1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi


- bilet 1. Individlar ekologiyasi, populyasiyatlar ekologiyasi va uyushmalar (biosenozlar) ekologiyasining o’rganadigan obyektlari


Download 141.67 Kb.
bet64/95
Sana16.06.2023
Hajmi141.67 Kb.
#1501439
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95
Bog'liq
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi

28- bilet
1. Individlar ekologiyasi, populyasiyatlar ekologiyasi va uyushmalar (biosenozlar) ekologiyasining o’rganadigan obyektlari.
Har xil turlarning individlari tashqi muhit omillariga turlicha munosabatda bo’ladi.Ushbu munosabatlar asosida tashqi muhit ta’surotlariga organizmlarning morfo-fiziologik reaksiyalari turadi.Bunday reaksiyalar hayvonlarda mavjud bo’lgan reflekslar (reflektor yoyi) orqali namoyon bo’ladi. Organizm atrofmuhitning turli-tuman omillari ta’sirida hosil qilgan javob reaksiyalarini o’rganish ekologik tadqiqotning eng dastlabki bosqichi hisoblanadi, chunki ushbu tadqiqot tufayli har xil turlarga mansub bo’lgan individlarning ta’sir etuvchi ma’lum bir omilga nisbatan munosabatini o’rganish va aniqlash imkoniyatini beradi.Ikkinchi bo’lim populyatsiyalar ekologiyasi hisoblanib, ma’lum bir turning tabiiy holda shakllangan va ma’lum bir arealni egallagan individlar to’plamidan iborat tabiiy guruh hisoblanuvchi populyatsiyalarning shakllanish sharoiti, strukturasi (tarkibi) va dinamikasini o’rganadi.Populyatsiyalar ekologiyasi bo’limi yana turning populyasiyalari asosida tur ichidagi munosabatlar hamda uning biologik ahamiyatini ham tahlil qiladi. Hayvonlar ekologiyasining uchinchi bo’limi uyushmalar ekologiyasi yoki biosenologiya deyilib, ma’lum bir yashash joyidagi (biotop) turli-tuman tirik organizmlarning populyatsiyalarini hosil qilgan jamoalari (biosenoz)ni o’rganadi. Shunga binoan, biosenologiyaning ob’yekti hayvon va o’simliklarning turli-tuman turlarini hosil qilgan populyatsiyalari orasidagi munosabatlarini o’rganar ekan, ushbu bo’lim hayvonlar ekologiyasi fanini o’simliklar va mikroorganizmlar ekologiyalari fanlari bilan chambarchas bog’laydi. Biosenologiya yoki biosenozlar ekologiyasining eng asosiy predmeti quyidagilardan iborat, ya’ni:a) turlar orasidagi munosabatlarning shakllari: o’simlik va hayvon turlari orasidagi munosabat, parazit va uning xo’jayini, raqobatchilar orasidagi munosabat, kommensallar, ijarachi va boshpana beruvchi organizm hamda boshqa ko’rinishdagi simbiontlar orasidagi munosabatlarning kelib chiqishi hamda uning ahamiyati;b) turlar orasidagi munosabatlar asosida shakllangan jamoaning tuzilishi (strukturasi), chegarasi va turlarning bir-biriga bog’liqligi;v) biosenozdagi turlar jamoasining atrof-muhit omillari bilan bog’liqligi va ularning dinamikasi kabilar.Hayvonlar ekologiyasi fani aytib o’tilgan 3 bo’limdan tashqari yana bir qator xususiy fanlar (bo’limlar)ga ham ajraladi. Masalan, suv hayvonlari ekologiyasi, quruqlik hayvonlari ekologiyasi, parazit hayvonlar ekologiyasi va hokazolar

Download 141.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling