3. 6 m/s tezlik bilan yugurib ketayotgan 50 kg massali bola 2 m/s tezlik bilan
harakatlanayotgan 30 kg massali aravachani quvib yetdi va uning ustiga
chiqib oldi. Aravachaning bola bilan birgalikdagi tezligi qancha?
Ber:
V
1
=6m/s
M
1
=50kg
V
2
=2m/s
M
2
=30kg
V
x
=?
Yech:
m
1
V
1
+m
2
V
2
=(m
1
+m
2
)V
x
300+60=80V
x
V
x
=4.5m/s
20-bilet
1. Suyuqlik va uning xossalari. Sirt tаrаnglik. Kаpillyarlik.
Suyuqlikning oquvchanligi
Gazlardan farqli ravishda suyuqliklarda molekulalar bir-biriga juda yaqin bo‗ladi.
Molekulalar orasidagi tortishish kuchi sababli suyuqlik molekulalari erkin tartibsiz
harakat qila olmaydi. Ochiq idishdagi suyuqlik sirtidan molekulalar uchib chiqib
ketmaydi. Bug‗lanish jarayonida suyuqlik sirtidan kinetik energiyasi kata bo‗lgan
molekulalargina uchib chiqa oladi. Shu tariqa gazlardan farqli ravishda
suyuqliklar o‘z hajmini saqlaydi.
Suyuqlik molekulasi boshqa molekulalar qurshovida birmuncha «o‗troq» holda
bo‗ladi. Suyuqlik molekulalari orasi bir xil bo‗lmaydi, hatto molekulalar orasida
bo‗sh o‗rinlar – «kovak»lar mavjud bo‗ladi. Molekula «o‗troq» holatdan yonidagi
«kovak»ka sakrab o‗tadi. Bu joyda qisqa vaqt turib, boshqa «kovak» o‗rnini
egallaydi. Shu tariqa suyuqlik molekulalari bir joydan boshqa joyga tinimsiz
sakrab yuradi.
Idishda turgan suyuqlikka pastga yo‗nalgan og‗irlik kuchi ta‘sir etadi. Lekin
suyuqlik ostidan va yon tomonlaridan devorlar bilan to‗silgani uchun u muvozanat
holatda bo‗ladi. Agar idish bir tomonga og‗dirilsa, og‗irlik kuchi ta‘sirida
molekulalarning bir joydan boshqa joyga sakrab o‗tishi ko‗proq bir yo‗nalishda
sodir bo‗ladi. Natijada suyuqlik idish og‗dirilgan tomonga oqadi. Idishdagi
suyuqlik boshqa idishga quyilayotganda ham, idish osti teshilganda ham og‗irlik
kuchi ta‘sirida suyuqlik oqadi. Demak, suyuqliklar o‘z shakliga ega bo‘lmaydi,
Bellashuv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |