1. Beton va temir-beton buyumlarini qoliplash. Quyma mopolit temir-beton texnologiyasiOpalubkalar


Download 379.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.02.2023
Hajmi379.81 Kb.
#1192630
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy dars 1-mashg\'ulotga

Pnevmatik opalubka egiluvchan havo o‘tkazmaydigan qobiq ko‘rinishida va inshoot turiga mos 
bichimli bo‘ladi. Uni ishchi holatga keltirish maqsadida avval betonni quyib yoki beton quyilmasdan 
oldin katta bosimli havo yoki gaz bilan to‘ldirib ko‘tariladi. Shuningdek tutib turuvchi yoki ushlovchi 
va ko‘taruvchi opalubka elementli pnevmatik ballonlar qo‘llaniladi. Qiyshiq chiziqli katta bo‘lmagan 
hajmdagi inshootlarni betonlash uchun shunday opalubkalardan foydalaniladi. 
Termoaktiv opalubka – bunday turdagi har qanday opalubka sistemalarida ularga o‘rnatilgan 
betonni qizdiruvchi elementi bo‘ladi. 
Olinmaydigan opalubka. Uning eementlari konsturksiya ichkarisida betonlangandan keyin 
qoladi va qator gidroizolyasiya, tashqi sirt, issiqlik tutish kabi funksiyalarni bajaradi. Bunday 
opalubkalarni tayyorlashda turli materiallardan xususan, matosimon to‘r, metall, plastmassa, 
armotsement, steklotsement, temir-betondan foydalaniladi. 
Maxsus opalubkalar noan'anaviy, kam uchraydigan yoki katta bo‘lmagan hajmli maxsus yuzali 
murakkab konsturksiyalarda, masalan, zinapoya marshi, karnizlar, kichik arxitektura qoliplari, 
interer bezagini betonlash uchun xizmat qiladi. 
Tunnel opalubkalari tunnelning ichki qismidagi quyma temir-beton sirtini betonlash uchun 
foydalaniladi va u yopiq usuldagi qoliplovchi va tutib turuvchi seksiyalar bilan xarakterlanadi. U 
gidravlik uzatma yoki mexanik mexanizmi yordamida suriladi. Beton qorishmasi qoliplovchi 
seksiyaga uzatiladi va preslovchi mexanizm yordamida zichlanadi. Opalubka qotgan betonga tiranib 



suriladi. Qotib ulgurmagan betonni buzilishini kamaytirish maqsadida tutib turuvchi seksiyalarni 
odatda egiluvchan elementlardan yasalib, ularni shakl beruvchi qattiq seksiya bilan bog‘lanadi.
Betonning kompozitsion material sifatida xossalarining turli-tumanligi maxsus betonlarda 
namoyon bo‘ladi. Bunday betonlar alohida yuqori mustahkamligi, yuqori zichligi, tez qotuvchanligi, 
kislotabardoshli-gi, issiqbardoshligi va boshqa tavsiflari bilan farqlanadi. SHu sababli maxsus 
betonlar o‘zining ulkan imkoniyatlari tufayli, ularni asosiy konstruksion material sifatida ishlatish 
sohasi kengayib bormoqda. 
Maxsus betonlar olish uchun alohida maxsus bog‘lovchilar va to‘ldiruvchi-lar, maxsus 
kimyoviy qo‘shilma-modifikatorlar ishlatiladi. SHuningdek, beton qorishmasini tayyorlashning 
maxsus uslublari va texnologik usullari qo‘llaniladi. 

Download 379.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling