1-bilet “O’zbekiston-suveren davlat” matnini o’qing va mazmunini so’zlab bering. Javob


-bilet Donishmand va aka – uka haqidagi hikoya


Download 67.18 Kb.
bet9/16
Sana20.06.2023
Hajmi67.18 Kb.
#1636772
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
11-sinf bilet1

21-bilet
Donishmand va aka – uka haqidagi hikoya
Bir qishloqda butun olamga dong‘i ketgan donishmand yashar ekan. Aka-uka uning yoniga kelib, shogirdlikka olishini so‘rashibdi. Qariya faqat bir kishini olishini aytibdi va o‘smirlarni sinamoqchi bo‘libdi. Mo‘ysafid aka-ukalarning har biriga bittadan topshiriq beribdi. Ular topshiriqlarni sidqidildan bajarishga kirishibdilar. Biroz vaqt o‘tgach donishmand yigitlarning yoniga kelibdi va uyiga suv olib kelishlarini so‘rabdi. Aka birdan sakrab turib, suvga ketibdi. Uka esa birinchi topshiriqni bajarishni davom ettiribdi. Aka suvni olib kelib, endi avvalgi topshirig‘ini bajarishga kirishgan ekan, chol ikkalasidan tomni ta’mirlashni iltimos qilibdi. Aka suv to‘la chelakni qo‘yib, tomga chiqib ketibdi. Uka esa joyidan jilmabdi. Yana bir muddatdan keyin ayyor chol aka-ukalarga yog‘och to‘siqni tuzatishni buyuribdi. Aka tomdan tushib, to‘siqqa qarab ketibdi. Qariya yana tomdan shikoyat qilibdi. Aka holdan toyib, kuchsiz yerga o‘tirib qolibdi. Uka esa birinchi topshirig‘ini tugatibdi, keyin tomga chiqib, uni ham tuzatibdi. Donishmand miyig‘ida kulib qo‘yibdi. U shogirdlikka ukasini olib qolibdi va o‘z tanlovini shunday izohlabdi: “Sen maqsad sari intilishni va o‘z hayot yo‘lingdagi muhim jihatlarni tanlashni bilasan. Akang esa boshqalarda yaxshi taassurot qoldirish maqsadida barcha ishga birdaniga kirishadi, o‘z kuchi va vaqtni maqsadli taqsimlay olmaydi”.

15-bilet
Ona tilim

Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da, O‘lib qolganmishman tushda nogahon. Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh tig‘ida, Tog‘lar orasida yotibman bejon
Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda, Borliqda bir ajib dilbarlik hokim. Men esam o‘ylayman yotib tuproqda: Mana shu tuproqqa qo‘shilar xokim
Men o‘lib yotibman, kimsasiz, unut, Hech kimsa qayg‘urmas va chekmas yohu. Faqat cho‘qqilarda qurqurar burgut, Faqat vodiylarda ingraydi ohu
Navqiron yoshimda bo‘ldim-ku ado, Otash yuragimni o‘ydi axir o‘q. Na onam, na yorim bermaydi sado, Do‘st tugul, hattoki yig‘ichi ham yo‘q.
Fig‘on otiladi jonsiz bag‘rimdan, (Go‘yo fig‘on bordek murda dilida.) Shu payt ikki kishi o‘tdi naridan, Quvnoq suhbat qurib avar tilida.
Men-ku bu dunyodan ko‘z yumdim mangu, Ular kulib­kulib so‘zlashar borin; Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu Qandaydir Alining sho‘x kirdikorin.
Avar so‘zin tinglab kirdi menga jon, Ohista tirildim va shunda bildim: Meni tuzatolmas hech dori-darmon, Jonimga masihdir shu ona tilim.
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa, Mening o‘z tilimga ming jonim fi do. Erta ona tilim agar yo‘qolsa, Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
Mayli, qashshoq bo‘lsin, mayli, behasham, Lekin mening uchun aziz va suyuk. Jahon minbaridan yangramasa ham, Ona tilim menga muqaddas, buyuk.


Download 67.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling