1. Beton va temir-beton buyumlarini qoliplash. Quyma mopolit temir-beton texnologiyasiOpalubkalar


 Quyma monolit temir-beton texnologiyasi opalubkalar


Download 379.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.02.2023
Hajmi379.81 Kb.
#1192630
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy dars 1-mashg\'ulotga

2. Quyma monolit temir-beton texnologiyasi opalubkalar
“Opalubka” turli materiallardan tayyorlanadigan shakl beruvchi va shaklni tutib turuvchi xilma-
xil konstruksiyalar haqidagi termin bo‘lib, ular ishchi holiga keltirib o‘rnatilgandan so‘ng beton 
quyilib barpo etilishi talab etilgan konstruksiyalarga mos holdagi konfiguratsiya va o‘lchamlarni 
beradigan qoliplar tushuniladi. Bu konstruksiyalarni bino va inshootlar bevosita barpo etiladigan 
qurilish maydonlarida va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zavodlardagi va
poligonlardagi qoliplardan farqli ravishda quriladi. 



Opalubkalarning asosiy vazifasi bo‘lib beton qorishmasiga u qotgunga qadar zaruriy shaklni 
berish va qolipdan chiqargandan so‘ng beton talab etilgan mustahkamlikka erishishi hisoblanadi. 
Bundan tashqari opalubkada qator hollarda armaturalar, alohida ko‘shimcha metall detallar va 
boshqalar bo‘lishi mumkin.
Oplubka aksariyat hollarda beton sirtining sifatini, uning mustahkamligi va boshqa 
xususiyatlarini ham aniqlab beradi. Opalubkani betonning tez qotishi maqsadlarida ham ko‘llash 
mumkin. Bu hollarda issiqlik tutuvchi qatlamli va termoaktiv opalubkalardan foydalaniladi. Ba'zi 
turdagi opalubkalarni qo‘llash bilan beton konstruksiyalariga boshqacha xususiyatlar berish mumkin. 
Ushbu maqsadda masalan yechib olinmaydigan gidroizolyasion (suv o‘tkazmaydigan) va tashqi 
sirtida qoladigan opalubkalardan foydalaniladi. 
3. Opalubkalarning tasniflanishi 
Opalubkalarni funksional tayinlanishiga ko‘ra betonlanayotgan konstruksiyalar tipi (turi)ga 
bog‘liq holda tasniflanadi. Bu hollarda quyidagi tartibda opalubkalar turlarga ajratiladi: tik yuzani 
olish uchun (devorlarni ham inobatga olganda); gorizontal va qiya nishablikdagi yuzalarni; egri 
sirtlarni olish uchun (masalan pnevmatik); xona va turar-joylarni bir varakayiga devorlari hamda 
yopmalarini betonlashda. Devorlarni betonlash uchun quyidagi tartibda opalubkalar tayyorlanadi: 
mayda shitli va yirik shitli; ko‘tarma-ko‘chiriladigan; blok-qoliplar; blokli; sirpanuvchan. 
Orayopmalarni betonlash uchun qo‘shimcha ko‘tarib turuvchi elementlari bo‘lgan yechib-
ko‘chiriladigan opalubkalardan foydalaniladi; yirik shitli, masalan opalubka sirtlari va ko‘tarib 
to‘ruvchi elementlari panelga biriktirilgan bo‘lib, ularni butunligicha ko‘tarma kran yordamida 
ko‘chiriladigan turlari. 
Bir vaqtning o‘zida devor va orayopmalarni yoki bino qismlarini betonlash uchun hajmiy-
ko‘chma opalubkalar ishlatiladi. 
Gorizontal ko‘chiriladigan, shuningdek g‘ildiraydigan opalubkalar tik (vertikal), gorizontal va 
qiya yuzalarni shuningdek bir varakayicha devor hamda orayopmalarni betonlash maqsadlarida 
qo‘llaniladi. 
Opalubkalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarga ko‘ra ular metall, yog‘och, fanera, 
palastmass, aralash materialli va maxsus sirtli bo‘lishi mumkin. 
Ishning bajarish usullariga ko‘ra opalubkalar: ko‘chirib o‘rnatiladigan, sirpanuvchi va 
gorizontal ko‘chiriladigan turlari bo‘yicha tasniflanadilar. Qish mavsumida betonni issitish uchun 
termoaktiv opalubkalardan foydalaniladi. 
Bulardan tashqari turar-joy binolari qurilishi va monolit yupqa devorli konstruksiyalar 
xususiyatlarini inobatga olingan bo‘lsa, ularning katta sirtli moduli xarakteri tufayli ko‘p turli 
opalubkalarni alohida e'tirof etish mumkin.
Bu maqsadlarda tayyorlangan opalubkalarga masalan, devor va shiftlarning geometrik 
o‘lchamlari aniqligini va sirtning estetik ko‘rinishini yaxshilovchi yuqori bikirlik talablari qo‘yiladi. 
Mayda va yirik shitli opalubka. Mayda shitlarni aksariyat hollarda turli o‘lchamdagi 
konstruksiyalarni betonlash zarurati tug‘ilganda ko‘laniladi. O‘lchamlari takror qaytariladigan 
sirtlarni betonlashda mayda shitli opalubkalarni bir biriga tutashtirib yirik panellar shakliga 
keltiriladi. Ushbu usul bilan bir butun yoki qisman kran bilan montaj qilinadigan yirik opalubka 
bloklarini komplektlash (yig‘ish) mumkin. 
Mayda shitli opalubkalar odatda 50 kg gacha bo‘lgan kichik o‘lchamlardagi elementlardan 
tashkil topib, ularni o‘rnatish va yechish qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi. Opalubka qismlari 
sifatida 1 m
2
gacha bo‘lgan tekis elementlar, opalubkani gorizontal va qiya sirtlarini tutib turuvchi 
elementlar va tutashtiruvchi hamda mahkamlovchi elementlar xisoblanadi. yechiladigan opalubka 
elementlaridan kran yordamida montaj va demontaj kilinadigan, elementlarga ajratmasdan yirik 
panellar va bloklarni yig‘ish mumkin. 
Universal maqsadlarda tayyorlangan opalubkadan takrorlanuvchan o‘lchamlardagi, u qadar kata 
bo‘lmagan turli monolit konstruksiyalar uchun foydalaniladi. Bunday opalubkani aksariyat sanoat 
inshootlari uchun kam hajmli unifikatsiyalashmagan konstruksiyalarni betonlash uchun qo‘llash 
mumkin. 



Yirik shitli opalubka yirik o‘lchamlardagi shitlar, tutashma va birikma elementlaridan tashkil 
topadi. Opalubkaning shitlari qo‘shimcha yuk ko‘taruvchi yoki tutib turuvchi elementlarni 
o‘rnatishsiz barcha texnologik yuklanishlarni o‘ziga qabul qiladi. Bunday shitlar bikirlik elementlari 
va yuk ko‘taruvchi elementlardan iborat; ular betonlash uchun qovoza turg‘unlikni oshirish 
maqsadlarida tirganlarni o‘rnatish boshqariladigan yoki o‘rnatadigan domkratlar bilan jihozlanadi. 
Yirik shitli opalubkani o‘ta uzun bo‘lgan devorlarni, tunellarni, yopmalar (masalan, karkas 
inshootlari)ni betonlashda qo‘llaniladi. Betonlangandan so‘ng bu opalubkalar yechib olinadi. 
Ko‘tarib ko‘chiriladigan opalubkaning ko‘tarish uchun maxsus moslamalari va ilgaklari mavjud 
bo‘lib shitlardan montaj qilinadi. Maxsus moslamalar bilan ko‘tarib ko‘chirishdan avval opalubkani 
elementlarga bo‘linadi yoki ajratiladi. Mazkur opalubkani enlama o‘lchami o‘zgaruvchan bo‘lgan 
temir-beton inshootlardagi mo‘ri, gradiren va shu kabi boshqa qismlarni betonlashda qo‘llaniladi.
Gorizontal ko‘chuvchan (g‘ildiraydigan) opalubka karkas (rama) va aksariyat unga biriktirilgan 
qimirlamaydigan opalubka shitlardan tashkil topadi. Karkas aravaga yoki boshqa moslamaga 
o‘rnatiladi va qurilayotgan inshoot bo‘ylab ko‘chiriladi. Uzun tekis yoki egri shakldagi, shuningdek 
yopiq shakldagi konstruksiyalarni (tunnel, kollektor, suv uzatgich) betonlash maqsadlarida 
opalubkalarning ochiq usulda olib boriladigan turlari qo‘llaniladi. 
Blok-qoliplar, bu fazoviy yopiq bloklar bo‘lib, ajratilmaydigan va bikir (konus ko‘rinishida 
tayyorlangan) yoki ajratiladigan va siljitiladigan turlari mavjud. Ularni rostverk (qoqilgan ustun 
qoziqlar uchini birlashtiruvchi plita) tipidagi kichik hajmli yopiq konstruksiyalarni zinapoyasimon 
poydevorlarni betonlashda qo‘llaniladi. 
Hajmiy-ko‘chma opalubka P-shakldagi qolip bo‘lmalaridan tashkil topgan bo‘lib, uzunasiga 
ulanganida tunnellar hosil qiladi. Parallel o‘rnatilgan tunnel sistemasi bir-biri bilan perpendikulyar 
joylashib, planga mos konstruksiya hosil qiluvchi opalubka devor va oryopmani betonlash uchun 
xizmat qiladi. Seksiyadan opalubkani ko‘chirishda ichki qismi siqiladi va ochiq tomoniga kran bilan 
tortib olish uchun surib boriladi. Bunday opalubkalar turar-joy va fuqaro binolarini ko‘ndalang yuk 
ko‘taruvchi devor va quyma temir-beton orayopmalarni betonlashda qo‘llaniladi. 
Blokli opalubkani yopiq kesim bloklaridan yig‘iladi, opalubkani ko‘chirishda ularni ichkariga 
itariladi va kran yoki domkrat yordamida ajratib olinadi. Ularni yopiq konstruksiya yoki lift 
shaxtalari, zinapoya kataklari va boshqalarni betonlashda qo‘llaniladi. Suruluvchan opalubka 
domkrat ramasiga ishchi pol, domkrat, uzatuvchi stansiya va boshqa elementlarga mustahkamlangan 
shitlardan tashkil topadi. Butun sistemani vaqti-vaqti bilan betonlash darajasiga qarab domokratlar 
bilan ko‘tariladi. Ularni temir-beton binolarining vertikal elementlarini va juda baland inshootlarni 
betonlashda qo‘llaniladi. 

Download 379.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling