1-bilet “O’zbekiston-suveren davlat” matnini o’qing va mazmunini so’zlab bering. Javob


Download 67.18 Kb.
bet5/16
Sana20.06.2023
Hajmi67.18 Kb.
#1636772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
11-sinf bilet1

7-bilet
Sahna yulduzlari
Teatr (yun. theatron – tomoshagoh) – san’at turi; uning o‘ziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi o‘yini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. Teatr san’atida ham boshqa san’atlarda bo‘lganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviyati, madaniyati bilan bog‘liq holda o‘zgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida og‘zaki yoki yozma dramaturgiya yotadi. O‘zbek teatri o‘z tarixi va an’analariga ega. Sahnada aktyorlarning bir necha avlodi xalq mehrini qozonib kelgan. Mannon Uyg‘ur, Yetim Bobojonov, Olim Xo‘jayev, Shukur Burxonov, Nabi Rahimov, Razzoq Hamroyev, Soyib Xo‘jayev, Lutfixonim Sarimsoqova, Zaynab Sadriyeva va boshqa ko‘plab yulduzlar o‘chmas iz qoldirishgan. Bir paytlar qoralangan asarlar istiqlol tufayli teatrlarimizda sahnalashtirildi, avval taqiqlangan mavzularda yangi asarlar yaratildi. Bir nechta teatrda Fitratning «Abulfayzxon» tragediyasi qayta qo‘yildi. Avval Qashqadaryo teatrida, keyin esa O‘zbek Milliy akamedik drama teatrida Amir Temur haqida asar tomoshabinlarga havola etildi. Teatrlarimizda Cho‘lponning «Kecha va kunduz» hamda «Yorqinoy» dramasi qo‘yildi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Sobir Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Boborahim Mashrab, Ahmad Yassaviy, Nodirabegim haqida spektakllar yaratildi. Teatrlar jamoasi har yili 27-mart – Xalqaro teatr kunini yangi spektakl premyerasi bilan kutib olishadi. Mustaqillik yillarida teatrlarimizning moddiy bazasi yaxshilanmoqda. O‘zbek Milliy akademik drama teatri va akamedik rus drama teatri yangi binolarga ega bo‘ldi. O‘zbek teatrining bugungi yulduzlari yangi yorqin sahna asarlarini yaratish ustida ish olib borishmoqda.
12-bilet
Ikki buyuk adib
Sharof Rashidov va qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov deyarli bir davrda ijod qilgan adiblardan edi. Chingiz Aytmatov Sharof Rashidovdan 11 yosh kichik bo‘lsa­da, ular doim hamfi kr bo‘lishgan, bir­birlarini juda qadrlashgan. Ikki buyuk adib yozuvchilar va jurnalistlarning sobiq Ittifoq miqyosida o‘tkazilgan anjumanlarida tez-tez uchrashib, o‘zaro suhbat qurishar edi. Bu ijodiy hamfi krlilik amaliy faoliyatdagi hamkorlik bilan jipslashib ketgan edi. Chingiz Aytmatov yurtimizga «O‘zbekiston bizning Sharqdagi yuzimiz va ko‘zimiz» deya katta e’tibor bilan qaragan. Sharof Rashidovning ukasi Asil Rashidov esa buyuk adibning ko‘plab asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.


Download 67.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling