10-BILET
1. Konstitutsiyada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar
yaratishga oid qanday norma belgilangan?
Javob:Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 58-moddasida
“Davlat xotin-qizlar va
erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat
hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi”,
degan norma
mustahkamlangan.
2.
“Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish,
ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlash”ga doir norma qaysi
moddada keltirilgan?
Javob:42-modda.
3. Partiya qachon yuridik shaxs maqomini oladi?
Javob:Partiya O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda davlat
ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi.
11-BILET
1. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand
toifalarini uy-joy bilan ta’minlash masalasida qanday norma belgilandi?
Javob:Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 47-moddasida “Aholining ijtimoiy jihatdan
ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonunda belgilanadi”,
degan yangi
insonparvar norma mustahkamlandi.
Ushbu normaning belgilanishi har bir fuqaro, ayniqsa, yosh oilalarning o‘z
xonadoniga ega
bo‘lishi uning mehnat samaradorligiga, o‘qish
imkoniyatlariga, samarali dam olishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatib, shaxsning ijtimoiy barqarorligi va hayotdan rozilik darajasini oshiradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasini aytib bering?
Javob:IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyvaekologikhuquqlar
41-modda.
Harbirshaxsmulkdorbo‘lishgahaqli.
Bank
operatsiyalarining,
omonatlarningvahisobvaraqlarning
sir
tutilishi,
shuningdekmeros’huquqiqonunbilankafolatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: