1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?
) Sun’iy ovqatlanish ovqatlanish turlari ( parental, zond orqali)?
Download 254.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima
14) Sun’iy ovqatlanish ovqatlanish turlari ( parental, zond orqali)?
Og’ir bemorlarni ovqatlantirishni zond orqali, gastrostoma va parental ovqatlantirish turlari bor. Sun'iy ovqatlantirish. Agar bemor ovkatlanishda og'zi orqali (bironta og'iz bo'shig'i kasalliklari, kizilo'ngach, oshqozon kasalliklarida) qiynalsa sun'iy ovqatlantirish tashkil etiladi. Sun'iy ovqatlantirish zond yordamida amalga oshiriladi (rasm). Zond orqali oziqlantirish Zond (naycha) bunday vaziyatlarda oshqozonga burun yoki og'iz orqali yoki gastrstoma orqali kiritiladi. Ovkat eritmalarini hukna yordamida ham bajarish yoki boshqa usullardan parenteral (vena ichiga tomchilab) yo'l bilan berish mumkin. Tibbiy xamshira zond bilan yuborish usulini yaxshi o'zlashtirishi kerak. Bu maksadda kuyidagilarni tayyorlash kerak: - ingichka steril rezinali naycha diametri 0,5-0,8 sm; - vazelin yoki gliserin; - 600-800 ml suyuk ovqat (shirin choy, mors, xom tuxum, mineral suv gazsiz, oksil, yog, uglevod, vitaminlar, mineral tuzlar mavjud + sho'rva) Ketma-ket bajariladigan harakatlar (rasm). 1. Zond vazelin (gliserin) bilan surkalgan; 2. Burunni pastki yo'liga 15-18 sm chuqurlikka kiritiladi; 3. Kaftni chap barmoqlari bilan zondni burun halqumdaligini aniqlab zondni halqum orqa devoriga siqiladi. Eslab koling! Agar shunday nazorat qilinmasa zond traxeyaga tushishi mumkin. 4. Bemorni boshini biroz oldinga engashtirib o'ng qo'llar bilan kizilungachni o'rta kismigacha zondni surib zonddan xavo chikmasa va ovozi saklansa demak zond kizilungachdaligi bilinadi @Mahmud_Yazdanov +998913182468 5. Zondni erkin uchini voronka bilan ulang 6. Asta-sekin voronkaga ovkat qo'ying 7. So'ng voronkaga toza suvni kuying zondni yuvib olib tashlang (zondni toki sun'iy ovkatlanish davomida 2-3 xaftagacha chikarilmaydi). Bemorni gastrostoma orkali ovqatlantirish ko'rsatma qizilungachdan ovkat o'tmay kolganda, oshkozonni bug'zi bekilishi holatlari xisoblanadi. Bu paytda zondni (zond kismiga voronka ulanib voronka orqali portsiya 50 ml) 6 marotaba kuniga oshkozonga ilitilgan ovkat suyuk holda bo'lishi kerak. Asta-sekin ovkatlantirishni me'yori kupaytirib to 250-500 ml (rasm) ga kupaytirib, ovkatlantirish sonini 4 marotabagacha kamaytiriladi. Ba'zan bemorga ovkatni chaynashga ruxsat beriladi, so'ngra ovqatni stakanda suyultirib aralashgan xolatda voronkaga qo'yiladi. Bunday ovkatlantirishda reflekslar kuzg'alib oshkozon sekresiyalari saqlanadi. Xuqna yordam orkali to'g'ri ichakka tomchi xolda 300-500 ml (37-380S) 5 foizli glyukoza, izotonik eritmasi yoki aminokislota tomchi xolda yuboriladi. Oz mikdorda noksimon rezinali ballonda suyuklik yuborish mumkin. Gastrostoma yordamida oziqlantirish Ovkat xazm kilish yullaridan ovkat o'tmasa, o'sma, qizilo'ngch, oshqozon, ichak yo'llarida operasiya bajarilgan bo'lsa, nozik quvvatsiz bemorlarni operasiyaga tayyorgarlik ko'rilganda parenteral ovkatlantirish tavsiya etiladi. Buning uchun gidroksil gidrolizin saklaydigan preparatlardan aminokislotalar, gidrolizin oksil gidrolizat, kazein, fibrinosol, alnezin, levamin, poliamin, dipofundin, intralipid, 10 foizli glyukoza eritmalaridan foydalanish mumkin. Bundan tashkari 1 litrgacha elektrolitlar, vitaminlar gruppasidan V, askarbin kislotalar yuboriladi. Parenteral ovkatlantirish uchun vena ichiga dorilarni yuborish uchun maxsus "uchlik" "troynik" dan foydalaniladi (rasm). Bu bir vaznning o'zida oqsil, yog', uglevod yuborish uchun qulay hisoblanadi. @Mahmud_Yazdanov +998913182468 Parenteral oziqlantirish Venaga yuborishdan avval dorilarni isitib suv xammomida tana harorati (37-38S) isitiladi. Preparatlarni yuborishda tezligiga e'tibor bermok kerak. Preparatlardan gidrolizinni, oksilgidroliz va fibrinosol poliamin birinchi 30 dakikada 10-20 tomchidan, so'ng bemor yaxshi sezsa dorini yuborish tezligini 40-60 tomchigacha etkazish mumkin. Poliamin birinchi 30 dakikada 10-20 tomchi, so'ng 25-35 tomchi 1 dakikada yuboriladi. Lipofundin (10 foizli) birinchi 10-15 dakikada 15 - 20 tomchi (dakikada), so'ng asta sekin (30 dakika davomida) tezlikni 60 tomchigacha yuboriladi. 500 ml preparatni 3-5 soat davomida yuborish kerak. Oksil preparatlarni tez yuborishda kizish, issiklik va yuzda gipermiya (kizarish) nafasni bugilishi kuzatiladi. Download 254.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling