1 билет Nasos


Download 27.18 Kb.
bet2/2
Sana08.02.2023
Hajmi27.18 Kb.
#1176998
1   2
Bog'liq
1 билет жавоблар

5.Issiqlik almashinish, issiqlik uzatish—issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik uzatilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻz-oʻzidan yuz beruvchi qaytmas jarayon; mikrozarralarning tartibsiz harakati bilan boglik boʻlgan, energiyasining bir jismdan ikkinchi jismga mikroskopik ish bajarmasdan uzatilishiga olib keluvchi jarayonlar majmui. I. a. issiklik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va radiatsiya yoʻli bilan sodir boʻladi. Isituvchi sirt issiklik uzatuvchi sirt deb ataladi. I. a. da suyuqlik yoki gaz (bugʻ) ish muhiti hisoblanadi. I. a. nazariyasi energiyani uzatish haqidagi taʼlimotning bir qismi boʻlib, texnik termodinamika bilan birga issiklik texnikasishtt na-zariy asosini tashkil qiladi. Bugʻ Kozonlarida, bugʻ va gaz turbinalarida, pechlarda I. a. hodisasi roʻy beradi. Tabiatda uzluksiz I. a. yuz berib turadi. I. a. ning nazariy va amaliy masa-lalari issiqlik texnikasida oʻrganiladi. 
6.Payvandlash (texnikada) — qattiq materiallar (metallkeramikashisha, va boshqalar)ni ajralmas qilib biriktirish usuli. Payvandlashning 60 dan ortiq usuli bor.
7.Quvur — truba, diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik bo'lgan ichi bo'sh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli qismi. Asosan, suyuqlik, bug', gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish uchun ishlatiladi. Quvur liniyasi-gazsimon va suyuq moddalarni, chang va suyultirilgan massalarni, shuningdek qattiq yoqilg'i va boshqa qattiq moddalarni quvur kesimlaridagi bosim farqi ta'siri ostida eritma shaklida tashish uchun mo'ljallangan muhandislik inshooti. Rossiyada quvur transporti transport infratuzilmasining bir qismi hisoblanadi.
8.Rezba deb tekis konturning silindrik yoki konus sirti yuzasida aylanma va ilgarilanma harakati natijasida hosil bo‘lgan vint sirtiga aytiladi. Rezbalar yordamida biriga tashqi va ikkinchisiga esa ichki rezba ochilgan ikki yoki undan ortiq detallar biriktiriladi. Tashqi rezba detalning (sterjen yoki trubaning) sirtiga, ichki rezba esa (gayka yoki muftaning) teshigiga ochiladi. Rezbalarni eng ko‘p qo‘llaniladigan turi silindrik (silindr sirtiga) va konussimon (konus sirtiga) ochilgan rezbalar hisoblanadi. Rezbalarning asosiy parametrlari quyidagilardan iborat: profil shakli, rezbaning ustki diametri, qadami, yo‘nalishi (o‘ng yoki chap) va o‘rami. Rezbaning tashqi diametri uning asosiy o‘lchami hisoblanadi. Sanoatda ishlatiladigan ko‘pchilik rezbalar standart rezbalar bo‘lib, ularni davlat standartlari belgilab beradi. Zarur hollarda ularning maxsus rezbalar deb ataladigan turi ham ishlatiladi. Maxsus rezbalar o‘zining profili va o‘lchamlari bilan standart rezbalardan farq qiladi.
9.Filtr (frans. fi ltre — kigiz), suz gʻich — 1) suyuqlik F.i — suyuklikni undagi qattiq zarralar yoki unga aralashmaydigan boshqa suyuqliklardan ajratish (tozalash) uchun moʻljallangan asbob, moslama yoki gʻovak jism. Suyuklik F.lari ish prinsipiga qarab, davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Davriy ishlaydiganining hajmiy, listli, filtrpress, patronli xillari bor. Hajmiy F. oz miqdordagi suspenziyani ajratishda qoʻllaniladi. U vakuum yoki bosim ostida ishlaydi.Rezbalar ishlatilishi, vazifasi va parametrlari bo‘yicha metrik, dyuymli, silindrik, truba, konussimon truba, trapesiyali va tirak kabi turlarga bo‘linadi
10.Flanes (undan. Flansch) - kvadrat, dumaloq yoki boshqa shakldagi murvat yoki tirgaklar uchun teshiklari bo'lgan tekis qism, bu bardoshli (uzun qurilish konstruktsiyalarining tugunlari, masalan, trusslar, nurlar va boshqalar) va quvurlarni, quvurlarni mustahkamlashni, quvurlarni bir-biriga, mashinalarga, apparatlarga va idishlarga ulash uchun xizmat qiladi; vallarni ulash uchun va boshqa aylanadigan qismlar (flanetsli ulanishi).
Download 27.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling