1. Bevosita xarajatlar hisobi Bоshqаruv hisоbidа byudjеtlаshtirish
Download 29.29 Kb.
|
оралик назорат
Byudjet (smeta) — bu ma’lum davrga qadar tayyorlangan va qabul qilingan, odatda erishish lozim bo’lgan daromadning yoki shu davr ichida qilinishi lozim bo’lgan sarf-xarajatlarning hamda ushbu maqsadga erishish uchun jalb etish zarur bo’lgan kapitalning rejalashtirilgan miqdorini pul bilan ifodalangan miqdoriy rejasidir.
Tafsillashtirilgan byudjetlar ko’pincha kelgusi cheklangan davrga, odatda uzog’i bilan bir yilga tuzilib, ancha qisqa davrlarga: uch oy, bir oy yoki to’rt xaftalik davrlarga bo’linadi. Qisqa boshqaruvni nazorat qilish maqsadida qisqa muddatli davrga reja tuziladi. Nazorat davri oxirida joriy faoliyatni tahlil qilish va baholash uchun haqiqiy ma’lumotlar byudjetdagi ma’lumotlarga solishtiriladi. Shu munosabat bilan turli oylardagi kunlar sonidagi tafovut bo’lmasligi uchun bir oylik davrni emas, balki to’rt haftalik davrni qiyoslash afzaldir. Kunlar miqdoridagi farq qiyoslash chog’ida ma’lum qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Amalda yillik byudjet ko’p hollarda yilning choraklari bo’yicha ishlab chiqiladi va faqat birinchi chorak oylar bo’yicha tafsillashtiriladi. Byudjetlar yil davomida vaziyatni hisobga olib o’zgartirilishi mumkin. Uzluksiz yoki davomli byudjetlar keng qo’llaniladi. Ularning mohiyati shundaki, oy yoki yil choragi tugallangan sari byudjetga navbatdagi tafsillashtirilgan byudjet qo’shiladi va shu tariqa uzluksiz ichki yillik rejalash ta’minlanadi. Umuman, byudjetni ishlab chiqishning davriyligi rejalashtiriladigan ma’lumotlar hajmiga va muayyan korxonaning ehtiyojiga qarab belgilanadi. Yangi mahsulot ishlab chiqarish, yangi texnika va yangi texnologiyani joriy etish kabi muhim o’zgarishlar bo’lgan qo’shimcha kapital sarflashni talab qiladigan hollarda byudjetlar besh yilga va undan ko’proq davrga tuziladi. Tobora ko’payib boradigan miqdordan byudjetda uzoq muddatli rejalashtirish vositasi sifatida foydalaniladi. Download 29.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling