Bellashuv.uz
qiladigan harakati ko‗p uchraydi. Jismning bunday harakati
tebranma harakat
yoki qisqacha
tebranishlar deyiladi.
Muvozanat vaziyatidan chiqarilgan jismning o‗z-o‗zidan ichki kuchlar
ta‘sirida qiladigan tebranishlari
xususiy (erkin) tebranishlar deyiladi.
Tebranayotgan jismning muvozanat vaziyatidan uzoqlashish masofasi uning
siljishi (
x) deyiladi. Muvozanat vaziyatdan eng katta chetlashishga
tebranish
amplitudasi (
A) deyiladi.
Mexanik tebranishlarni kuzatish uchun prujina
uchiga mahkamlangan yukning
tebranishlari bilan tanishaylik (5.1-rasm). Bu rasmdagi prujinaga mahkamlangan
yuk gorizontal sterjenda ishqalanishsiz
harakatlana oladi, chunki sharchaning
og‗irlik kuchini sterjenning reaksiya kuchi muvozanatlaydi. Prujinaning elastiklik
koeffi tsiyenti
k, massasi hisobga olinmas darajada ki chik.
Tizimning massasi
yukda, bikrligi esa prujinada to‗plangan deb hisoblash mumkin.
2. Yorug‘lik oqimi. Yorug‘lik kuchi. Yoritilganlik qonuni.
Yorug‗likning ko‗zga yoki boshqa qabul qiluvchi qurilmalarga ta‘siri, ushbu
qabul qiluvchi qurilmalarga berilgan yorug‗lik energiyasi bilan belgilanadi. Shu
sababli yorug‗likning energiyasi bilan bog‗liq
energetic kattaliklar bilan
tanishamiz. Mazkur masalalarni o‗rganadigan bo‗lim
fotometriya deb ataladi.
Fotometriyada ishlatiladigan kattaliklar yorug‗lik energiyasini qabul qiluvchi
asboblarning nimani qayd eta olishlariga bog‗liq holda olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: