3. Lаbоrаtоriya ishi: Transformatorning tuzilishi va ishlashini o‘rganish.
18-bilet
1. Bоsim vа uning birliklаri. Pаskаl qоnuni.
Yuza birligiga tik ravishda qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri keladigan fizik
kattalikka bosim deyiladi. Bosim tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega.
Pichoqlar va qaychilar yaxshi kesishi uchun, bosimni orttirish maqsadida, yuzasini
qayrab kichik lashtiriladi.
Ignalarning uchlarida, knopkada ham bosimni orttirish uchun yuza kichik
lashtiriladi (27-rasm).
Aksincha, bosimni kamaytirish uchun yuzani kattalashtiriladi.
Og‗ir yuk ko‗taradigan mashinalarning ballonlari, yengil mashinalarnikiga
nisbatan enliroq bo‗ladi. Qalin qorda yurganda botib ketmaslik uchun oyoqqa
chang‗i bog‗lanadi. Ko‗p qavatli binolarning poydevori ham keng qilib quriladi.
Suyuqlik va gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni hamma tomonga o‘zga rishsiz
uzatadi.
Suyuqlik yoki gaz o‗ziga berilgan tashqi bosimni uni tashkil qilgan zarralari orqali
uzatadi. Zarralar bosimni uzatishi uchun ular harakatda bo‗lishi kerak. Haqiqatan
ham, ko‗pgina hodisalar (havoda hidning tarqa lishi, suvda siyohning erishi)
suyuqlik va gaz zarralarining harakatda ekan ligini tasdiq laydi. Zarralar harakati
tufayli idish devorlariga urilib, ichki bosimni hosil qiladi. Ichki bosim uchun
Paskal qonuni quyidagicha ta‘rifla nadi.
Og‘irlik kuchini hisobga olmaganda, suyuqlik yoki gaz zarralarining idish
devorlariga bergan bosimi hamma yo‘nalishda bir xil bo‘ladi.
Paskal qonunidan texnikada keng foydalaniladi. Barcha avtomobillarda,
poyezdlarda qo‗llaniladigan tormozlash sistemasi, yer qazuvchi, yuk ortuvchi
traktorlarda gidrav lik press deb ataluvchi
qurilma ana shu qonun asosida
ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |