘tlarga qarshi kurash eng muhim vazifa bo‘lib, ular yo‘qotilsa, mavjud yerlardan sifatli va barqaror mo‘l hosil olish imkoni beradi. Download 95.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling