1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi


-bilet 1. Yer sayyorasida tirik organizmlarning tarqalish chegaralari


Download 141.67 Kb.
bet67/95
Sana16.06.2023
Hajmi141.67 Kb.
#1501439
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95
Bog'liq
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi

29-bilet
1. Yer sayyorasida tirik organizmlarning tarqalish chegaralari.
Biosfera. Yer sayyorasining tashqi qismlari (atmosfera, gidrosfera, litosfera) da tarqalgan va uning dastlabki holatini o’zgartirgan tirik organizmlar yashovchi qobig’i biosfera deyiladi. Biosfera havo qobig’inining pastki troposfera qismini, deyarli butun gidrosferani va litosferaning ustki qismini o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda Yerda hayotning paydo bo’lganiga qariyb 2-2,5 mlrd yil bo’lgan deb hisoblashadi. Yerning suv va quruqlik qismlari o’z organizmlariga ega bo’lsa, faqat havoda hayot kechiruvchi hamda litosfera va gidrosfera bilan bog’lanmagan organizmlar umuman yo’q. Lekin shunday bo’lsa ham ayrim tirik organizmlarning vakillari havoda ma’lum vaqt davomida aktiv yoki passiv holda hayot kechirishi mumkin. Lekin ular oqibatda yer betiga yoki suvga oziqlanish uchun (dam olish va hokazolar) tushishga majburdir. Litosferaning 2-3 km chuqurligida joylashgan neft konlaridagi suvda mikroorganizmlar topilgan. Ko’p yillik daraxtlarning ildiz sistemasi 8-10 m. chuqurlikka yetib boradi. Ayrim kemiruvchilar (yumronqoziq va sug’ur)ning inlari 6-7 m. chuqurlikkacha tushib boradi. Termitlarniki 5-6 m, tuproq nematodalari 8 metrgacha tushib boradi. Lekin aksariyat organizmlarning turlari, asosan 1 m. gacha chuqurlikda joylashgan. Tirik organizmlarning ayrim turlari gidrosferaning maksimal chuqurligida (11 km) yashashga moslashgan. Masalan, pogonoforalar bunga misol bo’ladi. Ushbu hayvonlar 1951-56 yillarda tinch okeanining Tuskaror pastligida tashkil qilingan ekspedisiya (Zenkevich) tufayli topilgan. Gidrosferaning ancha chuqur qatlamlarida ko’pincha o’limtikxo’r, chirindixo’r (detritofag) va yirtqich organizmlar uchraydi.Suv o’simliklari va fitofag suv hayvonlarining aksariyati, asosan, 300-500 metr chuqurlikkacha tushib boradi. Lekin ayrim kuchli sho’rlangan (23-32% li tuzli) suv havzalarida organizmlar uchramaydi. Masalan, Armanistondagi tuz ko’li (32% tuz) suvida tirik organizmlar yashamaydi. Shuningdek, vodorod sulfid (H2S), karbonat angidrid (SO2) va boshqa zaharli moddalar bilan zaharlangan suvlarda ham tirik organizmlar (Microspira bakteriyasidan tashqari) deyarli uchramaydi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, tirik organizmlarning asosiy ko’pchiligi uchta qatlam, ya’ni atmosfera, gidrosfera va litosferalar birbiriga tegib turadigan joyda uchraydi

Download 141.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling