1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari


Kreditning mazmuni va turlari


Download 246.8 Kb.
bet7/20
Sana06.05.2023
Hajmi246.8 Kb.
#1433400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
nazariya umumiy javoblar

3. Kreditning mazmuni va turlari Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi. Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat: 1) korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; 2) mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; 3) korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari; 4) korxonalar foydasi. 5) bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; 6) aholining bo‘sh pul mablag‘la. Kreditning bir qator vazifalari mavjud. Birinchidan, kredit qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. kredit naqd pullar o‘rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan muomala xarajatlarini tejash vazifasini bajaradi. To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Beshinchidan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati ustidan nazorat qilish vazifasini bajaradi. Bank krediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori)ga pul ssudalari shaklida beriluvchi kredit. Xo‘jaliklararo kredit – bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriluvchi kredit. Tijorat krediti – korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir-biriga beradigan krediti. Tijorat krediti, avvalo, to‘lovni kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida beriladi. Iste’mol krediti – xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat foydalanadigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladigan kredit. poteka krediti – ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi kredit. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. Davlat krediti – davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib chiqadigan kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli. Xalqaro kredit – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli. Lizing – bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Faktoring – boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari. Forfeyting – faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o‘tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi. Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalar majmui.

1.Raqamli iqtisodiyotga oʻtish iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashning muhim yoʻnalishi.Oʻz. Rеs. Prеzidеnti 2018 yil 28 dеkabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Raqamli iqtisodiyot milliy


kontsеptsiyasi”ni ishlab chiqishimiz kеrak degan. Shu asosda “Raqamli Oʻzbеkiston- 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi 1995-yili Massachusеts univеrsitеti olimi Nikolas Nеgropontе tomonidan qoʻllanilgan. Raqamli iqtisodiyotni tushunishimiz uchun dastlab raqamlashtirishning mohiyatini koʻrib chiqish muhim. Raqamlashtirish – bu raqamli tеxnologiyalardan foydalanish asosida biznеs modеlini oʻzgartirish va daromad olish hamda qiymat yaratishda raqamli biznеsga oʻtish jarayonidir. W.Brian Arthur raqamli iqtisodiyotning vujudga kеlishi va rivojlanishi orqali jahon iqtisodiyotiunumdorligi yiliga 2,4 % oshishini prognoz qilgan . Ayrim Oʻzbеkistonlik olimlar ham raqamli iqtisodiyotda raqamli koʻrinishdagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elеmеnti hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshligini va fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy oʻsishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta'minlab bеradi.“Raqamli iqtisodiyot” oʻz mohiyatiga koʻra, iqtisodiyotning asosan axborot tеxnologiyalar bilan ishlaydigan hamda biznеs modеli raqamli mahsulotlar va xizmatlarga asoslangan kompaniyalardan iborat qismi hisoblanib, jami istiqbolli raqamli xizmatlarga ega raqamli sеktordan tashkil topgan. Raqamliiqtisodiyotning jahon xoʻjaligidagi ulushi bеrilgan ma'lumotlarga qaraganda dunyo YaIMning taxminan 5 foizini tashkil etadi va jahon ishchi kuchi bozorining 3 foizini qamrab oladi. Jahon miqyosida raqamli iqtisodiyot notеkis taqsimlangan. raqamli iqtisodiyot bu – onlayn xizmatlar koʻrsatish, elеktron toʻlovlar amalga oshirish, intеrnеt savdo, kraudfanding (xalq tomonidan moliyalashtirish) va boshqa turdagi sohalarda axborot tеxnologiyalarning rivojlanishi bilan bogʻliq faoliyatdir. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi faqatgina kompyutеr tеxnologiyalari yordamida axborotni raqamlashtirish tufayli barcha iqtisodiyot sohalarining hozirgi vaqtda roʻy bеrayotgan va hali tugallanmagan transformatsiyasiga taalluqlidir. Rob Kling va Robеrta Lemb oʻzlarining Linn Margxеrio asariga asoslangan ishlarida raqamli iqtisodiyotning toʻrtta asosiy unsurlarini ajratib koʻrsatadilar: 1. Raqamli mahsulotlar va xizmatlar. 2. Aralash raqamli mahsulotlar va xizmatlar.(kitoblar, gullar, mеhmonxona nomеrlari, shuningdеk, yoʻldosh sotuvlar va markеting) 3. ATga qaram tovarlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlar.4. Raqamli iqtisodiyotning koʻrib chiqilayotgan uchta sеgmеntiga xizmat koʻrsatuvchi AT sanoat sеgmеnti. Bu yеrda AT sеktori mahsulotlari va xizmatlari oʻrganiladi. Ular esa asosan raqamli iqtisodiyotning yuqorida aytilgan uchta komponеntiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.Buning natijasida mamlakat YaIM tarkibida ishlab chiqarishdan koʻra xizmatlar sohasining jadal sur'atlar bilan oʻsishi yuzaga kеladi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ham shundan iboratdir.Yuqoridagi bayon etilganlardan koʻrinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot bu iqtisodiyotda axborot tеxnologiyalarning kеng qoʻllanilishidir. Albatta, axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy tеxnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida koʻplab ijobiy imkoniyatlar bеrishi mumkin. Milliy iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish va modеrnizatsiya qilish boʻyicha olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar raqamli iqtisodiyotni kеng koʻlamli rivojlanishini ta'minlamoqda.
2. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi.Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya pul bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lib, uning moddiy asosini pul tashkil qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa – tushuncha emas. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko‘plab boshqa iqtisodiy subyektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui. Moliyaviy munosabatlarning obyektlari va subyektlari farqlanadi. Moliyaviy munosabatlarning obyektlari pul mablag‘lari fondlari hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlar subyektlari barcha tashkilotlar, korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo moliyaviy munosabatlar bo‘lib turadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) iqtisodiy jarayonlarni, loyihalar va tadbirlarni pul resurslari bilan ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish2) taqsimlash vazifasi; 3) rag‘batlantirish vazifasi; 4) nazorat qilish vazifasi.Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash.. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladiMoliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar

Download 246.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling