1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?


Isituvchi kompress qo’llash metodikasi


Download 254.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/30
Sana02.06.2024
Hajmi254.35 Kb.
#1837194
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima

Isituvchi kompress qo’llash metodikasi.  1. Kompress qo’yiladigan tana sohasi hajmidagi 8 qavatli doka tayyorlanadi 
(nam qavat). 2. Doka salfetkaaning har tomonidan 1-2sm chiqib turadigan qilib kompress qog’oz yoki kleyonka kesib 
olinadi (izolyatsiya qavati). 3. Kompressda qog’ozdan 1-2 sm katta paxta tayyorlanadi (isituvchi qavat). 4. Kompressni 
mahkamlovchi bint tayyorlanadi. 5. Doka salfetka 40% etil spirt bilan namlanadi. 6. Ehtiyotkorlik bilan yig’irilma hosil 
qilmasdan salfetka bemor tanasiga qo’yiladi. 7. Ustidan kompress qog’oz va paxta qo’yiladi (kompress qog’oz 
qochmasligi, paxta ikkala qavatni ham bosib turishi lozim). 8. Kompress bint bilan o’rab mahkamlanadi, bunda qon 
aylanishi va germetikligi buzilmasligi lozim (rasm.3). 9. 1-2 soatdan keyin kompress effektivligi bog’lam ostiga barmoq 
tiqib ko’rish bilan tekshiriladi. Agar salfetka nam va issiq bo’lsa, kompress to’g’ri qo’yilgan hisoblanadi. 10. Kompress 6-8 
soatga qoldiriladi (asosan tunda). 505 11. Kompress yechiladi va uning effektivligi tekshiriladi (salfetka nam va issiq 
bo’lishi lozim). 12. Kompress yechilgandan so’ng teriga quruq iliq bog’lam qo’yiladi.


@Mahmud_Yazdanov +998913182468 
Girudoterapiya qo’llash mexanizmi.  1. Ishlatiladigan zuluklarning sogʻlomligi koʻzdan kechiriladi. 2. Kerakli ashyolarni 
tayyorlab, qulay joylashtiriladi (a rasm). 3. Bemor qulay vaziyatda yotqiziladi. 4. Hamshira qoʻlini zararsizlantiradi va 
qo'lqop kiyadi. 5.Bemorning zuluk qoʻyiladigan joylari tuklardan tozalanadi. 
6. Teri vodorod peroksidi yoki iliq suv, spirt bilan artiladi. 7. Steril paxtani iliq suvga hoʻllab yana bir marotaba artiladi. 8. 
Pinset yordamida zuluklarning boshi yuqoriga qaratib steril probirkaga solinadi (b). 9. Zulukli probirka bemor tanasining 
tayyorlangan qismiga yaqinlashtirilib zuluklar teriga tekkiziladi va terini tishlab olgunicha ushlab turiladi (d). 10. Bir necha 
daqiqa zulukning ishi kuzatiladi, sogʻlom zuluk toʻlqinsimon harakat qiladi. 11. Zuluklar qon soʻrib bo'lgandan so'ng 20 
daqiqa, 1 soat o'tgach, oʻzlari koʻchib tushadi. 12. Shu vaqtda maxsus idish zuluklar qo'yilgan joylarga yaqinlashtiriladi va 
to'ygan zuluk shu idishga tushadi. 13. Zuluk tishlagan joyni yod yoki spirt bilan artish man etiladi. 14. Bir sutkaga steril 
bog'lam qo'yiladi. 15. Bemorning umumiy ahvoli kuzatiladi. 

Download 254.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling