2.
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki
cheklab qo‘yish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob:Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning
70-moddasiga muvofiqJamoat birlashmalarini
tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina
amalga oshiriladi
.
3. Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi organlarida partiyadan saylangan
deputatlardan tuziladigan deputatlik birlashmalari qanday nomlanadi?
Javob:Fraksiya - qonun chiqaruvchi organlarida partiya manfaatlarini ifodalashning tashkiliy
shaklidir.
15-BILET
1. Shaxsning o‘z aybini tan olishi uni aybdor deb topishga asos bo‘lmasligiga oid
qoidaning mazmun-mohiyati nimadan iborat?
Javob:Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 28-moddasiga muvofiq “Agar shaxsning o‘z
aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi
mumkin emas”, deb belgilovchi norma o‘z ifodasini topgan.
Bunda shaxsni aybdor deb topish va uni jazoga tortish uchun yetarli dalillar to‘plangan
bo‘lishi kerak.
Ushbu qoida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha haqiqatni aniqlash,
shuningdek, aybsiz insonlar
javobgarlikka tortilishining oldini olishga, ayni paytda jinoyat sodir etgan haqiqiy aybdor shaxs
yoki shaxslarni aniqlashga xizmat qiladi.
2. “Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda
tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi” degan norma qaysi
moddada keltirilgan?
Javob:
29-modda.
3. Partiya Ustaviga muvofiq, qaysi tashkilotlarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari
tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi?
Javob:Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida,
ijodiy uyushmalar, ko‘ngilli jamiyatlar
va jamg‘armalarda hamda ta’lim muassasalarida boshlang‘ich partiya
tashkilotlari tashkil
etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.