1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi
- bilet 1. Biogeotsenozlarning tarkibiy qismlari
Download 141.67 Kb.
|
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi
38- bilet
1. Biogeotsenozlarning tarkibiy qismlari Yerda hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlar birga yagona bo’lib hayot kechiradi. Agar ularning ma’lum qismi yoki populyasiyasi bir hududda, uchastkada, boshqa bir necha turlarning populyasiya yoki vakillari bilan biosenoz hosil qilsa ular o’zaro, bir-biri bilan bevosita yaqin aloqada bo’lishadi. Bordi-yu, ularning hudud yoki uchastkalari boshqa-boshqa, uzoqroq bo’lsa o’zaro bog’liqlik kuchsizroq va bilvosita bo’ladi. Umuman populyasiyalar orasidagi bog’liqlik darajasi va xarakteri shu turning xususiyatlari, egallagan hududlarining yaqin yoki uzoqligiga bog’liq bo’ladi.Har bir biosenoz yaruslar ko’rinishida tuzilgan. Har bir yarus- sinuziy deyiladi. Sinuziy - bu uyushmaning ma’lum bir joyini egallab turuvchi, turning ekologik jihatdan o’xshash guruhchalar to’plami hisoblanadi.Hudud bilan bog’lanmagan eng kichik uyushmalar ma’lum xo’jayinda yoki uning biron-bir organida yashovchi parazitlar yig’indisi (parazitosenoz) ko’rinishida bo’ladi.Xuddi shuningdek, bir tub o’simlik (daraxt) tanasidagi mikroorganizmlar va hayvonlar yig’indisi ham shunday xarakterdagi uyushmadir. G’or, daraxtlarning kovagi, bitta in, yoki suvga botib turgan biron-bir jism (narsa)ga yopishgan turli-tuman organizmlar mikrobiotoplar hisoblanadi. Bunday mikrobiotopdagi organizmlar navbatdagi yarusni tashkil etadi. Alohida yaruslarda yashovchi organizmlar uyushmasi sinuziy deyiladi. Sinuziydagi har xil turlar boshqa yarusdagi organizmlarga nisbatan o’zaro juda yaqin munosabatda bo’ladi. Bunday o’zaro yaqin munosabatni tuproqni egallovchi o’simlik va hayvonlar orasida mavjud. Xuddi shuningdek, yo’sinlar yarusi, o’tsimon o’simliklar yarusi, butalar yarusi, daraxtsimon o’simliklar yarusi va hokazolar.Suv muhitida ham bir necha yaruslar farq qilinadi, ya’ni suv tubi (yeri) yarusi tashkil etuvchi organizmlar (infauna), suv yuzasi organizmlari yarusi (epifauna), suv osti qismi organizmlar yarusi va suvning butun qalinligida yashovchi organizmlar yarusi (nekton, plankton) va hokazolar.Biosenoz (uyushma)larning asosi turlararo munosabatlar hisoblanadi. Ushbu munosabatlar tur ichidagi, hatto bitta organizmdagi organ va qismlar orasidagi munosabatlardan farq qiladi. Farq shundaki uyushmadagi har xil turlarning populyatsiyalari mustaqil bo’ladi va ularning hayoti faqat ayrim hollardagina (masalan, monofaglarda) shu uyushmada mavjud bo’lgan boshqa turga bog’liq bo’lishi mumkin. Lekin aksariyat hollarda turlar orasidagi bog’liqlikning hech qanday zarurati bo’lmay qoladi Download 141.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling