1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?


) A va B ro’yxatga kiruvchi dori vositalari


Download 254.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/30
Sana02.06.2024
Hajmi254.35 Kb.
#1837194
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima

28) A va B ro’yxatga kiruvchi dori vositalari. 
A va B guruhiga kiruvchi dori moddalari alohida shkaflarda saqlanadi. Shkaf eshigining ichki yuzasida dorilarning roʻyxati 
boʻlishi lozim. A (narkotik analgetiklar, atropin va boshq.) va B (aminazin va boshqalar.) Ro‘yxatidagi dorilarni 1 ta 
shkafda saqlash mumkin, ammo ular alohida qulflanadigan boʻlimalarda boʻlishi lozim. Shuningdek, shkafda kuchli ta'sir 
qiluvchi dorilar ham saqlanadi. Zaharli dori moddalari saqlanadigan shkafga Venena «A» deb yozilishi lozim, shkaf 
eshigining ichki tomoniga esa dori moddalarining 1 marotabalik va 1 kecha-kunduzda qancha qoʻllanilishi yoziladi (rasm, 
a, b). Kuchli ta'sir qiluvchi dori moddalari saqlanadigan shkaf Heroika «B» yozuvi bilan belgilanadi (d, e). Hamma 
shkaflardagi dori moddalari «tashqi», «ichki», «koʻz tomchilari», «inyeksion» guruhlariga ajratiladi.
Dorixonada tayyorlangan steril eritmalarning saqlanish muddati 3 kun. Shu vaqt ichida dori moddalari ishlatilmasa
yaroqli (rangini o'zgartirmagan, rangsizlanmagan) hisoblansa ham toʻkib tashlanadi, «ichki», «tashqi» qoʻllashga 
mo'ljallangan dori moddalari tibbiyot hamshirasi postidagi shkafning turli boʻlinmalarida belgilangan holda saqlanadi. 
Dorixonada tayyorlanib, tashqi qo'llashga mo'ljallangan dori shakllari sariq etiketka, ichki qoʻllashga mo'ljallanganlari oq 
etiketka bilan belgilanadi. 
Tibbiyot hamshirasining: 1) dori moddalarining shakli va taxlamini oʻzgartirishga; 2) har xil taxlamdagi dori moddalarini 
bir taxlamga solishga; 3) dori moddasi etiketkasini oʻzgartirish va almashtirishga; 4) dori moddalarini etikasiz saqlashga 
haqqi yo’q. 


@Mahmud_Yazdanov +998913182468 
Shoshilinch paytda dori moddalarini topish qulay bo’lishi uchun ular ma’lum tartibda joylashtiriladi. Yorug’likda 
parchalanadigan dori moddalari qoraytirilgan, shisha idishlarda, yorug' tushmaydigan joyda saqlanishi lozim. Oʻtkir hidli 
dori moddalari alohida, tez buziladigan dori moddalari (nastoykalar, qaynatmalar, miksturalar), shuningdek, malhamlar, 
zardoblar maxsus muzlatgichda saqlanadi. Nastoyka, qaynatma va miksturalarning muzlatgichda saqlanish muddati 3 
kundan oshmasligi lozim. Loyqalanish va yoqimsiz hid paydo boʻlishi, rangining o'zgarishi bu dorilarning yaroqsizligini 
bildiradi. Shuni esda tutish lozimki, nastoykalar, eritmalar, ekstraktlar spirtda tayyorlanadi va vaqt o'tishi bilan spirtning 
bugʻlanishi natijasida ularning konsentratsiyasi oshib ketadi. Shuningdek, rangini o'zgartirgan kukunlar va tabletkalar 
foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi. 

Download 254.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling