1-bemorlarning shaxsiy pokligi


Download 29.36 Kb.
bet4/7
Sana15.02.2023
Hajmi29.36 Kb.
#1200145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amaliy tibbiydan

3. Muskul to'qima - tolalarining protoplasida nerv sistemasi tasirida qisqarish qobiliyatiga ega bo'lgan differensiyalashgan maxsus ingichka tolalar bo'lishi bilan boshqa to'qimalardan farq qiladi. Tuzilishiga va joylashishiga qarab, ikki xil bo'ladi.
1) Silliq muskul to'qima - ichki organlar, qon va limfa tomirlarining devorlarida joylashgan bo'lib, 1ta yadroli duksimon hujayralardan tuzilgan. Bu to'qimalar tarkibidagi elastik va kallagen tolalar, ularning hujayralarini o'zaro birlashtirib, tayanch vazifasini bajaradi. 2) Ko'ndalang- targ'il muskullar-skeletni qoplab joylashadi. Har bir muskul tolasining yuzaga yaqin o'zagi va protoplazmasi bor bo'lib, yupqa va tiniq parda bilan o'ralgan. Bu muskullar o'z ixtiyorimiz bilan qisqaradi. Bu muskul tolalarining qisqaruvchi moddasi mikraskopda ko'ndalang-targ'il bilan ko'rinadi. Chunki muskul tolasida izotop va anizotop zarrachalari nurni turlicha sindiradi.
4. Nerv to'qima - neyron va neyrogliyadan tashkil topgan bo'lib, tashqi muhitdan keladigan ta'surotlarni va sezgilarni o'tkazish vazifasini bajaradi. Neyron bir qancha o'siqlar dendrit va bitta uzun o'siq aksondan hamda nerv uchlaridan iborat. Dendritlar odatda sezgilarni hujayra tanasiga qarab yo'naltirsa, akson hujayra tanasidan boshqa neyronlarga olib boradi. Nerv hujayralarining protoplamasida umumiy organlardan tashqari, ularga xos bo'lgan tigrond modda va neyrofibrillar bo'lishi bilan farqlanadi. Neyrofibrillar ingichka ipchalar shaklida bo'lib, nerv hujayralarining sitoplazmasida turli tomonga qarab yo'nalib, tur tashkil qilib joylashadi.


4-savol ovqat xazim qilish sistemasining tuzilishi


Ichki sekresiya bezlari - o'zida sekret chiqaruvchi naylari bo'lmasligi bilan tashqi sekret bezlaridan farq qiladi. Ichki sekret bezlarda ishlangan sekret-garmon bevosita qonga shimiladi. Shuning uchun bu bezlarni endokrin bezlari deb ham ataladi.
Ichki sekresiya bezlari odam organizmining turli yerlarida joylashgan bo'lib, ular bajaradigan ishlariga -qarab, garchand hajmi kichkina bo'lsada, juda ko'p qon tomirlar bilan taminlangan. Jumladan buyrak usti beziga 3 juft qon tomiri orqali qon kelsa, qalqonsimon bezga 4 -5 ta qon tomiri keladi. Shu bilan birga endokrin bezlarga juda ko'p nerv tolalari tarqalgan. Ular endokrin bezlarini idora qiluvchi markazlar bilan bog'lab turadi. Demak, bir tomondan ichki sekresiya bezi faoliyatini nerv sistemasi boshqarib tursa, ikkinchi tomondan qonga shimilgan endokrin garmonlar nerv sistemasiga ham tasir qiladi.
Qalqonsimon bez
Qalqonsimon bez (grandula thyreoidea) - bo'yin sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog'ayi bilan kekirdakning yuqorigi 3-4 tog'ay halqalari oldida joylashgan. Bez taqasimon shaklida bo'lib, katta odamlarda 30-50 g ga teng. Ammo bez buqoq kasaliga uchragan odamlarda kattalashib og'irligi 1,5 - 1 kg gacha boradi. Qalqonsimon bezning o'ng va chap bo'lakchalari oraliq qismi bo'yin orqali o'zaro qo'shiladi. Bezni o'rab turgan pardadan o'sib kirgan o'simtalar bez ichkarisini bo'lakchalarga ajratadi. Bez bo'lakchalari pufakcha (folekula) lardan iborat bo'lib, uning tarkibida yodga boy oqsil moddasi bor. Bez yuzasini qon tomiri va nerv chigallari qoplab turadi.
Funksiyasi - bez garmoni tiroksin qonga shimilib, organizm o'sishiga tasir qiladi, modda almashinuvini tezlashtiradi. Agar bez gormon ishlamasa organizm o'smay qoladi, aksincha, gormon ko'p ishlansa organizm tiroksin bilan (tireotoksikozkasom) zaharlanadi. Bunda odam o'ta tasirchan, ozg'in, yuragi tez uruvchi bo'ladi. Ko'z soqqasi ko'z kosasidan chiqib joylashadi. Ba'zan ichiladigan suvda yod yetishmasa, qalqonsimon bez kattalashib buqoq bo'ladi.

Download 29.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling