1-bilet savol bayoni


Download 364.91 Kb.
bet17/21
Sana22.06.2023
Hajmi364.91 Kb.
#1646310
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Konstruksiya 21-25 gacha

Ishlashga layoqatsizlik - ob’yektning shunday holatiki, bunda uning berilgan vazifalarni bajara olishini ifodalovchi birorta ko‘rsatkichning qiymati me’yoriy - texnik va konstruktorlik hujjatlarining talablarini qanotlantirmaydi.
“Tuzuklik” tushunchasi “ishlash qobiliyati” tushunchasidan kengroqdir. Ishlashga layoqatli ob’yekt nosoz bo‘lishi mumkin, ammo bu nosozlik uning me’yorida ishlashiga to‘sqinlik qiladigan darajada bo‘lmaydi.
Puxtalik ob’yektning to‘rtta xususiyati majmuidan iborat bo‘lib, buzilmasdan ishlash, ta’mirlashga (tuzatishga) yaroqlilik, saqlanuvchanlik va chidamlilik bilan belgilanadi.
Buzilmasdan ishlash – ob’yektning o‘z ishlash qobiliyatini ma’lum vaqt ichida yoki ma’lum miqdordagi ishni bajargunga qadar saqlab turish xususiyati.
Ta’mirga yaroqlilik – ob’yektning ishlamay qolishlar, shikastlanishlar sabablarini aniqlashga va oldini olishga hamda tuzatish va texnik ko‘rsatish orqali ularni bartaraf etishga moslanganlik darajasidan iborat xususiyati.
Ishlamay qolish – ob’yektning ishlash qobiliyati buzilishidan iborat xodisa.
Saqlanuvchanlik - ob’yektning saqlash yoki boshqa joyga ko‘chirish davomida va bundan keyin soz hamda ishlashga layoqati holatini uzluksiz saqlab turish xususiyati.
Chidamlilik – mavjud texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish tizimlarida ob’yektning o‘z ishlash qobiliyatini belgilangan oxirgi holat boshlangunga qadar saqlab turish xususiyati.
Ohirgi holat – ob’yektning shunday holatiki, ushbu holat yuzaga kelganda xavfsizlik talablari tuzatib bo‘lmaydigan darajada buzilishi yoki berilgan ko‘rsatkichlarning belgilangan chegaralaridan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada chetlashuvi, yoxud foydalanish samaradorligi ruxsat etilgan eng kam samaradorlikdan ham pasayib ketishi, yoki tubdan ta’mirlash zarurligi tufayli ob’yektdan foydalanish to‘xtalishi zarur. Ohirgi holatning alomatlari ushbu ob’yektga doir me’yoriy-texnik hujjatlarda ko‘rsatiladi.
Texnik hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichdan chetga chiqish me’yorlari va ruxsat etilgan chiqishlar ko‘zda tutiladi. Masalan, silindr-porshenli guruh detallari yeyilishi oqibatida ichki yonish motori quvvati kamayadi. Ohirgi quvvat shunday quvvatki, bunda motor detallari yeyilgan traktor ko‘rsatilgan yukni torta olmay qoladi.



Download 364.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling