Proton (p) – vodorod atomining yadrosi, 1919-yilda Rezerford va uning xodimlari
tomonidan kashf qilingan. Elektronning zaryadiga teng musbat zaryadga ega.
Tinchlikdagi massasi mp = 1,6726 · 10–27 kg ≈ 1836 me, bu yerda:
me – elektronning massasi. (Proton – grekcha – ―birinchi‖).
Neytron (n) – 1932-yilda ingliz fizigi J. Chedvik tomonidan kashf
qilingan. Elektr jihatdan neytral zarra. Tinchlikdagi massasi mn = 1,6749 · 10-27
kg ≈ 1839 me (Neytron – lotincha u ham emas, bu ham emas).
Proton va neytronlar birgalikda nuklonlar deyiladi (lotincha nucleus –yadro
so‗zidan olingan). Atom yadrosidagi nuklonlarning umumiy soni massa soni (A)
deyiladi.
Atom yadrosi Ze zaryad miqdori bilan xarakterlanadi. Bu yerda:
e = 1,6· 10–19C ga teng bo‗lib, protonning zaryadini xarakterlaydi. Z –yadroning
zaryad soni deyilib, u yadrodagi protonlar soniga teng va Mendeleyev elementlar
davriy sistemasida kimyoviy elementning tartib raqami bilan mos keladi.
Yadro neytral atom qanday belgilansa, xuddi shunday belgilanadi:
bu yerda: X – kimyoviy elementning belgisi, Z – atomning tartib raqami (yadrodagi
protonlar soni); A – massa soni (yadrodagi nuklonlar soni). Atom elektr neytral
bo‗lgani uchun ham yadrodagi protonlar soni atomdagi elektronlar soni bilan teng
bo‘ladi.
3. Tok kuchi 0,6 A bo‘lganda induktivligi 80 mH bo‘lgan g‘altakda qanday
magnit oqimi yuzaga keladi?
Ber:
I=0.6A
L=80*10
-3
H
Ф=?
Yech:
Ф=L*I
Ф=0.6*80*10
-3
=48*10
-3
Wb
Javob: Ф=48*10
-3
Do'stlaringiz bilan baham: |