1-bilet savol bayoni
-Bilet 1-savol bayoni Mashinalarning ishlash sharoiti va detallarning chidamliligi
Download 364.91 Kb.
|
Konstruksiya 21-25 gacha
25-Bilet
1-savol bayoni Mashinalarning ishlash sharoiti va detallarning chidamliligi. Ishlatish va saqlash paytida har qanday mashina turli xil ichki va tashqi ta’sirlarga duchor bo‘ladi. Natijada uning asosiy parametrlari va xususiyatlari buziladi. Mashinaning boshlang‘ich xususiyatlari buzilishiga asosiy sabablar sifatida uning ish sharoiti buzilishini, unga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilmasligini, tuzatish sifatining pastligi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Mashinani ishlatish qoidalarining buzilishi detallarning egilishi va bukilishi, ishchi sirtlarining tirnalishi, darz ketishi, uvalanishi va sinishi kabi nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Asta – sekin ishlamay qolishga olib keladigan sabablar material va konstruktsiyalarda turli davrlarda sodir bo‘luvchi fizik – kimyoviy jarayonlar bilan bog‘liqdir. Detallarda (tutashmalarda) eng ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri ularning yeyilishidir. Bu nuqson material, buyumning yeyilishi, qatlamlarga ajralishi yoki qoldiq deformasiyalanishi natijasida paydo bo‘ladi. Odatda, detallarning shikastlanishi mashinalarni ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi natijasida va ayrim hollardagina metallning toliqishi yoki undagi yashirin nuqsonlar (darzlar, bo‘shliqlar va hokazo) oqibatida yuz beradi. Ishlatish qoidalariga amal qilinganda, tutash detallarning yeyilishi ularning ishlash vaqtiga bog‘liq ravishda asta–sekin ortib boradi. Eng oxirgi statistika ma’lumotlari mashinalar detallarining 15 % gacha sinishi mumkinligini, 85 % dan ortig‘i esa yeyilish natijasida ishdan chiqishini ko‘rsatmoqda. Mashinalarning puxtaligi tez aylanuvchi detallari – kardanli va tirsakli vallari, maxoviklari, shkivlari, ilashish muftalarining disklari ishlaganda mashinalarning titrashiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi. Katta burchak tezlik bilan aylanadigan va anchagina og‘ir bo‘lgan bunday qism hamda detallar traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarida juda ko‘p. Bundan tashqari, ayrim detallarni tuzatish va almashtirish chog‘ida ularning muvozanati buziladi, bu esa mashina ramasining titrashiga olib keladi. Tez aylanuvchi detallar ishlaganda yuzaga keluvchi titrash turli detallarda, shu jumladan, podshipniklarda ham qo‘shimcha yuklanishlar hosil qiladi, natijada mashina ishlamay qolishi mumkin. Detallarning muvozanatlanmaganligi bir qancha sabablarga: ularning o‘lchamlari noto‘g‘riligiga, materialning zichligi notekisligiga, yig‘ish paytidagi xatoliklarga (bu xatoliklar detallarning valga o‘tkazilishi buzilishida, qiyshayishlar, siljishlar va hokazolarda namoyon bo‘ladi) bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘qdoshlikning buzilishi oqibatida vallarning podshipniklarida yuklanish keskin ortib ketadi, ilashish muftalarining disklari va burilish muftalari shataksiraydi, bu esa detallarning foydali ish koeffisientining kamayishiga hamda ularning ortiqcha yeyilishiga olib keladi. Download 364.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling