1. Bernulli qonuni nima Bernulli tenglamasi qanday keltirib chiqariladi
Download 289.34 Kb.
|
kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bernulli tenglamasi nima
Bernulli qonuni: gorizontal joylashgan nay boʻylab oqayotgan suyuqlik kichik bosimli joylarda tez, katta bosimli joylarda sekin harakatlanadi.
Bernulli qonuni toʻgʻrisida fikr yuritishning eng oddiy yoʻli – suyuqlik bosim katta sohadan bosim kichik sohaga oʻtganda tezlashadi, chunki natijaviy kuch harakat yoʻnalishi bilan ustma-ust tushadi. Suyuqlik tez harakat qiladigan hududlarda past bosim boʻladi degan fikr gʻalati tuyulishi mumkin. Shubhasiz, sekin harakatlanadigan suyuqlikdan koʻra tez harakatlanayotgan suyuqlik tanangizga urilganda koʻproq bosim his qilasiz, toʻgʻrimi? Ha, bu toʻgʻri. Ammo hozir gap ikki xil bosim haqida ketyapti. Bernulli qonunidagi bosim bu oqim davomida barcha yoʻnalishlarga, shu jumladan, trubaning yon tomonlariga koʻrsatiladigan ichki suyuqlik bosimi hamdir. Bu siz suyuqlikning oldiga chiqib, uning harakatini toʻxtatganingizda his qiladigan bosimdan farq qiladi. [Men hali ham ularning farqini tushunmadim.] Eʼtibor bering, Bernulli qonuni tez harakatlanuvchi suyuqlik yuqori bosim hosil qila olmaydi demayapti. U shunchaki suyuqlikning sekin oqayotgan qismi xuddi shu nayda suyuqlikning tez oqadigan qismidan koʻproq bosim hosil qilishini aytgan. Bernulli tenglamasi nima? Bernulli tenglamasi asosan Bernulli qonunining yanada umumiy va matematik shakli boʻlib, u potensial energiyaning oʻzgarishini ham hisobga oladi. Biz ushbu tenglamani keyingi boʻlimda keltirib chiqaramiz, lekin undan oldin Bernulli tenglamasini koʻrib chiqib, unda nima deyilgani va uning qanday ishlatilishini tushunib olaylik. Bernulli tenglamasi har qanday ikki nuqtadagi (1 va 2) toʻxtovsiz oqayotgan suyuqlikning zichligi \[\rho\], bosimi, tezligi va balandligini oʻzaro bogʻlaydi. Bernulli tenglamasi odatda quyidagicha yoziladi: Rasmdagi P_1, v_1, h_1 oʻzgaruvchilar 1-nuqtadagi bosim, tezlik, va balandlikni, P_2, v_2 va h_2 oʻzgaruvchilar esa 2-nuqtadagi bosim, tezlik va balandlikni bildiradi. Quyidagi diagrammada suyuqlikdagi ikkita nuqta (1 va 2) tasvirlangan, ammo Bernulli tenglamasi suyuqlikdagi ixtiyoriy ikki nuqta uchun oʻrinli. Bernulli tenglamasida nuqtalarni qayerdan tanlashni qanday bilasiz? Nuqtalardan biri nomaʼlum oʻzgaruvchi topilishi kerak boʻlgan joydan boʻlishi shart. Aks holda, nomaʼlumni qanday topasiz? Siz odatda ikkinchi nuqta sifatida maʼlumotlar berilgan yoki ochiq nuqtani tanlaysiz, chunki bosim atmosferaga teng ekani maʼlum Shuni esda tutingki, h suyuqlikning tanlangan nuqtadan erkin sirtigacha balandlikni anglatadi, siz nuqtani istalgan joydan tanlashingiz mumkin. Odatda balandlik h=0 sifatida ikkita nuqtadan (1 yoki 2) pastdagisini tanlash hisoblashni osonlashtiradi. \[P\] bu nuqtadagi bosimni anglatadi. Siz manometrik yoki mutlaq bosimni tanlashingiz mumkin, ammo qaysi bosimni tanlasangiz (gidrostatik yoki absolyut), tenglamaning boshqa tomonida ham shuni ishlatish kerak. Siz 1-nuqtada manometrik bosim va 2-nuqtada absolyut bosimni qoʻya olmaysiz. Xuddi shunga oʻxshab, agar 1-nuqtaga gidrostatik bosimni qoʻyib, 2-nuqtada bosimni topsangiz, siz qoʻlga kiritgan qiymat 2-nuqtadagi gidrostatik bosim oʻlchovi boʻladi (absolyut bosim emas). Bernulli tenglamasidagi va pgh hadlari xuddi kinetik energiya va potensial energiya mgh kabi faqat massa m zichlik p bilan almashtirilgan. Shu sababli Bernulli tenglamasi oqayotgan suyuqlik uchun energiyaning saqlanish qonuni qoʻllanishidan kelib chiqishi ajablanarli emas. Keyingi boʻlimda energiyaning saqlanish qonuni yordamida Bernulli tenglamasini keltirib chiqaramiz. Download 289.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling