1-bilet “O’zbekiston-suveren davlat” matnini o’qing va mazmunini so’zlab bering. Javob


Download 67.18 Kb.
bet12/16
Sana20.06.2023
Hajmi67.18 Kb.
#1636772
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
11-sinf bilet1

20-bilet
TOMS
Amerikalik yigit Bleyk Maykovskiy 2004-yilda otasidan qolgan kattagina merosga ega bo‘ladi. Boshida u pullarini qanday qilib ko‘paytirish haqida o‘ylaydi, ammo bir qarorga kela olmaydi. 2005-yilda Argentinada o‘tkazilayotgan avtomobil musobaqasiga boradi. Chunki u bu sport turini yaxshi ko‘rar edi. U yerga borgach, odamlarning kambag‘alligini ko‘radi. Xususan, ko‘p bolalar yalangoyoq edi, chunki ularning oyoq kiyim olishga pullari yo‘q edi. Bleyk u yerda oyoq kiyim ishlab chiqaradigan shirkat ochishga ahd qiladi. Uning niyati tijorat bilan birga, xayriya ishlarini yo‘lga qo‘yish edi. U oyoq kiyim ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Toms” shirkatiga asos soladi. Bu shirkat paypoqsiz kiyiladigan yengil sport oyoq kiyimlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Xayriya ishini esa sotilgan mahsulotga bog‘liq qilib qo‘yadi. Ya’ni bitta sotilsa, bitta sovg‘a qilinadigan bo‘ladi. Shirkatning rivojlanishiga ikkita sabab bor edi: 1. Bu oyoq kiyimlarning yaxshiligi va yengilligi. 2. Kishilarning bu xayrli ishni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan rag‘bati. Shirkat bugun ham o‘sha tadbirkorligini davom ettiryapti. Har bir sotilgan mahsulot evaziga bitta oyoq kiyim ehson qilinadi. Yaxshilikni kim qilishidan qat’i nazar, u zoye ketmaydi. Bugun “Toms” shirkati olamga mashhur. Bleyk Maykovskiy esa Amerikada eng badavlat kishilardan biri. Insonning daromad kelib turadigan manba haqida o‘ylashi yaxshi, albatta. Ammo boy bo‘lishdan avval inson bo‘lish haqida tafakkur qilishi undan ham yaxshidir.
27-bilet
Boy va ikki hizmatkor haqidagi rivoyat
Rivoyat qilishlaricha, qadimda bir boy ikki xizmatkoriga pul berib, ularni bozordan savdo qilish uchun yuboribdi. Xizmatkorlardan biri vaqtini tejab, bozordan yaxshi narsalarni sotib olib qaytibdi. Ikkinchi xizmatkor esa bozorga borib, “hali erta” deb vaqtini va pulini behuda narsalarga sarflay boshlabdi. U vaqtni ham, pulni ham isrof qilib, boy buyurgan savdoni amalga oshira olmabdi. Boy o‘z ishlarini vaqtida qilib, isrofga yo‘l qo‘ymay qaytib kelgan xizmatkorni mukofotlabdi. Buyurilgan vazifalarni bajarmagan va vaqtini isrof qilgan xizmatkorni jazolagan ekan. Inson ham bu dunyoda umr degan mablag‘ini tejasa, undan o‘zi uchun yaxshi narsalarni savdo qilsa, ko‘zlagan murodiga yetadi. Ammo inson berilgan umrni isrof qilsa, undan oqilona foydalanmasa, qattiq adashadi. Ba’zan vaqtini foydali ishlarga sarflab, hayotda muvaffaqiyatlarga erishayotgan kishilarni ko‘rib quvonasan. Ba’zan esa umrini behuda ishlarga sarf qilib, uni isrof qilayotgan kishilarni ko‘rib ich-ichingdan xafa bo‘lasan.


Download 67.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling