1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi


muhit omillarining organmizmga tasir etish shakillari


Download 141.67 Kb.
bet13/95
Sana16.06.2023
Hajmi141.67 Kb.
#1501439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95
Bog'liq
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi

2.muhit omillarining organmizmga tasir etish shakillari
Muhit omillari hayvon organizmiga bir necha yo’llar bilan ta’sir ko’rsatadi. Ushbu ta’sir yo’llarining uch shakli, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri (bevosita), reflektor va bilvosita shakllari farq qilinadi. 1. Omilning organizmga bevosita ta’siri va uni qabul qilishi fizikaviy va kimyoviy qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Organizm tashqi ta’sirni har qanday o’lik tanacha sifatida qabul qiladi. Bunday reaksiyalar juda oddiy va keng tarqalgan. Masalan, atrof-muhit haroratining ko’tarilishi bilan organizm sirtidagi ayrim qismlarning harorati ko’tariladi. Agarda organizmdagi termoregulyasiya jarayonlari ushbu o’zgarishga aralashmasa, hayvon organizmining hamma joyida haroratning ko’tarilishi sodir bo’ladi. Xuddi shuningdek, atrof-muhit namligining ko’tarilishi organizmdan kam nam chiqishiga sabab bo’ladi yoki tana orqali quyosh radiasiyasining singgishi, unda nafaqat haroratning ko’tarilishi, balki yana biokimyoviy jarayonlarning tezligi va yo’nalishini o’zgartiradi. Ushbu o’zgarishlar nerv sistemasining aralashuvisiz amalga oshadi. Bunday paytda tashqi omil ta’siri uni qabul qiluvchi tananing strukturasiga bog’liq emas va shunga binoan organizm reaksiyasi passiv xarakterda bo’ladi. Tashqi ta’sirlarni passiv holda qabul qilish xususiyati organizmda maxsus boshqaruv mexanizmlarining bo’lmasligidan dalolat beradi. Moddalar almashinuvi jarayonining shiddat bilan ko’tarilishi hayvonlarning tarixiy rivojlanishida termoregulyatsiya, osmoregulyatsiya va boshqa moslanishlarni paydo qiladiki, bu xususiyatlar organizmni atrof-muhitga passiv ravishda qaram bo’lishini kamaytiradi hamda muhit bilan o’zaro munosabatini o’zgartiradi. Tashqi muhit bilan o’zaro aloqani mustahkamlashda nerv sistemasining roli katta bo’ladi. Retseptorlar yordamida tashqi ta’sirlarni qabul qilish, uni maxsus markazlarda tahlil qilish, javobni harakatlantiruvchi organlarga olib borish va ta’sirga javob reaksiyasini yuzaga keltirish. Shu yo’sinda organizm atrof-muhit bilan o’z aloqasini mustahkamlaydi. Natijada u ancha faollashadi va o’zini ancha qulay his eta boshlaydi. Umuman, turli omillarning ta’sirlariga javob reaksiyasining murakkablashuvi organizmda nerv sistemasining murakkablashuviga sabab bo’ladi. Bu esa o’z navbatida qon aylanish, harakatlanish, tashqi himoya qoplag’ichlarining tuzilishi va funksiyalarida yangi xususiyatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu xususiyatlar issiq qonli hayvonlarning paydo bo’lishi va ularda oliy nerv faoliyatining yuzaga kelishi bilan ifodalanadi. Shartsiz reflekslar asosida hosil bo’lgan tashqi muhit bilan vaqtinchalik bog’lanishlar organizmning ichki jarayonlarini ham ma’lum bir o’zgaruvchan tashqi omillarga moslanishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida organizmning muhitdan keng foydalanish imkoniyatlarini paydo bo’lishiga olib keladi. Masalan, hayvonlarda mavsumiy biologik o’zgarishlar, jumladan, organizmda zahira mahsulotlarning to’planishi (semirish), oziqani qishga to’plash, migrasiya, uyqu, ko’payish, yakka hayot kechirish tarzidan gruppa bo’lib yashashga o’tish va aksincha holatlar misol bo’la oladi.Turli mavsumlarda kunning turli uzunlikda bo’lishi tashqi signal - omil, harorat, oziqaning paydo bo’lishi yoki tugashi kabilarni hayvonlar analizator retseptorlari tomonidan qabul qilinadi. Ushbu informatsiya nerv markazlarida qayta ishlanib, endokrin sistemaga yuboriladi va organizmning umumiy reaksiyasi paydo bo’ladi. Oqibatda, moddalar almashinuvi o’zgarib zahira mahsulotlarning sarf bo’lishi yoki to’planishi boshlanadi, mavsumiy gavda qoplag’ichlarining almashinishi, ko’payishning boshlanishi yoki to’xtashi, migrasiya, uyqu va boshqa bir qator mavsumiy o’zgarishlar amalga oshadi.

Download 141.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling