1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari
Download 246.8 Kb.
|
nazariya umumiy javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
- Sof monetar nazariya.
- Nomonetar nazariya
- Jamg‘arish nazariyasi.
- Psixologik nazariya.
- Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan
7-bilet. 1. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari.Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; -yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat muddatitugashi va uning yangilanishi ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.Bi nazariya omillari:shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); - investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi; ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi. Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor iqtisodiyotida markaziy o‘rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning siklli Monetar nazariyaning e’tiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklari tahlil qilinadi; 2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy oqibati sifatida kelib chiquvchi inqirozlar tahlil qilinadi.o‘zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o‘zgartirishga bog‘liq.Shunday qilib, bu nazariya tarafdorlari jamg‘arishning davriy ravishda oshib ketishi va mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulni ko‘rsatadilar. Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg‘arishning ko‘payib ketishidagi rolini ko‘rsatishadi. Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyaning mohiyati ko‘proq jamg‘arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni sikllirivojlanishining sababi qilib ko‘rsatiladi:1) mablag‘ni jamg‘arish,2) pulni jamg‘arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladiJamg‘arish nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq bor.Psixologik nazariya.insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga obyektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi. 2.O‘zbekistonda budjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari.Mamlakatdagi soliq tizimining soddalashtirilishi va unifikatsiya qilinishi, soliq yukining yanada kamaytirilishi quyidagi bir qator vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga moddiy zamin yaratadi:1. soliq yukining kamaytirilishi orqali soliq imtiyozlarining kengaytirilishi xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni kengaytirishga imkon yaratadi; 2.soliq tizimini soddalashtirish va soliq stavkalarini pasaytirish o‘z navbatida xususiy mulkchilik tarmog‘ini kengaytiradi, biznes uchun qulay muhit yaratadi va uning kafolatlarini mustahkamlaydi; 3.soliq yukini kamaytirish hisobiga soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar reinvestitsiya qilinishiga hamda ishchi xodimlarning ish haqiga yo‘naltirilishiga tavsiya qilinadi.4.soliq yukini kamaytirish natijasida soliq to‘lovchilar ixtiyorida qolgan mablag‘lardan samarali foydalanish aholi daromadi va bandlik darajasini oshirish orqali xarid talabining jadal o‘sishini ta’minlaydi; 5. soliq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va soliq yukini kamaytirish eksportni har tomonlama rag‘batlantirish va valyuta zahiralarini tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ham ta’minlaydi; 6.soliq tizimidagi islohotlarnichuqurlashtirish uy-joy kommunal xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda energiya resurslaridan foydalanishda tejamkorlikni ta’minlidi.Soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash sharti bilan soliq tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son Farmoni bilan Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy yo‘nalishlari belgilangan edi.jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 12% miqdorida yagona stavkasini joriy qilish, fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (mehnatga haq to‘lash fondidan 8%) bekor qilish, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini kichik korxonalar uchun 15% dan 12% gacha, hamda budjet tashkilotlari va davlat korxonalaridan boshqa yirik korxonalar uchun 25%dan 12%gacha kamaytirish hisobiga mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yukini kamaytirish; foyda solig‘i stavkasini 14%dan 12%gacha pasaytirish; dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10% dan 5% gacha pasaytirish; yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 5%dan 2%ga pasaytirish; sement, klinker, mis va polietilen granulalar bo‘yicha qo‘shimcha foyda solig‘ini bekor qilish; o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish; Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 137 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 26,1%) tashkil etgan, bu 2018 yildagiga qaraganda 27% ko‘p (2018 yilda daromadlar 108 trln. so‘mni yoki YaIMga nisbatan 26,5%ni tashkil etgan). Bunda YaIMga nisbatan Davlat budjetining daromadlari YaIMga nisbatan 19,4%dan 21,4%gacha yoki 2 foiz bandiga oshgan. Ma’lumot uzatish, statistika, moliya va soliq hisobotlarining elektron shakli va tarmoqlari hayotimizga izchil va tizimli asosda joriy etilmoqda. Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining 89 foizdan ortig‘i soliq hisobotlarini, qariyb 86 foizi statistik hisobotlarni elektron shaklda topshirmoqda2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi Soliq Kodeksi qabul qilindi. Yangi Soliq kodeksiga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartirildi. 3.Iqtsodiy muvozanatning mazmuni.Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan Download 246.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling