1-bilet “O’zbekiston-suveren davlat” matnini o’qing va mazmunini so’zlab bering. Javob
-bilet Xalqimizning yetuk farzandi
Download 67.18 Kb.
|
11-sinf bilet1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bilet Sharof Rashidov (1917–1983)
4-bilet
Xalqimizning yetuk farzandi O‘zbek xalqidan juda ko‘p allomalar, jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlar yetishib chiqqan. Ana shu komil insonlar orasida XX asrda yashab ijod etgan yetuk bir shaxs alohida ajralib turadi. O‘zining yorqin fazilatlari, iste’dodi, dunyoqarashi va odil rahbarligi bilan xalqning qalbidan joy olgan inson Sharof Rashidov edi. Jizzax tuprog‘ida tug‘ilib voyaga yetgan Sharof Rashidov nafaqat taniqli yozuvchi, balki 34 yil davomida respublikaga hormay-tolmay rahbarlik qilgan taniqli davlat arbobi ham edi. U boshchilik qilgan davrda respublika mizda olamshumul bunyodkorlik ishlari amalga oshi rildi. O‘tgan asrning boshida Toshkentda atigi 30 ming aholi yashagan. Asr oxirlariga kelib, Toshkent 2 million aholi yashaydigan, AQSH poytaxti Va shingtondan to‘rt baravar katta shaharga aylandi. 1966-yilgi zilziladan so‘ng chet el matbuoti Toshkentni qayta tiklash uchun to‘rt yuz yil kerak deb yozgan ekan. Unday bo‘lmadi. To‘rt yil ichida Toshkent ikki karra katta qilib qaytadan bunyod etildi. Chilonzor, Yunusobod, Qoraqamish, Talabalar shaharchasi kabi tuman va dahalar paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyoda yagona Toshkent metropoliteni ishga tushirildi. Markaziy Osiyoda eng baland Toshkent teleminorasi qurildi, muzeylar ochildi, osmono‘par binolar qad ko‘tardi. Markaziy maydondagi ulkan favvoralar, istirohat bog‘lari, stadionlar Toshkentning ramzi bo‘lib qoldi. Bu ulkan ishlarning boshida Sharof Rashidov bosh-qosh bo‘lgan. 5-bilet Sharof Rashidov (1917–1983) O‘zbek xalqining sevimli farzandi, atoqli davlat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov 1917-yil 6-noyabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan. Jizzax pedagogika texnikumini bitirib, maktabda o‘qituvchilik qila boshlaydi. Samarqand viloyati gazetasida kotib, muharrir bo‘lib ishlaydi. U Samarqand Davlat universitetining o‘zb ek fi lologiyasi fakultetiga o‘qishga kiradi. 1941-yilda o‘qishni tugatgan Sharof Rashid ov Ikkinchi jahon urushiga safarbar qilinadi, biroq 1942-yilda og‘ir yarador bo‘lib qaytadi. Samarqand viloyat gazetasida muharrir, Samarqand viloyati qo‘mit as ining kotibi vazifalarida ishlaydi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Sobiq O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi va to umrining oxirigacha O‘zbekiston Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimlarida fi dokorona faoliyat ko‘rsatdi. Sharof Rashidovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2017-yilda tavallud kunining 100 yilligi butun mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlandi. U tug‘ilgan tuman, maktabga uning nomi berildi, unga atab katta haykal o‘rnatildi va go‘zal bog‘ bunyod etildi. Xalqimiz o‘zining asl farzandini hech qachon unutmaydi .
Download 67.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling