1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?
) Etika deontologiya nima?
Download 254.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiyot deontologiyasi
2) Etika deontologiya nima?
Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi. Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda E. nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. E.ning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Tibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoqtarixga ega. Aslida, Tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy @Mahmud_Yazdanov +998913182468 mazmunga ega boʻlib, bir qancha yoʻnalishlardan iborat:— shifokor bilan bemor oʻrtasidagi;— shifokor bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat;— shifokorning gʻamkasblari bilan munosabati va hakozo. Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saqlashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan maʼlumotlarni aytishi, bemorning vrach bilan sirdosh boʻlishiga erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan soʻzlashishi yaramaydi. Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida toʻgʻri joriy qilinishi, shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bogʻliq. Kishilik jamiyatining turli davrlarida deontologik munosabatlar turlicha kechgan, u zamon talabiga moye ravishda oʻzgarib borgan. Download 254.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling