1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi


- bilet 1.Passiv, parazitlik va faol oziqlanish


Download 141.67 Kb.
bet87/95
Sana16.06.2023
Hajmi141.67 Kb.
#1501439
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   95
Bog'liq
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi

37- bilet
1.Passiv, parazitlik va faol oziqlanish.
Umuman, hayvonlarda mavjud bo’lgan turli-tuman oziqa topish usullarini asosan 3 tipga (usulga) ajratish mumkin.1. Passiv oziqlanish. Ushbu turdagi oziqlanish o’troq yoki kam harakat hayot kechiruvchi hayvonlar uchun xos. U past taraqqiy etgan suv hayvonlari (g’ovaktanlilar, kovakichlilar, o’troq yashovchi qisqichbaqasimonlar, ayrim chuvalchanglar, ninatanlilar, lansetnik va boshqalar) orasida tarqalgan. Bunday hayvonlar tanasida moddalar almashinuvi ancha sust boradi va ular oziqani kam qabul qiladi hamda tashqariga ajratish ham ancha past darajadadir.Passiv oziqlanish shundan iboratki, asosan, tabiiy va sun’iy ravishda hosil qilingan suv oqimi bilan keluvchi oziqa zarralarini ushlab qolishdan iborat. Hayvon atrofida sun’iy hosil qilingan suv harakati shu hayvonning paypaslagichlari, epiteliy hujayralari yuzasidagi hilpillovchi kiprikchalar va boshqa bir qator moslanmalarning harakati tufayli sodir qilinadi. Ba’zi hayvonlarda o’zlarining juda mayda (kattaligi, 0,004 mikron) teshikli turlari orqali hatto kolloid holdagi moddalarni ham o’tkazadi. Bunday filtrlovchi to’rchalarning o’tkazish intensivligi juda katta bo’ladi. Masalan, 3-4 sm kattalikdagi midiya (Mytilus) bir soatda 1000 sm3suvni filtrlaydi yoki gavda balandligi 7 sm ga teng bo’lgan Leuconia bulutsimoni bir sutkada 22 litr suvni filtrlab o’tkazadi. Bunday filtrator hayvonlar iflos suvni biologik usulda tozalovchilar rolini bajarishda ham katta ahamiyatga ega.2. Parazitlik bilan oziqlanish. Bir ko’rinishda passiv oziqlanish usuliga o’xshash, lekin avval oziq topish uchun parazit xo’jayin tanasiga kirib olishi yoki uning tashqi organlariga joylashib olishi kerak. Xo’jayin tanasi hisobidan oziqani olish uchun parazit ko’p kuch sarf qilishi shart emas, shuningdek olgan oziqasini qayta ishlashga kuch sarf ham qilishi shart emas, balki u xohlagancha tayyor oziqani oladi.Parazitning osongina oziqani olishi, qayta ishlash uchun ehtiyojning yo’qligi tufayli uning tuzilishini oddiylashuviga, ba’zan esa ovqat hazm qilish sistemasining reduksiyalanishiga olib keladi. 3. faol oziqlanish. Ushbu turdagi oziqlanish ko’pgina hayvonlar uchun xos. Bunday oziqlanish hayvonlardan oziqani topish uchun kattagina kuch talab etadi

Download 141.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling