1-bilet savol bayoni
Download 364.91 Kb.
|
Konstruksiya 21-25 gacha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plastik deformasiyalar.
- Magnitlanganlikning yo
- Tosh hosil bo‘lishi.
Materialning toliqishi. Mashina ishlayotgan vaqtda undagi qism va agregatlarning ko‘p detallari ishorasi o‘zgaruvchan yuklanishlarga duchor bo‘ladi. Materiallarning toliqishi deganda, kattaligi yoki ishorasi jihatdan o‘zgaruvchan yuklanishlar ko‘p marta ta’sir qilishi natijasida metallda darzlar paydo bo‘lishi va asta-sekin kattalashib borishi tushuniladi. Yuklanishlar ta’sirida paydo bo‘luvchi zo‘riqish garchi materialning mustahkamlik chegarasidan oshmasa ham, uni asta-sekin yemirilishga olib keladi. Materiallarning toliqib yemirilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati ularning mustahkamligi deb ataladi.
Plastik deformasiyalar. Ish jarayonida detallarning bir qismiga ancha yuqori harorat va katta kuchlar ta’sir etadi, natijada ularning ayrim joylarida materialning elastiklik chegarasidan yuqori bo‘lgan zo‘riqish ro‘y beradi va plastik deformasiyalanish sodir bo‘ladi. Bunda ba’zi detallar (ressora prujinalari va hokazo) o‘zining geometrik o‘lchamlari va shaklini o‘zgartirmagan holda egiluvchanlik xossalarini yo‘qotadi. Magnitlanganlikning yo‘qolishi. Qizish, urilish natijasida va elektromagnit maydonlar ta’sir etishi oqibatida uskunalarning detallari (generatorlar, rotorlar, magneto va hokazo) geometrik o‘lchamlarini saqlab qoladi, ammo magnitlanish xossalarini yo‘qotish tufayli ishlash qobiliyatidan mahrum bo‘ladi. Tosh hosil bo‘lishi. Tarkibida magniy va kalsiy tuzlari bo‘lgan suvdan foydalanilganda sovitish tizimi detallarining devorlarida tosh hosil bo‘ladi. Bu tosh suvda kam eriydigan tuzlar va har xil mexanik aralashmalardan iborat bo‘ladi. Tosh qatlami issiqlikni yomon o‘tkazadi va detallarning sovishini keskin yomonlashtiradi, bu esa ularning ishlash qobiliyati yo‘qolishiga olib keladi. So‘xta. Detallar sirtiga kuchli qizigan gazlar hamda yonilg‘i va moyning yonish mahsullari ta’sir etishi natijasida so‘xta yuzaga keladi. So‘xta issiqlik uzatilish jarayoni me’yorida kechishini buzadi, buning natijasida esa detallar haddan tashqari qizib ketadi, ba’zi hollarda ular sirtidan darz ketadi. Download 364.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling