1-bemorlarning shaxsiy pokligi
Nafas olish a'zolarining tuzilishi
Download 29.36 Kb.
|
amaliy tibbiydan
Nafas olish a'zolarining tuzilishi
Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi (1-rasm). Burun bo'shlig'i. Burun bo'shlig'i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo'shlig'i o'rtasidan ikkiga bo'lingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib, ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga boy 9-savol bolalar infeksiyalariga tarif bering Bolalar kasalliklari — asosan bolalar orasida uchraydigan yoki bolalik davrida oʻziga xos kechadigan kasalliklar guruhi. Bolaning rivojlanish xususiyatlariga koʻra ona qornida oʻsish davri, chaqaloqlik davri, bola tugʻilgandan keyingi (4 hafta), emizikli davri (bir yoshgacha), yasli davri (Z yoshgacha), maktabgacha davri (7 yoshgacha), boshlangʻich maktab yoshidagi (12 yoshgacha) va oʻsmirlik yoki balogʻatga yetish davri (18 yoshgacha) farq qilinadi. Ona qornida oʻsish davri bolaning shakllanishida muhim rol oʻynaydi; homiladorlik davridagi zararli omillar (kasalliklar, intoksikatsiyalar, turmush va ovqatlanish sharoitining kamkoʻstligi, dori-darmonlar taʼsiri) onagagina emas, qornidagi homilaning oʻsishi va rivojlanishiga ham taʼsir etadi. Bu davrda koʻproq tugʻruq vaqtidagi zararlanishlar (asfiksiya, shikastlanishlar, falajlar, stafilokokk infeksiyalar) kuzatiladi. Chaqaloqlar ayrim infeksion kasalliklarga tugʻma chidamli boʻladi, biroq ularga (ayniqsa, chala tugʻilgan bolalarga) yiringlatuvchi mikroblar avvalo, stafilokokklar tez taʼsir qilib, kindik jarohatining yiringli yalligʻlanishiga, chilla yaraga va hatto chaqaloklar sepsisi kabi ogʻir kasallikka sabab boʻladi. Bu davrda zotiljam ham xavfli kasallik hisoblanadi. Emizikli davrida bola ovqatning oʻzgarishiga moslanishi ancha qiyin, uni notoʻgʻri ovqatlantirilganda meʼdaichak buzilishlari (diareya, ichak infeksiyalari va boshqalar), moddalar almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Bu davrda nafas va hazm aʼzolarining kasalliklari ogʻir oʻtadi; bolani notoʻgʻri ovqatlantirish, sof havo va quyosh nuridan yetarli bahramand etmaslik natijasida raxit avj oladi, diatez, spazmofiliya botbot uchraydi. Yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oʻz tengqurlari bilan oʻynab yurgan chogʻida koʻkyoʻtal, qizamiq, difteriya, tepki va boshqa yuqishi mumkin. Bundan tashqari, onasidan oʻtgan immunitetning kuchi yoʻqoladi. Shuning uchun bu davrda bolalar emlanib (vaksinatsiya), immunitet vujudga keltiriladi. Maktab yoshidagi bolalarda yuqumli kasalliklar koʻproq uchraydi. Emizikli bola koʻkyoʻtal va qizamiq bilan ogʻriganda koʻpincha oʻpkasi ham yalligʻlansa, maktab yoshidagi bolalarda bu kasalliklar aksari asoratsiz oʻtadi (oʻpka yalligʻlanmaydi). Boshlangʻich maktab yoshidagi bolalarda angina, yurak va buyrak kasalliklari, shuningdek allergik kasalliklar koʻproq uchraydi. Kattaroq bolalarda va oʻsmirlik (balogʻatga yetish) davrida yuraktomir, nerv va endokrin sistemalar (ichki sekresiya bezlari) faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Sof havodan yetarli bahramand boʻlmaydigan, sport bilan shugʻullanmaydigan, kun tartibiga rioya qilmaydigan oʻquvchilarda bu sistemalar koʻproq kasallanadi. Demak, Bolalar kasalliklari ning turli shakllari organizmning chidamliligiga, yuqumli kasalliklarga qarshilik koʻrsatish kuchiga, bolaning yoshiga bogʻliq. Har bir kasallik, u qanday boʻlishidan qatʼi nazar (yuqumli yoki yuqumsiz) jismonan barkamol, sogʻlom bolada yengilroq, ozgʻin, nimjon bolada esa ogʻirroq oʻtadi. Bir xil mikrob qoʻzgʻatgan kasallik bolaning turli yoshida turlicha kechadi. Bolalar kasalliklari ning oldini olishda bola organizmining oʻziga xos xususiyatlari koʻzda tutiladi. Emizikli davrda ona suti eng maqbul oziq boʻlib, bolani qoʻshimcha ovqatlantirish zaruriyati boʻlganda faqat vrach (pediatr) bilan maslahatlashib olish kerak. Goʻdaklarni sut oshxonalari orqali ovqatlantirishning toʻgʻri tashkil qilinishi katta ahamiyatga ega. Bolalar kasalliklari qancha barvaqt aniqlanib, vaqtida davolansa, asorati qolmaydi. Buning uchun kattalar va otaonalar Bolalar kasalliklari ning oldini olish usullarini va dastlabki belgilarini bilishlari, bolada kasallikka xos biror alomat sezganda darhol vrachga murojaat etishlari zarur. 10 savol sevilizasiya kasalliklariga tarif bering 11- savol dismurgiya tushunchasi va uning turlari Desmurgiya (grekcha "desmos" aloqa, bog‘lam, qiyiqcha, harakat, ish ma’nosini bildiradi, sinonimi desmologiya) umumiy xirurgiyaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, bog‘lamlar turi va bog‘lam qo‘yish qoidalari to‘g‘risidagi ta’limotdir. Bog‘lam deganda bemor tanasiga davo maqsadida mahkam o‘rab bog‘langan bog‘lov materiali tushuniladi. Jarohatga yoki tananing boshqa qismlariga davo maqsadida qo‘yiladigan bog‘lov materiali, bog‘lamni almashtirishga esa qayta bog‘lash deyiladi. Materialning qo‘llanilishiga ko‘ra bog‘lamlar ikki guruhga Yumshoq (platsirli, kleolli, kolloidli, ro‘molli, leykoplatsirli va bintli) va qattiq (deksrinli, kraxmalli, gipsli) bog‘lamlarga bo‘linadi. Panjaga va bilak-kaft bo‘g‘imiga, odatda, sakkizsimon bog‘lam qo‘yiladi. Panja va barmoqlardagi katta jarohatni bekitish uchun qaytuvchi bog‘lam qo‘llaniladi. Bintni kaft utsida bir necha marta o‘rab, panja orqasi bo‘ylab ko‘rsatkich barmoqqa yo‘naltiriladi va u orqali o‘tkazib, panjaning kaft yuzasini bekitiladi. Bir necha qaytuvchi o‘ramlar qilib panjaning hammasini va 4 barmoq bekitiladi, so‘ngra bu o‘ramlarni barmoq uchidan boshlab gorizontal o‘ramlar qilinib (spiralsimon bog‘lam) bilak oldida tugallanadi. Bintni panjaning bir barmog‘iga bog‘lashni uni bilak-kaft utsi bo‘g‘imi oldida bir necha o‘ramlar bilan mahkamlashdan boshlanadi, so‘ngra bintni panja orqasi bo‘ylab barmoqning oxirigacha etkazgan holda, uni asosigacha chiqadigan spiralsimon bog‘lam bilan bekitiladi. 12-savol qon ketishida birinchi yordam ko'rsatish Qon ketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot: 1. Agar qon ketishi og’ir bo’lsa, jarohat olgan odamni yotqizib, oyoqlarini ko’tarish kerak. 2. Qonni vaqtincha to’xtatish uchun shikastlangan tomirni qisish yoki qo’l-oyoqni kuchli bukish yoki jgut qo’yish mumkin. 3. Darhol shoshilinch yordamni chaqirish. 4. Jarohatga tegish, yuvish, undan yot jismlarni olib tashlash mumkin emas. 5. Agar jarohat yuzasi ifloslangan bo’lsa, uning chetlari jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalanishi kerak; jarohat atrofiga yod, xlorgeksidin, vodorod peroksidi kabi antiseptik surtilishi darkor; yod jarohatga tushmasligi kerak. Download 29.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling