1-bilet “O’zbekiston-suveren davlat” matnini o’qing va mazmunini so’zlab bering. Javob
-bilet ODAMIYLIK BAHOSI (Bo‘lgan voqea)
Download 67.18 Kb.
|
11-sinf bilet1
28-bilet
ODAMIYLIK BAHOSI (Bo‘lgan voqea) Bu hodisa Hindiston janubidagi Malappuram shaharchasida sodir bo‘lgan ekan. Shaharda mehmon bo‘lib turgan shimollik tadbirkor Orif Vani kechki ovqat uchun oynavand “Jannat” nomli tamaddixonaga tushib, uning uchun hozirlangan stolga o‘tirar ekan, restoran va ko‘chani ajratib turgan oynada mo‘ltillab turgan qarog‘larning aksini ko‘rdi. Tashqarida chamasi 6 yoshlardagi tilanchi bolakay o‘zidan kattaroq qiz bilan Orifga tikilib turardi. Ularning ko‘zlariga jo bo‘lgan xatar ochlik edi. Orifning ularga ichkariga kirishlari mumkinligini bildirgan iliq ishorasidan so‘ng boshqa mijozlarning ta’bi xira bo‘ldi. Qo‘rqa-pisa yurib kelishar ekan, isqirt kiyim-boshidan uyalayotgan go‘daklar ularni taklif qilgan kishidan ko‘zlarini uzishmadi. Yetib kelgach esa bir-birining pinjiga kirib ketgancha, nim tabassumli odam qarshisida mum tishlashdi. To‘zg‘igan sochlar orasidagi olazarak ko‘zlar stoldagi biryaniga qadaldi. Orif ularga ham biryani buyurtirdi. Bolakay stolga o‘tirmoqchi bo‘lganida qizcha oldin qo‘llarini yuvishlari kerakligini aytib, yuzqo‘l yuvgich tomon yurdi. Stolga engashgan bolajonlar shosha-pisha hovuri ko‘tarilib turgan ovqatni og‘izlariga sola boshlashdi. Qanchalar didsizlik bo‘lmasin, och bolalarga shoshib ovqatlanish yarashar ekan. Idishdagi oxirgi guruchgacha tozalab, mango sharbatini so‘nggi tomchisigacha ichib, bolalar o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi va istarali amakiga jilmaygancha “rahmat” aytib, shoshilib chiqib ketishdi. Bu voqeani barcha: mijozlar-u xizmatkorlar, ikki gadoyning ichkariga kirgani to‘g‘risida bilib yugurib kelgan boshqaruvchi ham kuzatar edilar. Orif ovqatlanib bo‘lgach, hisobni so‘radi. Qo‘llarini quritib, stoldagi hisobni oldi. Hisobda to‘lov miqdori emas, xat qoldirilgan ekan. “Janob, hozircha bizda odamiylikning bahosini hisoblay oladigan mashina yo‘q. Yaxshiliklar o‘zingizga-da hamroh bo‘lsin!” Xatdagi so‘zlarni o‘qigan Orif Vani duv-duv to‘kilayotgan ko‘z yoshlarini hech kimga sezdirmaslik uchun shoshganicha o‘z xonasiga ko‘tarildi. Download 67.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling