1-bilet Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari


Download 246.8 Kb.
bet17/20
Sana06.05.2023
Hajmi246.8 Kb.
#1433400
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
nazariya umumiy javoblar

8-bilet.1.Bozor iqtisodiyotida inqirozlar: mazmuni, kelib chiqish sabablari va turlari iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining keskin tushib ketishiga aytiladi.Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmayqoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosiblik-lardir. Bu avvalo, ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblikka olibboradi.Inqirozlarni guruhlarga ajratish mumkin. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarva tarmoqlarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi. Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida hozirgi davrda moliyaviy inqiroz muhim o‘rin tutib, u o‘z ichiga pul-kredit sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birjainqirozi va boshqalarni oladi. Hozirgi vaqtda AQSh va Yevropaning aksariyat mamlakatlarida ro‘y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya sohasida boshlanib, keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga ham tutashib ketmoqda. Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar. Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro‘si tushib ketadi. Bankda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi. Birja inqirozi. Bu tanglik birjada qimmatli qog‘ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.
Download 246.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling