1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari


Download 246.8 Kb.
bet1/20
Sana06.05.2023
Hajmi246.8 Kb.
#1433400
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
nazariya umumiy javoblar


Iqtisodiyot nazariyasi
1-bilet
1. Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari Iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq jarayonlar bo‘lsada, ular bir-biridan mazmunan farq qiladi. Iqtisodiy taraqqiyot uzoq muddatli va keng qamrovli jarayon bo‘lib, kengaygan takror ishlab chiqarishga asoslangan holda ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlarning o‘zaro ziddiyatda va ta’sirda bo‘lib, to‘xtovsiz rivojlanishida o‘z aksini topadi. iqtisodiy taraqqiyot iqtisodiyotning ma’lum bir tomonga ya’ni pastdan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka tomon yo‘naltirilgan to‘htovsiz sodir bo‘ladigan to‘lqinsimon harakatidir. Iqtisodiy taraqqiyot ko‘p qirrali bo‘lganligi uchun u ko‘pgina ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Ularning asosiylari: 1. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning (mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishchi kuchi) rivojlanish darajasi mehnatning energiya yangi texnika va texnologiya bilan qurollanish darajalari bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkichlarning qanchalik rivojlanganligi ishlab chiqarish omillari: mehnat, kapital, yer unumdorligi ko‘rsatkichlarining o‘sishida o‘z ifodasini topadi; 2. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash jarayonlarining borishi; 3. Fan texnika va texnologiyalar taraqqiyoti, raqamli iqtisodiyot tizimlaridan unumli foydalanish va mamlakat iqtisodiy quvvatining yuksalishi; 4. Iqtisodiy munosabatlarning rivojlanib, shu davrdagi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi va sifatiga mos kelishi va ular rivojlanishini rag‘batlantirish darajasi. (Bunda mulkchilik ayirboshlash, taqsimot, iste’mol munosabatlarining rivojlanganlik darajasi); 5. Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari: YaIM va milliy daromad hajmining alohida olingan yillar bo‘yicha o‘sishi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdorining o‘sishi; 6. Iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanib ortiqcha (talabdan oshiq) ishlab chiqarish, behuda sarf harajatlarning, oxir oqibatda inqirozlarning oldini olish darajasiga; 7. Inson hayoti farovonligining miqdor va sifat jihatdan o‘sish darajalari;
8. Kapital, jamg‘arish va investitsiyalarning o‘sishi; 9. Qo‘shimcha maxsulot miqdorining ko‘payib boorish. qtisodiy taraqqiyot uzoq muddat davomida unda sodir bo‘layotgan hamma o‘zgarishlarni, raqamlar bilan ifodalab bo‘lmaydigan jihatlarni ham qamrab oladi. Iqtisodiy taraqqiyot ikki yo‘l bilan, revolyusion va evolyusion yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Revolyusion yo‘l birdaniga katta to‘ntarishlar, keskin burilishlar yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Lekin bu yo‘l xatarli bo‘lib, ko‘plab ijtimoiy to‘qnashuvlarga, talofatlarga, yo‘qotishlarga, ishsizlik, inflyatsiya darajalarining oshib ketishi kabi noxush hodisalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bizning mamlakatimizda iqtisodiy taraqqiyotning har tomonlama o‘ylangan evolyusion yo‘li tanlandi. Iqtisodiy taraqqiyot juda ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, turli xil yo‘nalishlarda va shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

Download 246.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling