1-bilet “O’zbekiston-suveren davlat” matnini o’qing va mazmunini so’zlab bering. Javob


Download 67.18 Kb.
bet8/16
Sana20.06.2023
Hajmi67.18 Kb.
#1636772
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
11-sinf bilet1

11-bilet
Davr farzandi
Ona yurt mehridan har so‘zim burchli,
Donish tabiatin ayladim talqin. Angladim, xalq mehri «Bo‘rondan kuchli»,
Kuyladim, xalq mehri «Qudratli to‘lqin».
***
Zulm niqob kiysa, mehr-u oqibat,
Tugal talafotdan yolg‘iz himoya.
Garchi yo‘rig‘ida tutdi saltanat, «Kashmir qo‘shig‘i»da dardim hikoya.
***
Elimga qoldirdim xalqim mulkini,
Nima demasinlar tang muxolifl ar.
Zamon o‘qiyverar «Tarix hukmi»ni,
Hayot kitobidan o‘chmas «G‘oliblar»!

Sa’dulla Hakim


22-bilet
MUVAFFAQIYAT SIRI
Bir yigit Suqrotdan muvaffaqiyat siri nimada ekanligini so‘radi. Suqrot unga ertasi kuni tongda daryo bo‘yiga kelishini, savoliga o‘sha yerda javob berishini aytdi. Ertasiga ertalab yigit daryo bo‘yiga keldi. Suqrot undan daryoga tushishni so‘radi. Birga daryoga tushdilar. Suv bo‘ynilariga yetganda, kutilmaganda Suqrot yigitning boshini suvga tiqdi. Yigit suvdan chiqishga qanchalik harakat qilmasin, Suqrot kuchli edi. Suqrot yigitni ko‘karib ketgunicha suvda ushlab turdi, keyin suvdan chiqarib oldi. Yigit chuqur nafas oldi. Suqrot so‘radi: “Boshingni suvda tutib turgan paytim eng ko‘p nimani xohlading?” Yigit javob berdi: “Havo”. Suqrot dedi: “Muvaffaqiyatning siri mana shunda. Qachonki sen muvaffaqiyatni suv tubida havoni xohlaganingchalik xohlasang, shunda unga erishasan. Bundan boshqa siri yo‘q”.

13-bilet
Toshkentnoma (Lirik poemadan parchalar) Bag‘ishlov
Shaharlar boqiydir, umr – o‘tkinchi,
Daryolar sobitdir, suvlar – ko‘chkinchi.
Har kim o‘z shahrida qo‘ygan esdalik:
Yo bino qurishda katta ustalik,
Yo shirin latifa yoki ixtiro,
Yo daraxt, yo farzand, ko‘prik, yo misra,
Yo qo‘shiq, yo dori, maktab, sog‘chilik,
Xulosa: dunyoda biron yaxshilik…
Bir vaqtlar men senga shahrimni maqtab
Qilarkan ta’rifi n, sen biroz to‘xtab,
«Shunchalar bormikan?» deb gumon qilding,
«Ko‘rganda aytamiz!» deb imo qilding.
Va aytding – darvoqe, ko‘rgandan keyin:
«Maqtoving oz ekan, soz ekan uying!»
Qomatga munosib bo‘lsin deb libos,
Shahrimga dildagi muhabbat, ixlos
Dostonga quyilsin degandim u choq,
Kechikib yozganim kechirgin, o‘rtoq!
Bu yerda turganlar, yoki ko‘rganlar,
Yoki ko‘rayin deb istab turganlar,
Yoki Toshkentimning shaklin so‘rganlar,
Naqshini dilida olib yurganlar…
Sizga bu taronam – kuyim armug‘on,
Nasr – og‘ir qadam, nazm – chopog‘on. (Maqsud Shayxzoda)

Download 67.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling