1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi


Turli guruh hayvonlar tanasida suvning miqdori va uning ahamiyati


Download 141.67 Kb.
bet85/95
Sana16.06.2023
Hajmi141.67 Kb.
#1501439
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95
Bog'liq
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi

2. Turli guruh hayvonlar tanasida suvning miqdori va uning ahamiyati
Tirik organizmlar dastlab suvda paydo bo’lgan. Shunga binoan gidrobiont organizmning tuzilishi, fiziologik xususiyatlari va moddalar almashinuvi suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan bog’liq. Suv va quruqlik organizmlarida mavjud bo’lgan suv, unda biokimyoviy jarayonlarning borishi uchun asosiy muhit bo’lib hisoblanadi.Hayvonlar tanasidagi suyuq to’qima (qon, bo’shliq ichi suyuqligi)ning osmotik bosimi va ionli holati protoplazma tarkibidagi suv va erigan tuzlarmiqdoriga bog’liq bo’ladi. Oziqa mahsulotlari va dissimilyasiya moddalari suyuq holda suv bilan barcha organ va to’qimalarga olib boriladi. Turli hayvonlarning organizmidagi suv miqdori - 46% dan 92% gacha bo’ladi.Masalan mollyuskalarda 80-92%, daryo qisqichbaqasida 77%, lansetnikda-87%, itbaliqda - 93%, meduzada - 95%-ga teng.Organizm bilan tashqi muhit orasida doimo suv va unda erigan holdagi lmoddalar almashinuvi bo’lib turadi. Agarda organizmdagi suv miqdori zaruriymiqdordan kamaysa, hayvon karaxt (uyqu) holga tushadi.Bordi-yu kamayishdavom etsa, halok bo’lishi mumkin.Organizmning suv yo’qotishi och qolishdan og’ir hisoblanadi. Agar organizm och qolishi natijasida og’irligining 40% ni yo’qotsa ham o’lmaydi. Bordiyu organizmdagi suv 20% ga kamaysa u halok bo’ladi.Organizmlar o’z tanasidagi suv va tuzlarni turli yo’llar bilan hosil qiladi, ya’ni birinchidan, ichimlik suvi orqali, oziq-ovqat tarkibidagi suv va mineral moddalar, organizmda metabolizm jarayonida hosil bo’lgan suvlar kabi. Bundan tashqari suv hayvonlari gavda qoplag’ichlari orqali, ko’pgina hayvonlar atmosfera tarkibidagi namlikni adsorbsiya qilish orqali ham ma’lum miqdordagi suvni o’zlariga qabul qiladi. Organizmdagi ortiqcha suv va tuzlar tashqi muhitga nafas organlari orqali bug’lantirilib, teri, ter bezlari va maxsus ekspretor organlari yordamida chiqarib turadi.Suv hayvonlarida suv-tuz almashinuvi. Hayvon organizmi uchun zarur bo’lgan barcha elementlar suvda mavjud bo’ladi. Ushbu elementlarni hayvonlar suv o’simliklarini iste’mol qilish orqali va qisman osmos yo’li bilan qabul qiladi. Ayrim birikmalar gidrobiontlar tanasida to’planib boradi. Masalan, chuchuk suv hayvonlari tanasida dengiz hayvonlarinikiga nisbatan fosfor, kremniy va rux ming barobar, oltingugurt, temir, mis va yod yuz barobar, kaliy, mishyak, bor va ftor o’n barobar ko’p to’planadi. Kremniy birikmalariga hayvonlar va g’ovaktanlilar boy bo’ladi. Ular skeletining tarkibida kremniy moddasi 88% gacha bo’lishi mumkin. Kalsiy birikmalariga (ko’pincha ohakli) ildizoyoqlilar, ko’pgina mollyuskalar, mshankalar va marjonpoliplar boy bo’ladi. Yod birikmalariga g’ovaktanlilar, ayrim marjonpoliplar boy bo’ladi. Suv hayvonlari tanasida moddalar almashinuvining normal o’tishi uchun osmotik bosimni va eritmalarning ion holatini tartibga solib turish mexanizmi mavjud. Tuzlar almashinuvi xarakteriga binoan suv hayvonlarining ikki guruhi farq qilinadi.

Download 141.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling