1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?
Gospital - harbiy va urush nogironlarini davolash uchun shifoxona. Sanatoriy
Download 254.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8) Davolash muassasalarining sanitar epidimologik rejimi Terapevtik bo’limining sanitar-epidemiologik rejimi
Gospital - harbiy va urush nogironlarini davolash uchun shifoxona.
Sanatoriy –( lotincha sanatum –davolanish) kasallarni davosini davom ettiriladigan statsionar muassasadir. Odatda qulay iqlimga ega bo‘lgan, mineral suvlar, shifobaxsh loylar bilan ta‘minlangan joylarda faoliyat ko‘rsatadi. 8) Davolash muassasalarining sanitar epidimologik rejimi? Terapevtik bo’limining sanitar-epidemiologik rejimi Terapevtik bo‘limda sanitar-epidemiologik rejim talablarigaqat‘iy rioya qilinishi kasalxona ichki infektsiyasi profilaktikasi, patogen mikroorganizmlar, hashoratlar (suvaraklar, pashshalar, klopalar) va kemiruvchilar ko‘payishining oldini olishning asosiy shartidir. Kasalxona ichi infeksiyasi Kasalxona ichi infeksiyasi (nozokomial (yunoncha nosokomeion – shifoxona), shifoxonaga oid) yuqumli tabiatga ega bo‘lib, statsionarga qabulqilingandan keyin 48 soatdan orasida (yokistatsionardan chiqqanidan keyin 48 soat davomida) rivojlanadi, shuningdek bemorni davolash va bemorni parvarishlash bilan shug‘ullanadidigan tibbiyot xodimida ham kuzatiladi. Nozokomial infektsiya rivojlana oladigan shaxslar: Kasalxonaga yotqizilgan bemorlar (shifoxonada infektsiya);ü Sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilgan bemorlar: kunduzgiü shifoxona, dispanser, maslahat markazi, poliklinika, tez yordam va boshqalarga yuzlanganlar; Tibbiy xodimlar: kasalxonalar va boshqa tibbiyot muassasalaridaü bemorlarga parvarish ko‘rsatishdayuqtirib olishadi. Kasalxona sharoitida quyidagi yuqumli kasalliklar rivojlanishi mumkin. Yiringli infektsiyalar: Bolalar yuqumli kasalliklari: qizamiq, qizilcha, difteriya, epidemik parotitlar va boshqalar. Virusli infektsiyalar: gripp, virusli gepatit B, C, B, OIV va hakozo. Ichak infektsiyalari salmonellyoz, amyobioz, shigellozlar va boshqalar: O‘ta xavfli infektsiyalar: kuydirgi, o‘lat, ichterlama, va hokazo. Bu infektsiyani vujudaga keltiradigan asosiy patogenlar: Obligat (lotincha obligatus - zarur) patogen mikroflora: bolalarda· kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar - qizamiq, difteriya, qizilcha, 43 parotit vaboshqa, ichak infektsiyalari – salmonellalar va boshqalar, gepatitB, C va boshqalar. Shartli patogen flora: Stafilokokkus aureus, streptokokklar,· Pseudomonas aeruginosa, Escherichia, ko‘k yiring tayoqchalar va hokazolar. Sitomegalovirus, bir ho‘jayralilar· Infeksiya manbasi asosan tibbiyot @Mahmud_Yazdanov +998913182468 xodimi va bemorlarning o‘zidir. Bundan tashqari, mikroorganizmlar manbayi bo‘lib qo‘l, ichak, siydik yo‘llari, tomog‘, soch, teri, og‘iz bo‘shlig‘i xizmatqilishi mumkin. Tibbiyot uskunalari, kauchuk mahsulotlari ayniqsa xavfli, masalan, kateterler, drenaj naychalari; uskunalarorqali, ingalyatorlar va dori-darmon, oziq-ovqat, chang, suv va boshqalar orqali organizmga tushishi mumkin. Infektsiya havo-tomchi (aerosol), maishiy - kontakt va sun‘iy uzatish mexanizmlari orqali tarqaladi. Kasalxona ichi infektsiyasi vujudga kelishi xavfi bo‘lgan asosiy guruhlar: 1) ko‘p sonli davolash va diagnostika muolajalari ko‘rsatiladigan bemorlar; 2) surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar; 3) keksa bemorlar; 4) immuniteti zaiflashgan bemorlar. Download 254.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling