1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari


Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari


Download 5.05 Mb.
bet4/10
Sana28.07.2023
Hajmi5.05 Mb.
#1663203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari.

2. Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari


Grafik axborotlarni kiritish qurulmalariga skaner va grafik planshetlar kiradi.
Skaner (scanner) – tasvirni (matnni) avtomatik tarzda kompyuterga kiritish qurilmasidir, ya’ni kiritilayotgan obyektning raqamli tasvir nusxasini yaratadi.
Skanerlarning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar:

  1. Optik ruxsat berish, ya’ni skanerlovchi moslamadagi yorug‘likni sezadigan elementlarning soni ishchi sohaning kengligiga bo‘linishi bilan aniqlanadi. Ruxsat berishning o‘lchamini belgilash uchun bir necha o‘lchash birligidan foydalaniladi: dpi (dots per inch) – dyuymdagi nuqtalar; ppi (pixels per inch) – dyuymdagi piksellar;

  2. Mantiqiy ruxsat berish. Bu ko‘rsatkich dasturiy ta’minot yordamida, ya’ni dastur-drayverning o‘zi yetishmayotgan nuqtalarni sun’iy yo‘l bilan to‘ldirishiga erishiladi.

  3. Skanerlash tezligi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha bitta sahifani skanerlashga ketgan sekundlar bilan aniqlanadi. Ba’zan bitta chiziqni skanerlash tezligi millisekundlarda ko‘rsatiladi.

  4. Razryadligi yoki rang chuqurligi. Tasvirning skanerlangan nuqtasidagi axborotni batafsil tekshirish darajasini ko‘rsatadi. SSD matritsasining sifati esa ARO‘ (analog – raqamli o‘zgartirgich) ning razryadi bilan aniqlanadi.

Rangli va oq-qora skanerlar mavjuddir. Oq-qora skanerlar ingichka chiziqli tasvirlarni va yarimtonli tasvirlarni o‘qish imkonini beradi. Yarimtonli skanerlar kulrangni 256 tagacha sathni qabul qilish xususiyatiga ega. Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusxalar bilan ishlay oladi. Uzatilayotgan ranglar soni 256 dan 65536 sathgacha tebranadi.
Konstruktiv tuzilishiga qarab skanerlar qo‘l (hand-hold) skanerl ari va stol usti (desktop) skanerlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tark ibida bir nechta ko‘rinishdagi skaner va tashqi qurilmalar (oqimli printer, faks-modem, nusxa ko‘chirish apparati) imkoniyatini mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali skanerlar ham mavjud. Bu o‘zida axborotni kiritish, chiqarish va uzatish vazifalari birlashgan texnik vositadir.

yorug‘lik diodli lazerli proyeksion
5-rasm. Qo‘l skanerlarining turlari.
Zamonaviy skaner turlarini ko‘rib chiqamiz.
Qo‘l skaneri yorug‘lik manbayi va yorug‘lik diodidan tashkil topgan chizg‘ichdan iborat. Bu qurilma yordamida qandaydir hujjatni kompyuterga kiritish uchun skanerlovchi moslamani mos keluvchi tasvir ustidan keskin harakatlarsiz o‘tkazish kerak. Odatda, kiritiladigan tasvir kengligi qo‘l skanerlari uchun 4 dyuym (10 sm) dan oshmaydi. Zamonaviy qo‘l skanerlari kiritilayotgan tasvirlarni avtomatik «yopishtirish»ni ta’minlaydi, ya’ni alohida kiritilgan qismlardan butun tasvirni shakllantiradi.
Odatda, qo‘l skanerlari kichik o‘lchamli va narxi arzon bo‘ladi. Skanerlash tezligi 5–50 mm/s ni tashkil etadi.

Download 5.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling