1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari


CCD- va CIS-skanerlarining afzalliklari va kamchiliklari


Download 5.05 Mb.
bet6/10
Sana28.07.2023
Hajmi5.05 Mb.
#1663203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari.

CCD- va CIS-skanerlarining afzalliklari va kamchiliklari




Afzalliklari

Kamchiliklari

CCD

Yuqori ruxsat etish xususiyati (CCD-skaneri 2400 dpi ruxsat berish xususiyatiga ega);
Lampalarning uzoq muddat hizmat qilishi;
Skanerlash sifatining yuqoriligi.

CIS-skanerlariga qaraganda narxining balandligi;
Skanerlashdan oldin lampaning uzoq muddat qizishi;
Qo‘shimcha ta’minot manbayiga bo‘lgan extiyoj.

CIS

O‘lchamining unchalik katta emasligi; tez ishga tushishi; narxining yuqori emasligi; Elektr energiyasini kam iste’mol qilishi (ko‘p CIS-skanerlar elektr energiyasini USB orqali oladi).

Ruxsat berish xususiyatining cheklanganligi (1200 dpi gacha); skanerlash sifatining nisbatan pastligi.


a) b)
9-rasm. Oynali tizim: CCD-skaner (a), CIS-skaner (b).
CCD-skaneri CIS-skanerga qaraganda yuqori tiniqlikka ega. Bunga 9-rasmda tasvirlanganidek, uning konstruksiyasida qo‘llanilgan obyektiv va ko‘zgular tizimi hisobiga erishiladi. 9-b rasmda faqat gina bitta ko‘zgu ko‘rsatilgan, aslida bunday tipdagi skanerlarda ko‘zgular uchtadan kam emas.
CCD-matritsali skanerlar nisbatan keng tarqalgan. Ulardan faqatgina qog‘ozdagi matnli hujjatlarni raqamlashtirishda emas, balki fotosuratlarni va rangli tasvirlarni skanerlashda ham foydalaniladi.
10-rasmda CIS-matritsa skanerlanayotgan original yuzas ini yorituvchi yorug‘lik diodli qatordan, o‘zi fokuslanuvchi mikrol inzadan va bevosita sensorlarning o‘zidan tashkil topgan. Ofis uchun mo‘ljallangan CCD-skanerlarning ayrim modellari 3200 dpi gacha
Planshetdagi original

10-rasm. CIS-sensorning sxematik ko‘rinishi.

11-rasm. CCD-matritsaning ko‘rinishi.
optik ruxsat berishga ega, CIS-apparatlarining esa optik ruxsat berishi 1200 dpi gacha yetadi.
CIS-matritsali skanerlar kitobni emas, balki varaqli originallarni skanerlash talab etilgan joylarda qo‘llaniladi. Bu skanerlar elektr energiyani butunlay USB shinadan oladi, bu esa portativ kompyuter sohiblariga anchagina qulaylik yaratadi.
11-rasmda oyna derazachali mikrosxema ko‘rinishidagi CCDmatritsa berilgan. Bu yerga originaldan qaytgan nur fokuslanadi. Barcha skanerlar o‘zi ulangan shaxsiy kompyuterlar tomonidan boshqariladi, skanerlashdan oldin kerak bo‘lgan sozlashlar esa boshqaruvchi dasturning muloqat oynasida kiritiladi.
Skanerlar ko‘pi bir nechta «tez skanerlash» tugmalari bilan jihozlangan. Tez ishga tushirishning tipik funksiyalari, odatda, printer orqali bosmaga chiqarish bilan skanerlashning standart operatsiyasini ishga tushirish, keyinchalik elektron pochta, faks orqali jo‘natish kabi funksiyalarni anglatadi.

12-rasm. Skanerning asosiy bog‘lamalarining joylashishi.

13-rasm. Tez skanerlash tugmalari.
14-rasm. Interfeysli plata

Download 5.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling