1-bilet “O’zbekiston-suveren davlat” matnini o’qing va mazmunini so’zlab bering. Javob


-bilet MARK TVEN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR


Download 67.18 Kb.
bet14/16
Sana20.06.2023
Hajmi67.18 Kb.
#1636772
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
11-sinf bilet1

25-bilet
MARK TVEN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
Jahon adabiyoti tarixida sarguzasht-detektiv asarlar yaratgan buyuk adib Mark Tven (Samuel Klemens) 1835-yilda AQShning Missuri shtatiga qarashli Florida qishlog‘ida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Ulg‘aygach, harf teruvchi, Missisipi daryosida darg‘alik (lotsmanlik) qiladi, oltin va kumush konlarida ishlaydi, muxbir sifatida G‘arbiy Yevropada bo‘ladi. “Mark Tven” nima degani? Heklberri Fin va Tom Soyer haqidagi asarlari bilan dunyoga mashhur bu yozuvchining asl ismi Semuel Lenghorn Klemensdir. “Mark Tven” taxallusining ma’nosi “Bexavotir suv” demakdir. Yozuvchi Mark Tven taxallusini Missisipida lotsman yordamchisi boʻlib ishlab yurgan kezlarida tanlagan. Daryo qatnoviga oid bu atama kema oʻtishi mumkin boʻlgan chuqurlikni anglatadi. Buni aniqlash uchun daryoga arqon tashlangan, suv 2 dengiz sarjini (3, 7 metrga yaqin) belgisiga kelganda oʻlchovchi: “Mark tven!” (inglizchada – mark twain) deya hayqirgan. Bu ibora soʻzma-soʻz “ikki oʻlcham” deb tarjima qilinadi. Kema qatnovi uchun daryo kamida shuncha chuqurlikka ega boʻlishi kerak. Garchi adibning taxallusi ikki sarjin maʼnosini bersa-da, asarlarining maʼnosi juda chuqur. Yozuvchi sarguzasht asarlari, oʻtkir fikrlari bilan millionlab oʻquvchilarning qalbiga chuqur kirib borgan. Adib jahondagi million-million kishilarning sevimli yozuvchilaridan biriga aylanib, uddaburon bolalarning obrazlarini yarata oldi.
26-bilet
Vaqtni munosib taqsimlash – marraning yarmi
Xitoy falsafasiga ko‘ra, inson vaqtni yaratishi mumkin ekan. Kimningdir “vaqtim yo‘q”, “ilojsizman” deyishi, aslida “men buni xohlamayman” degani. Vaqt – bu hayotdagi bor-budimiz. Hech nimasiz qolgan odamning ham hali vaqti bo‘ladi. Hayotda munosib yashash istagi bo‘lgan inson, avvalo, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Vaqt noto‘g‘ri taqsimlanar ekan, ishda va hayotda ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin. Vaqt – buyuk tarozi. Inson kim bo‘lishi, yoshi, daromadi, e’tiqodidan qat’i nazar vaqti chegaralangan. Shuning uchun hayotda qancha vaqtning borligi emas, uni qanday sarflash muhim ahamiyatga ega. Maqsadga erishishga jiddiy kirishgan bo‘lsangiz, ularni nafaqat to‘g‘ri belgilab olish, balki sizni bu yo‘ldan chalg‘ituvchi omillar va odatlardan voz kechishingiz kerak bo‘ladi. Qanday qilib?


Download 67.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling