1-bemorlarning shaxsiy pokligi


Ortiqsimon tana (corpus piniala)


Download 29.36 Kb.
bet6/7
Sana15.02.2023
Hajmi29.36 Kb.
#1200145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amaliy tibbiydan

Ortiqsimon tana (corpus piniala) - yoki bosh miyadagi to'rt do'mboqning yuqorisidagi ikkita do'mboq o'rtasida joylashgan moshdek (og'irligi 0,2 g) bez bo'lib, ko'rish do'mbog'iga yuganchalar yordamida tutashib turadi. Bez uning o'rab turgan parda o'siqlari bilan bo'laklarga ajratilgan.
Epifiz gormoni jinsiy bezlarning rivojlanishini me'yorida ushlab turadi. Bez ishi susaysa, jinsiy bezlar tezroq rivojlanib qiz va o'g'il bolalar tezroq balog'atga yetadi.
Buyrak usti bezi (glandula suprarenalis) - qalpoq shaklida o'ng va chap buyrak ustida joylashgan bo'lib, og'irligi 3-5 gr gacha bo'ladi. Bezni qoplab turgan pardadan chiqqan o'simtalar uni yordamchisi bir necha bo'laklarga ajratadi. Bez tashqi sarg'imtir po'stloq va ichkarisida joylashgan qoramtir miya qismidan tuzilgan. Po'stloq qismi va miya qismi tuzilishi, rivojlanishi va bajaradigan ishi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Po'stloq qismi mezodermadan rivojlanib, qon tomir va nervlarga boy epiteliy xujaylardan paydo bo'ladi. Bezning bu qismidan ishlanadigan aldesteron garmon organizmda suv va tuz almashinishi prosessiga ta'sir etsa gidrokartizon gormoni oqsil yog' va uglevod almashinish prosessida ishtirok etib, organizmning kasallikka qarshilik ko'rsatish kuchini oshiradi. Yallig'lanish kasalliklarining tuzalishini taminlaydi. Bezdan ishlangan jinsiy garmonlar jinsiy bezlarga ta'sir ko'rsatadi. Bu bezning faoliyati pasaygan vaqtda organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko'rsatish qobiliyati pasayadi. Aksincha bezning faoliyati kuchaysa jinsiy bezlar garmon ishlab chiqarishi kuchayadi. O'smirlar tezroq balog'atga yetadi.
Bezning miya qismidan adrenalin va noradrinalin garmonlari ishlanadi. Adrenalin yurak qisqarish faoliyatini oshiradi, qon tomirlari qisqaradi. Ichak devorlarini siqilish qobiliyatini pasaytiradi. Bronxlarni kengaytiradi. Meda osti bezining sekret qismi.
Meda osti bezining sekretor qismi
Meda osti bezining dum qismida bir millionga yaqin yumaloq shaklli bez hujayralari bo'lib ular ishlab chiqargan garmonlari qonga shimiladi. Shuning uchun bu xildagi bez to'plamini sekretor funksiyasi meda osti bezi orachasi (Langergans -sobelov orolchasi) deb ataladi. Orolcha bezlari insulin va glikagon garmonlarini ishlaydi. Insulin qon tarkibidagi glyukozaning muskul va nerv hujayralariga o'tishini taminlaydi. Glikagon garmoni jigardagi glikagenni glyukozaga aylantirib qonga chiqarib beradi. Natijada qonda glyukoza ko'payadi. Orolcha hujayrasining insulin chiqarish qobiliyati kamaygan taqdirda siydik bilan ko'p miqdorda glyukoza tashqariga chiqadi. Bu ham qand kasali (diabet) kelib chiqishiga sababchi bo'ladi.


6-savol Tibbiyot etikasi haqida tushuncha


Tibbiy etika - bu etikaning falsafiy intizomi boʻlib, uning tadqiqot ob'ekti tibbiyotning axloqiy va klinik tibbiyot amaliyotini va tegishli ilmiy tadqiqotlarni tahlil qiladigan amaliy axloq hisoblanadi. Tibbiy etika har qanday chalkashlik yoki ziddiyat holatlarida mutaxassislar murojaat qilishlari mumkin boʻlgan qadriyatlar toʻplamiga asoslanadi. Bu qadriyatlarga avtonomiyani hurmat qilish, yomonlik qilmaslik, xayrixohlik va adolat kiradi.[1] Bunday tamoyillar shifokorlar, tibbiy yordam koʻrsatuvchi provayderlar va oilalarga davolash rejasini tuzishga va bir xil umumiy maqsadga erishishga imkon beradi.[2] Shuni taʼkidlash kerakki, bu toʻrtta qadriyat ahamiyati yoki ahamiyati boʻyicha tartiblanmagan va ularning barchasi tibbiy etikaga tegishli qadriyatlarni oʻz ichiga oladi.[3] Biroq, axloqiy tizimda ierarxiya zarurligiga olib keladigan ziddiyat paydo boʻlishi mumkin, shuning uchun baʼzi axloqiy elementlar ogʻir tibbiy vaziyatga eng yaxshi axloqiy hukmni qoʻllash maqsadida boshqalarni bekor qiladi.[4] Tibbiy etika, ayniqsa, majburiy davolanish va majburiy majburiyatlarga oid qarorlarda juda muhimdir.


7- savol skeletlar bo'limlari, suyaklar va ularning vazifalari


Odam anatomiyasi haqida so’zlar ekanmiz, birinchi navbatda tasavvurimizda skelet surati gavdalanadi. E’tibor bering! Sizning tasavvuringizdagi skelet tasvirining tiniqligi qanchalik darajada? Unchalik tiniq emas to’g’rimi? Ya’ni siz har bir suyakning kichik aksessuarlarigacha aniq-tiniq tasavvurga ega emassiz… Keling, hozir xayolingizdagi shu tasvirlarni sezilarli darajada oydinlashtirishga urinib ko’ramiz va tasavvuringizni 2D formatidan 3D ga o’zgartirishga harakat qilamiz. Buning uchun esa sizdan faqatgina diqqat-e’tibor talab etiladi!
Tanamizda tayanch-harakatlanishda ishtirok etuvchi 206ta suyak mavjud. Bu suyaklar o’zaro harakatli va harakatsiz birikib skelet sistemasini tashkil etadi (bulardan faqatgina tilosti suyagi boshqalari bilanbirlashmagan). Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda esa suyaklar soni 270 dan orti qbo’ladi va tuzilishida ham bir qancha farqlar bor. Odam ulg’aygan sari ayrimsuyaklar o’zaro qo’shiladi va natijada 206 tani tashkil etadi.
Endi suyaklarning tuzilishiga ham e’tibor qaratamiz. Bu uzun naysimon suyakning tuzilishi bo’lib, bir necha qismlarni farqlaymiz: tanaga yaqin proksimal va tanadan uzoqdagi distal qismlar, buyerda proksimal-distal epifiz va o’suvchi qism metafizni ko’ramiz, o’rta qismiesa diafiz hisoblanadi. Metafiz qismi suyakning bo’yiga o’sishini ta’minlaydi. Epifiz qismlarida gialin tog’ayi bilan qoplangan bo’g’im yuzalari mavjud. Barcha suyaklar yuzasi suyak usti pardasi periosteum bilan qoplangan, naysimon suyaklarda ichki
8- savol nafas olish sistaemasining tuzilishi


Nafas olishning ahamiyati
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi.
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1. O'pka alveolalari va tashqi muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2. O'pka alveolalari va o'pkaning kapillyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish).Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kisJorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog' va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to'qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo'zg'alish, harakatlanish, ko'payish) ana shu energiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar nati¬jasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to'qimalardan qonga o'tib, o'pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi.

Download 29.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling