Kurs ishi mavzu: tolerantlik sharq mutafakkirlari talqinida bajardi
Download 156.74 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: TOLERANTLIK SHARQ MUTAFAKKIRLARI TALQINIDA Bajardi : Usmonova Vazira
- II bob. Tolerantlik mavzusi Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG‘ICH VA MAKTABGACHA TA’LIM USLUBIYOTI KAFEDRASI Umumiy pedagogika fanidan KURS ISHI MAVZU: TOLERANTLIK SHARQ MUTAFAKKIRLARI TALQINIDA Bajardi: Usmonova Vazira 5111700-boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi 4-3BTU-14 guruh talabasi Ilmiy rahbar: R.Rajabova o‘qituvchi Reja: Kirish I bob. Tolerantlik tushunchasining mohiyati Tolerantlik tushunchasining mohiyati va mazmuni Tolerantlik shakllanishining ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy –ma’rifiy negizlari II bob. Tolerantlik mavzusi Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida 2.1. Tolerantlik mavzusi Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida 2.2. Globallashuv jarayonida millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyati Xulosa Adabiyotlar ro’yxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O’zbek xalqi o’zining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida o’zida ajoyib fazilatlarni rivojlantirib kelayotgan xalqlardan biridir. Uning bu fazilatlari mustaqillik yillarida yanada ham yorqin nomoyon bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz o’zining azaldan mavjud bo’lgan yaratuvchanlik, bunyodkorlik, barqarorlik va bag’rikenglik kabi qadriyatlarini qayta tikladi. Prezidentimiz Islom Karimov bu haqida quyidagicha ta’kidlagan edi: “Biz xalqimizning aql –idroki mustahkam irodasi, bag’rikengligi va insonparvarligiga tayangan holda bu borada amalga oshirilgan bir qator ishlar bugungi kunda o’z samarasini bermoqda”. 1 Insoniyat keng qamrovli tushuncha bo’lib u o’z ichiga yer kurrasidagi barcha insonlarni, ularning millati tili, urf-odati, an’ana va qadriyatlaridan qat’iy nazar yagonadir. Ammo ular qanchalik “yagona” bo’lmasinlar, nafaqat ana shu o’ziga xos bilimlari, shuningdek, inson, millat va xalq sifatida nomoyon bo’lishlari bilan ham o’zaro farqlanadilar. Ayniqsa ular millat omili darajasida yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki millatni o’ziga xos tili, urf-odat, an’ana, qadriyat va mentaliteti bilan o’zligini namoyon etadi hamda ularni saqlab qolish va rivojlantirishga harakat qiladi. “Millat real shaxslar orqali namoyon bo’ladi. U til, urf-odat, an’analar, qadriyatlar, o’zligini anglash ruhiyatini umumiy bo’lgan shaxslar majmuasidan iborat”. Shaxslar majmuasidan iborat bo’lgan millat qanchalik murakkab bo’lmasin u butun insoniyatning manaviy va moddiy boyligi, go’zalligining timsoli hisoblanadi. , yani paytda uning o’ziga xosligi bilan bir qatorda manfaatlari ham mavjudligi va cheksizligini hisobga olsak, millatning tinch va barqarorlikda yashasshlari uchun ular ongida o’zaro tolerantlilik, birdamlik manfaatlarini hisobga olishning muhim omili bo’lgan tolerantlilikni shakllantirish amaliy ahamiyatga egadir. O’zbeklar azal-azaldan o’zida tolerantlik tuyg’ulariga boy millat hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganlaridek “ota bobolarimiz necha asrlar moboynida shu bepayon mintaqada qanday hamjihat bo’lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo’lsa, tarix va hayot qadrini tabiatning o’zi bizni-butun O’rta Osiyo xalqlarini aynan ana shunday do’stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga da’vat etmoqda ” Haqiqatdan ham mintaqamizda millatlar va xalqlar o’rtasida hamjihatlik barqarorlik rivojlanib borganligi bois ular o’rtasidagi munosabatlardagi bag’rikenglik qadriyat darajasida mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi davrda millatlarning o’zligini anglashga o’z manfaatlarini himoya qilishga, urf-odat, an’ana va qadriyatlarini saqlab qolish hamda ularni dunyo xalqlari o’rtasida ommalashtirishga qaratilgan harakat kuchayib bormoqda . Bu jarayon o’z navbatida turli milliy va xalqlar o’rtasida o’zligini himoya qilishga bo’lgan intilishlarida tolerantlik tuyg’ularini toboro takomolllashib borishini taqozo qiladi. Tolerantlik umuminsoniy qadriyatlar tizimida alohida o’ringa egadir. Yoshlarda tolerantlik sifatlarini shakllantirishda Sharq mutafakkirlari merosining o’rni kattadir. Xususan, tolerantlik tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kun sayin bizning ijtimoiy hayotimizdan chuqurroq o’rin olmoqda va o’z dolzarbligini namoyon qilmoqda. Download 156.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling