1. Beton va temirbeton texnologiyasi faniga kirish
Download 71.46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi
- Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda beton va temir-beton zamonaviy qurilishning asosi ekanligi, beton turlari va ularning fizik-mexanik xususiyatlari, beton qorishmasi, ularning turi va xususiyatlari, beton tarkibini tanlash usullari,
g’ovak to’ldiruvchili yengil betonlar hamda betonning xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar, beton va temir-beton texnologiyasi, texnologik jarayonni tashkil qilishning umumiy asoslari, umumiy tushunchalar, armaturaning klassifikatsiyasi, temir-beton buyumlarini qoliplash, beton korroziya turlari; shlak-ishqorli bog’lovchilar xususiyatlarini bilgan holda, beton qorishmalarini tayyorlash va joylash, ishqorli-shlak bog’lovchilarning xususiyatlari va zamonaviy texnologiyalarini yaratish bo’yicha ushbu fan o’qitiladigan bakalavr ta’lim yo’nalishlari profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga beton va temir-beton buyum va konstruksiyalarini tayyorlash, texnologik jarayonni optimal variantini tanlash, iqtisodiy asoslash, beton va temir-beton texnologiyasi, beton va temir-beton konstruksiyalarni chidamliligini oshirish, yig’ma temir-beton ishlab chiqarishni asosiy prinsiplari, buyum tayyorlash texnologiyasi, hamda ma’lum sharoitlar uchun ulardan munosiblarini tanlab hisoblashga; yangi turdagi bog’lovchilar - shlak ishqorli bog’lovchi moddalarni bilish, ishqorli komponentlar va shlak ishqorli bog’lovchilarning asosiy xususiyatlari, bog’lovchi materiallarning qotish jarayonlarini, shlak-ishqorli betonlarning chiqindisiz texnologiyasini o’rgatishdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar.“Beton va temir-beton buyumlarining texnologiyasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - beton turlari va ularning fizik-mexanik xususiyatlari; beton xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar, beton qorishmasi va beton tarkibini tanlash usullarini;shlak ishqorli bog’lovchi moddalarni ishlab chiqarishni; shlak ishqorli bog’lovchi moddalarning xossalarini va shlak ishqorli bog’lovchi moddalardan beton tayyorlashni bilishi kerak; - talaba beton va temir-beton buyum hamda konstruksiyalarini tayyorlashni, texnologik jarayonining optimal variantini tanlash; iqtisodiy asoslash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni qo’yish va yechish; shlak ishqorli bog’lovchilar asosida beton tayyorlash, shlak ishqorli betonlar uchun to’ldirgichlardan foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni o’rganish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak; -talaba beton temir-beton buyum konstruksiyalarini iqtisodiy asoslash; beton va temir-beton konstruksiyalarini tayyorlash, qurilish buyumlarini tayyorlash, texnologik jarayonni optimal variantini tanlash va iqtisodiy asoslash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni qo’yish hamda yechimi bo’yicha malakalarga ega bo’lishi kerak. Mamlakatimiz olimlari va injenerlari tomonidan beton haqidagi limning rivojlantirilishi, yig’ma temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish va o’llashni takomillashtirilishi, sifatini yaxshilanishi hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qo’llanilishi; bu masalalarni hal qilishda beton texnologiyasini takomillashtirish, uning xossalarini yaxshilash, yangi samaradorligi yuqori bo’lgan betonlarni tayyorlash, tadbiq etish, asosan yengil, yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan, ximik qo’shilmali betonlar olish, mahsulotni sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, ularni betonshunoslik asoslari, temir-beton konstruksiyalarining ishlab chiqarish hamda texnologik hisoblar asoslari bilan chuqur tanishtirishni, temir-beton zavodlarida yig’ma temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi asosini; shlak ishqorli bog’lovchilar asosida olinadigan betonlar, beton va temir- beton buyumlarini ishlab chiqarish, ularni qo’llashni hamda olib borilgan tadqiqotlarga asosan shlak ishqorli bog’lovchilarni olishda donador shlaklardan foydalanishni tashkil etadi. O’quv qo’llanmada beton ishlarini bajarish texnologiyasining yutuqlari umumlashtirilgan. Beton tayyorlash ishlaridan boshlab sifatli beton konstruksiya olingunga qadar bajariladigan barcha ishlar yagona kompleks jarayon sifatida ko’rib chiqiladi. Kapital qurilishda material resurslarining umumiy narxini 25%ga yaqini beton va temir-beton konstruksiyalariga to’g’ri keladi. Bu boshqa qurilish konstruksiyalarining narhi va hajmidan ancha yuqoridir. Beton va temir-beton o’zining fizik-mexanik hususiyatlari, chidamliligi va ishlab chiqarishda texnik- iqtisodiy samaradorligi hamda hom ashyo resurslarining yetarli darajada ekanligi bilan hozir va kelajakda kapital qurilishda eng yuqori potensialga ega bo’lgan qurilish materiali bo’lib qoladi. Yig’ma temir-beton sanoati eski korxonalarni qayta ta’mirlash va yangi zamonaviy samarador korxonalarni loyihalash, korxonalarda yuqori sifatli ko’p miqdorda mahsulotlarni ritmik tayyorlashni tashkil qilish bo’yicha korxona bo’limlarida muvoffaqqiyatli rahbarlikni amalga oshiradigan mutaxassis kadrlarga muhtoj. Yig’ma temir-betonni rivojlanishiga sement, metallurgiya, mashinasozlik sanoatlarini rivojlanishi sabab bo’ldi, hamda uning texnologiyasini rivojlanishini sement va betonlar haqida fanga mustahkam ilmiy asoslangan. Download 71.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling