1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?
) Tibbiyot xodimlarining majburiyatlari?
Download 254.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4) Qabulga qabul qilingan bemorning sanitariya davolash jarayoni qanday Bemorlar qabul qilinganda sanitar ishlovdan o‘tishlari kerak
3) Tibbiyot xodimlarining majburiyatlari?
Kichik tibbiy xodimlarning majburiyatlari Kichik tibbiy xodimlarga kichik hamshira, ho‘jalik bekasi va sanitariya xodimlari kiradi. • Kichik tibbiy hamshiralar kasalxonada tibbiy ko‘rikka yordam bеradi, choyshablarni alishtirad, bеmorlarni va shifoxona xonalarini tozaligini ta'minlaydi, bеmorlarni tashish jarayonida ishtirok etadi, bеmorlarning shifoxona rеjimiga rioya etilishini nazorat qiladi. • Xo‘jalik hamshirasi xo‘jalik masalalari bilan shug‘ullanadidi, kiyim-kеchak, kir yuvish vositalari va tozalash uskunalarini qabulqiladi va ishlaydi, shuningdеk, hamshiralar ishini bеvosita nazorat qiladi. • Sanitariya xodimlari. Ularning vazifalari doirasi o‘z katеgoriyalari (hamshira-sanitar, hamshira-tozalovchi va boshqalar) bilan bеlgilanadi. Kichik tibbiyot xodimlarining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Binolarni muntazam tozalash: palatalar, koridorlar, jamoat joylari va boshqa. 2. Bеmorlarni parvarishlashda hamshiralarga yordam bеrish: kiyimni o‘zgartirish, og‘ir kasallarni oziqlantirish, og‘ir bеmorlarning gigiеnik tozaligini saqlash va hakozo. 3.Bеmorlarni sanitar-gigiеnik parvarishi. 4.Bеmorlarni tashhis qo‘yish va davolanish muolajalariga olib borish. 5.Bеmorlarni transportirovka qilish. 4) Qabulga qabul qilingan bemorning sanitariya davolash jarayoni qanday? Bemorlar qabul qilinganda sanitar ishlovdan o‘tishlari kerak. To‘liq sanitar ishlov berish bemorni vannada yoki dush ostida yuvintirish, ich kiyimlarini dezinfeksiyalash va dezinseksiyalash, shuningdek, xonaga sanitar-gigienik ishlov berishni o‘z ichiga oladi. Qisman sanitar ishlov berish – tanani qisman yuvishni va ich kiyimlarni almashtirishni o‘z ichiga oladi. Bemorlarga boshqa ich kiyim berilganidan so‘ng, ular shu ich kiyimda bo‘limga kirishadi. Hozirgi vaqtda bu qoidaga doim ham amal qilinmaydi, asosan maxsus va harbiy shifoxonalarda ushbu odat saqlangan. Buning sababi shundaki, ko‘plab bemorlar shifoxonaga kelishdan oldin yuvinishadi ѐki dush qabul qilishadi. Qabul qilinuvchi bemorlar vannada yoki dush ostida yuvintiriladi. Dastlab, vannaga 0,5% xlorli eritma ѐki 1-2% xloramin eritmasi bilan ishlov @Mahmud_Yazdanov +998913182468 beriladi. Keyin vannani issiq sovunli suv bilan yaxshilab yuvib, to‘ldiriladi. Vannadagi suv harorati taxminan 42 daraja bo‘lishi kerak. Haddan tashqari bug‘lanishning oldini olish uchun, oldin sovuq suv vannaga quyiladi, so‘ngra issiq suv quyiladi. Bemorlar ning ahvoli og‘ir bo‘lganda, ular vannadagi skameykaga o‘tirg‘iziladi va ustidan suv quyiladi. Tana qismlarini yuvish ketma-ketligi: -bosh yuviladi; -qo‘l va ko‘krak qafasi; -chot orasi, qorin sohasi va bel; -oyoqlar. Sanitar ishlov berish va antropometriyadan so‘ng bemorlar tibbiy xodimlar bilan birgalikda ko‘rikdan o‘tkazish xonalariga boradilar va shundan so‘ng tashhis qo‘yish va davolash taktikasi belgilanadi. Download 254.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling